Xonadonda suvdan foydalanishning asosiy turlari
№
|
Suv sarfining turi
|
Miqdori, l/kecha-kunduz
|
|
Kir yuvish, dush, vanna
|
98,4
|
|
Kunlik tualet (yuvinish, oyoqni yuvish)
|
28
|
|
Ovqat tayyorlash va ichimlik sifatida foydalanish
|
10
|
|
Pol yuvish va namiqtirib artish
|
12
|
|
Unitazlarni yuvish
|
32
|
|
Idish-tovoq yuvish
|
10
|
|
Hisobga olinmagan sarflar
|
19,6
|
|
Santexnika asboblarida isrof bo’lish
|
60
|
|
Jami:
|
270
|
Iste’mol qilinadigan suv miqdori Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hoqimliklari tomonidan tasdiqlangan suv iste’mol qilish normalari bo’yicha, kvartira suv o’lchagichlari mavjud bo’lgan taqdirda esa ularning ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi.
Bir kishi uchun 1 kecha-kunduzda sarflanadigan issiq suv miqdorini aniqlashda 3.2-jadvaldan foydalanamiz. Jadvalning 1,2 va 6-qatorlarida keltirilgan suv sarflari bevosita issiq suv sarflari bo’lib, ular yig’ilsa, 136,4 litr/ kecha-kunduzni tashkil etadi.
Loyihadagi kottedjda 5 kishi yashaydi deb olsak, binoning bir kecha-kunduzdagi issiq suv sarfi 5*136,4 =682litrni tashkil etadi. Binoning yillik issiq suv sarfi 682*365= 248930litr (248.9 m3) ni tashkil etadi. Ishlatiladigan issiq suv harorati 55-80 0S bo’lishi kerak. Sovuq suvning tabiiy haroratini o’rtacha 50 0S ga orttirish kerak bo’ladi. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi Ssuv= 4200 Dj/kg*0S ga teng, quvvatning birliklari o’rtasidagi munosabat: 1 Vt*soat = 3600 Djoulь, ya’ni 1 kg suvni 10S ga istish uchun 1,16 Vt zarur.Bir yilda 365 kun mavjud. Binoni yil davomida issiq suv bilan ta’minlash uchun zarur energiya miqdorini aniqlaymiz:
Q = Ssuv* Msuv*T = 1,16*248930*50=14437940= 14438 kVt*soat (3.7)
Issiqlik ta’minoti uchun 1 soatda ketadigan o’rtacha energiya miqdori:
Qsoat=Q/(365*24)= 14438/(365*24)= 1.64 kVt*soat. (3.8)
Agar binoning issiq suv ta’minoti faqat quyosh kollektorlari yordamida amalga oshirilsa, joriy xarajatlar qiymati tizimda majburiy issiqlik tashuvchini majburiy aylanishini ta’minlashga ketadigan elektr yuritmaning ( bittasi 50 Vt) energiya sarfidan iborat bo’ladiBinoni issiq suv bilan ta’minlash uchun Thermotech FP202 rusumli quyosh kollektoridan 3 ta (har birining quvvati1.98 Kvt*soat) quyosh kollektori o’rnatilsa, ularning elektr yuritmalari bir soatda 0,15 kVt*soat elektr energiyasi sarflaydi.Binodakuniga o’rtacha 12 soatdan 365 kunda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori quyidagicha topiladi:
R elektr= (12*365)*0,15=657 kVt*soat. (3.9)
Quyosh kollektorining issiq suv bilan ta’minlashdagi energetik samaradorligi:
Skol=Q -R elektr=14438 -657=13779 kVt*soat (3.10)
Topilgan miqdorni 1 kVt*soat elektr energiyasining tarifi –295 so’mga ko’paytirsak, energetik samaradorlikning moliyaviy qiymati – 13779*295=4 064 805ming so’m kelib chiqadi.
Agar binoni faqat issiqlik nasosi yordamida issiq suv bilan ta’minlansa, yil davomidaissiq suv ta’minotiga sarflanadigan elektr energiyasi miqdori quyidagicha topiladi:
R nasos=(1.64/16.79)* (24*365)*3,18 =2721 kVt*soat (3.11)
Issiqlik nasosining issiq suv bilan ta’minlashdagi yillik energetik samaradorligi:
Snasos=Q -R nasos=14438-3285=11153 kVt*soat (3.12)
Topilgan miqdorni 1 kVt*soat elektr energiyasining tarifi –295 so’mga ko’paytirsak, energetik samaradorlikning moliyaviy qiymati –11153 *295=3 323 594ming so’m kelib chiqadi.
Agar binoni issiq suv bilan ta’minlashdaquyosh kollektori hamdaissiqlik nasosikombinatsiyalashgan holda qatnashsa, kombinatsiyalashgan tizimning issiq suv ta’minotidagi o’rtacha energetik samaradorligi:
S=(Skol+Snasos)/2 =(13779 +11153)/2 =12466 kVt*soat (3.13)
Topilgan miqdorni 1 kVt*soat elektr energiyasining tarifi –295 so’mga ko’paytirsak, energetik samaradorlikning moliyaviy qiymati –12466*295=3 677 470ming so’m kelib chiqadi.
Umuman olganda, binoda loyihalangan kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti va issiq suv bilan ta’minlash tizimining an’anaviy elektr isitkich tizimiga nisbatan energiya samaradorligi juda kattadir. Uning son qiymatini topish uchun (3.6) da topilgan qiymatni (3.13) qiymatga qo’shamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |