19
№
Sement namunasining
og„irligi, g
Suv miqdori,
g
Shkaladagi strelka
ko„rsatgan son, mm.
Sementning suv
talabchanligi, %
1.
2.
3.
Tajriba ishi № 3.
Sementning qotish muddatini boshqarish
Sement asosida tayyorlangan beton yoki qorishmani qoliplarga joylagunga qadar qotib qolmasligi va u
normal quyuqlikda bo„lishi ish unumini oshirishda hamda konstruksiyani sifatli tayyorlashda katta ahamiyatga
ega.
Sement xamirini qotish davrining boshlanishi va oxiri Vika asbobi (1-rasm) yordamida aniqlanadi. Vika
asbobi ishchi stolga o„rnatilib, shisha plastinka va halqa mashina moyi bilan surtilib staninaga qo„yiladi.
Berkituvchi vintni bo„shatib, pestik o„rniga igna o„rnatiladi. Pestik esa
sterjenning ustki qismiga
mahkamlanadi. Shisha plastinkaga igna tushirilganda, ko„rsatkich shkaladagi "0" ni kursatib turishi kerak.
Normal quyuqlikda tayyorlangan sement xamiri shisha plastinka ustiga qo„yilgan
kesik konus halqaga
quyiladi.
Shisha plastinka stol qirrasiga 5-6 marta uriladi. Xamir zichlangandan keyin uning ortiqchasi pichoq bilan
sidirilib tekislanadi. Keyin kesik halqa plastinka bilan birga Vika asbobi ostiga qo„yiladi va ignaning uchi
xamirning yuzasiga tegadigan holatga keltirilib vint bilan mahkamlanadi. Vint bo„shatilganda ignali sterjen o„z
og„irligi (300 g) bilan xamirga botadi. Dastlabki paytda igna xamirdan o„tib, shisha plastin-kaga borib taqaladi.
Sement xamirining qotish davrini boshlanishini bilish uchun ignali sterjen xamirga har 5
minutda tushirib
turiladi. Har tushirishdan oldin igna namlangan doka yoki latta yordamida xamirdan tozalanadi. Igna hadeb bir
joyga tushmasligi uchun halqa tagidagi shisha plastinka siljitib turiladi.Tajribaning boshlanish paytida sement
xamiri odatda suyuq bo„ladi. Shu sababdan ignali sterjen xamirga avval oxirigacha botadi,
keyinroq esa
ko„tarila boshlanadi. Sementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, to ignaning xamir tagidan (shisha
plastinka
sirtidan) 1 mm ko„tarilganiga qadar o„tgan vaqt qotish davrining boshlanshi deb ataladi. Odatda bu vaqt 45
minutdan kam bo„lmasligi kerak. Sement xamirining qotish davrini oxirini aniqlash uchun ignali sterjenning
xamirga botirilishi yana davom ettiriladi. Bunda ignali sterjen har 15 minutda bir botiriladi.
Sementga suv
quyilgan vaqtdan boshlab, to ignaning xamir sirtiga 1 mm botganiga qadar o„tgan vaqt qotish oxiri deyiladi.
Qotishning oxiri sementlarning turlariga bog„liq bo„lib 12 soatgacha cho„zilishi mumkin.
Sement xamirining qotish davrini boshlanishi va oxirini aniqlash natijalari 3-jadvalga yozib boriladi.
3-jadval
№
Sement xamirining
normal quyuqligi, %
Xamirni qotish davrining
boshlanishi, minut
Xamiri qotish davrining oxiri,
soat, minut
1.
2.
3.
Xulosa:___________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________
___________________________________________________