2.1-jadval
“Suv-suv” tizimidagi Climate Master TMW060 rusumli issiqlik nasosining texnik tafsilotlari
№
|
Texnik tafsilot nomi
|
Ko’rsatkichi
|
1.
|
Freon turi
|
R410A
|
2.
|
Isitish quvvati
|
16,79 kVt
|
3.
|
Sovutish quvvati
|
15,08 kVt
|
4.
|
Sarflaydigan elektr quvvati
|
3,18 kVt
|
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, binolarni isitish maqsadlarida issiqlik nasoslaridan foydalanish to’g’ridan-to’g’ri elektr isitkichlardan foydalanishga qaraganda qariyib 5 marta energiya samaradordir (2.1-jadval). Biz tanlagan “Suv-suv” tizimidagi Climate Master TMW060 rusumli issiqlik nasosi 3,18 kVt elektr energiyasi quvvatini sarflagan holda 16,79 kVt isitish quvvatini, 15,08 kVt sovutish quvvatini hosil qiladi.
3.4.Isitish masalalari uchun quyosh kollektorining zarur quvvatini hisoblash
Quyosh kollektorlari har doim janub tomonga qaratib, sharq tomonga 200gacha, g’arbga 300gacha ruxsat etilgan og’ish bilan o’rnatilishi maqsadga muvofiq, kollektorni ruxsat etilgan miqdordan ortiqcha og’dirish uning ish samaradorligini kamaytiradi, kollektor ishlab chiqaradigan energiya miqdori kamayishiga olib keladi. Yil davomida doimiy ishlaydiganquyoshkollektorining gorizontga nisbatan og’ish burchagi doimiy hisoblanadi va isitish tizimining ish rejimiga, joyning sharoitiga qarab quyidagi formula bilan tanlanadi:
å= ågeogr+åyoyil. (2.3)
bu yerda
ågeogr–quyosh kollektori o’rnatiladigan hududning geografik kengligi, gradus;
åyoyil–quyosh kollektori o’rnatiladigan joyda muhitning tabiiy fonini, ya’ni atrof jismlardan qaytgan nurlar ta’sirini e’tiborga oluvchi burchak tuzatmasi, kollektorni o’rnatish jarayonida sinov yo’li bilan aniqlanadi.
Yoz davrida ishlaydigan quyosh kollektorining gorizontga nisbatan og’ish quyidagi formula bilan tanlanadi:
å= ågeogr+åyoyil-15 0 (2.4)
Qish davrida ishlaydigan quyosh kollektorining gorizontga nisbatan og’ish quyidagi formula bilan tanlanadi:
å= ågeogr+åyoyil+15 0 (2.5)
Ma’lumki, havo ochiq kunlari quyosh kollektorining har bir kvadrat metr yuzasiga yilning davriga qarab 600-1200 kVt quyoshning issiqlik energiyasi tushadi, o’rtacha 900 kVt qabul qilish mumkin. Quyosh kollektori 2 m2yuzaga ega, maxsus qoplama bilan qoplangan bo’lib issiqlik yutish koeffitsenti 0,95 foyizga teng. Kollektorning orqa tomoni 5 sm qalinlikdagi mineral momiq bilan qoplangan, mineral momiqning issiqlik o’tkazish koeffitsenti 0,035 ( Vt/m)*0S ga teng. Agar kollektorning yuza tomoni va orqa tomonidagi haroratlar farqi 50 0S teng bo’lsa, har 1 kvadrat metrda yo’qotiladigan energiya miqdori (0,035/0,05) *50=35 Vt ni tashkil qiladi. Kollektorning yon tomonlari, naylar va boshqa qismlarida ham qariyib shuncha energiya yo’qotiladi.Kollektorning maxsus selektiv qoplama bilan qoplanishi, oyna bilan issiqlik singdiruvchi sirt o’rtasidagi masofaning to’g’ri tanlanishi evaziga issiqliq nurlanishi va havo konvektsiyasi minimal darajada bo’ladi.
Bularni e’tiborga olib, bitta kollektorda gi issiqlik yo’qotishlarini 100 Vt qabul qilamiz. SHuningdek, atmosfera har doim ham shaffof bo’lmaydi, kollektor sirti har doim ham idel toza bo’lmaydi, bu yerda ham issiqlik yo’qotilishini 100 Vt deb qabul qilsak, kollektor sirtidan700 Vt/m2issiqlik miqdori uzatiladi deb hisoblash mumkin.
Suvning issiqlik sig’imi 4200 Dj/kg*0S ga teng, quvvatning birliklari o’rtasidagi munosabat: 1 Vt*soat = 3600 Djoulь, ya’ni 1 kg suvni 10S ga istish uchun 1,16 Vt zarur. Bu kattaliklarga asoslanib, 2 m2maydonli quyosh kollektori uchun shartli quvvat kattaligini chiqarish mumkin – Qk =2*700/1,16 = 1206,9 Vt . Uni qulaylik uchun1200/kg*grad. deb qabul qilish mumkin.Mazkur 1200 soni suv harorati 10-70 0S bo’lganda o’rinli ekanligini ta’kidlash zarur.
Rasman, bu nisbat qancha kilogramm suvni qancha gradusga bir soat davomida quyosh kollektori isita olishini ko’rsatadi. Ya’ni kollektor tabiiy haroratga qo’shimcha ravishda bir soatda 100 litr suvning haroratini 12 0S ga, 25 litr suvning haroratini 48 0S ga isitib beradi.
Hisoblarga asosan Thermotech FP202 rusumli quyosh kollektorini tanlaymiz (2.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |