Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiualarini ishlab chiqarish


Kurs ishining mavzusi. tarkibi, unda o’rganiladigan va yechiladigan masalalar



Download 0,52 Mb.
bet3/9
Sana30.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#598203
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NNAAIMA

1. Kurs ishining mavzusi. tarkibi, unda o’rganiladigan va yechiladigan masalalar


Kurs ishi mavzusi “Turar-joy binolarini kombinatsiyalashgan tizimlar yordamida isitish va issiq suv bilan ta’minlash” deb nomlanadi. Kurs ishi hajmi 20-25 betdan iborat bo’ladi, ortiqcha bayonchilikdan holi, talabaning o’z tili bilan, sodda va ravon tilda bayon etilishi , zarur sxema va chizmalar talablar darajasida kiritilishi kerak.
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi masalalar o’rganiladi va yechiladi:
A) Kombinatsiyalashgan tizimlar yordamida isitish va issiq suv bilan ta’minlashning nazariy asoslari va ilg’or tajribalar;
B) Binolarni isitish uchun issiqlik nasosi (so’rg’ichi)ning rusumi va sonini tanlash;
V) Binolarni isitish uchun suvli quyosh kollektorining rusumi va sonini tanlash;
G) Binoni issiq suv bilan ta’minlash uchun suvli quyosh kollektori rusumi va sonini tanlash;
D) Kombinatsiyalashgan tizimlarning yillik iqtisodiy samaradorligini baholash.

2. TURAR JOY BINOLARIGA O’RNATILADIGAN QUYoSH KOLLEKTORLARI VA ISSIQLIK NASOSLARI TUGUNLARINING NAZARIY TAHLILI

2.1. Quyosh kollektori konstruktsiyalarining tahlili


Quyosh energetikasi – noan’anaviy energetika yo’nalishi bo’lib, quyosh nurlanishidan foydalanib ma’lum bir turda energiya olishga asoslangan. Quyosh energetikasi bitmas-tuganmas energiya manbasidan foydalanadi va ekologik toza hisoblanadi, ya’ni zararli chiqindilar chiqarmaydi.
Quyosh radiatsiyasi faol va passiv quyosh tizimlari yordamida foydali energiyaga aylantirilishi mumkin. Passiv tizimlar binolarni loyihalash va materiallarni tanlashda Quyosh energiyasidan maksimal foydalanishni ta’minlash asosida yaratiladi. Faol tizimlarga quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari kiradi. SHuningdek, hozirgi paytda quyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib bera oladigan fotoelektrik tizimlar ishlanmalari ham mavjud.
Quyosh energiyasidan passiv foydalanish amaliyotda mustahkam o’rin egallab bormoqda. Passiv quyosh binolarining loyihalarida mahalliy iqlim sharoitlari maksimal darajada hisobga olinadi, binoni isitish, sovutish va yoritish uchun quyosh energiyasidan foydalanishga imkon beruvchi maxsus texnologiyalar va materillardan foydalanish nazarda tutiladi. Ularga izolyatsion materiallar, massiv pollar, binolarni janub tomonga qaratib qurish kabi an’anaviy qurilish texnologiyalari hamda materiallari ham kiradi. Bunday turar-joy binolari va binodagi xonalar ayrim hollarda qo’shimcha harajatlarsiz barpo etilishi mumkin. Boshqa holatlarda qurilish jarayonida sarflangan qo’shimcha xarajatlar binoning ekspluatatsiyasi vaqtida tejaladigan energiya xarajajatlari qisqarishi hisobiga batamom qoplanadi.Passiv quyosh binolari ekologik toza hisoblanib, mamlakatimiz hududlarida energetik barqarorlik va energetik mustaqillikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Passiv quyosh tizimiga ega binolarda bino to’zilmalarining o’zi quyosh radiatsiyasi kollektori vazifasini bajaradi. SHuningdek, shunday sistemalar mavjudki, ularda binoga o’rnatiladigan issiqlik to’plovchi maxsus elementlar ko’zda tutiladi. Bunday tizimlar ham passiv tizimlar sinfiga mansubdir.
Faol tizimlarda quyosh kollektorlari va quyosh tizimlaridan foydalaniladi.
Energiya tejamkorlikni ta’minlash maqsadlarida mavjud binolarni isitish va sovutishda quyosh tizimlaridansamarali foydalanish birinchi navbatdagi vazifalardan biriga aylandi. Bu tadbirlar zahirasi cheklangan yoqilg’ilarni tejabgina qolmasdan, katta moliyaviy jarajatlarni tejashga ham xizmat qiladi.
Sayyoramizda kuzatilayotgan global ekologik muammolar: iqlimning o’zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, kislotali yomgirlar, atmosferaning zaxarli gazlar bilan tuyinishi, atrof-muhitni radiatsion ifloslanishi kabi kator masalalar aynan energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish jarayoni bilan bog’liqdir. Tabiyki energiya iste’moli miqdori bir tomondan yer yuzida aholi sonining oshishi bilan bog’liqbo’lsa, ikkinchi tomondan bu aholining chshash farovonligining usishi bilan bog’liq.
Hozirgi kunda dunyo buyicha kishi boshiga yiliga o’rtacha hisobda 2kVt soat energiya to’g’ri keladi, vaholanki, u normal farovon xayot kechirish uchun bu miqdor yiliga 10kVt soatni tashkil qilishi lozim hisoblanadi.
Biz ushbu dissertatsiyada energiya ishlab chiqarish va uni iste’moli samaradorligini oshirishning ba’zi uslublari xakida xam suz yuritishga xarakat kildik.
Ob’ektlarni issiqlik bilan ta’minlashga muljallangan. Bunday tizimlarda asosan, quyosh energiyasidan issiqlik tashuvchi sifatida esa suvdan foydalaniladi. Bunday qurilmalarda yillik energiya sarfi 10% gacha kamayishi mumkin.
Olmoniya olimlari tashki devorlari va tomi yaltirok issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan, uning ostida yutuvchi modullar bilan jixozlangan binolarni isitish uchun quyosh energiyasidan foydalanish metodini ishlab chikdilar. Modullar xar kaysi qavatda bo’ladi. Ularning yutadigan quyosh energiyasi yo susaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi qurilmalarda foydalaniladi. Kuchaytiruvchi qurilmalarda barcha energiya yoki uning qismlari tegishli qavatdagi barcha modullarni birlashtiradigan qurilmaga uzatiladi. Yutish tizimining vazifasi nimadan iboratligiga muvofiqquyosh energiyani isitish uchun yoki ayrim xonalarni sovutish uchun susaytiruvchi yoki kuchaytiruvchi qurilmalar yordamida foydalaniladi. SHuningdek, tizim issiqlik akkumulyatori bilan xam jixozlangan. Absorberdan xavoga issiqlik uzatish yuqori, energiyasi oz yo’qotadigan va tannarxi uncha kimmat bo’lmagan, quyosh kollektorlarini xam tavsiya kilinadi. Absorber bir necha qavatli ruzgor oynasidan iborat bo’ladi. Uning xar bir qismida yuqoridan tushayotgan nurlar absorbirlashadi, bir qismi esa o’tkazib yuboriladi. Yuqoriqatlamlari pastkilarini ajratib turadi, shu usulda uning issiqlik yo’qotishini bartaraf qiladi. Oddiy ruzgor oynasidan foydalanilgani uchun kollektor arzonga tushadi. Bunday qurilma kishlok xujalik ob’ektlarida pichan va donni kuritish uchun xavoni isitishda keng qo’llanilishi mumkin.
Isitish va issiq suv bilan ta’minlash quyoshissiqlik tizimi xam taklif kilinadi, unda egiluvchan materialdan yasalgan isitilgan suvni yigadigan asosi yoki bosh to’plovchi to’ldirgich qattiq vannaga joylashtirilib, quyosh energiyasi kollektori quyoshqurilmasining birnchi konturiga ulangan. qurilmada bosh to’plovchining ustida sistemadagi suvni to’ldirib turish uchun idish, birinchi kontur bilan va isitish qandayissiq suv bilan ta’minlovchi tizim binodan almashtirgich joylashtirilgan. Birinchi konturdagi suv sarfi bosh to’plovchidagi suv harorati buyicha boshqariladi.
Issiqlik uzatishning geliotizimlardan Fargona vodiysida tegishli texnika iktisodiy asoslarga muvofiqquyidagi holatlarda, qo’llanilishini tavsiya qilishimiz mumkin:
-mavsumiy issiqlik bilan ta’minlash yoki yozgi vaktda issiqlik is’temolidan foydalanishning maksimal rejimida;
-an’anaviy issiqlik manbalari chiqariladigan energiyasi tannarxi yuqoribo’lganda;
-kelib tushadigan quyosh radiatsiyasi o’rtacha yillik miqdori yuqoribo’lganda va quyoshli kunlar miqdori katta bo’lganda;
Quyoshli issiq suv ta’minoti tizimi (KIST) ning asosan ikki xili bor issiqlikni tabiiy uzatish (1-rasm, a)) va issiqlikni tashuvchini majburan xaydab tsirkulyatsiya qilish (1-rasm, b)) xillari. Agar quyoshenergiyasi kollektor konturida va issiqlik bak-akkumulyatorda suv bo’lsa, KISTT bir konturli sxemada bajariladi. Issiqlik tashuvchining muzlab qolishning oldini olish maksadida KEK konturida antifrizdan foydalanish mumkin, u holda antifrizdan suvga issiqlik almashtiruvchi (teploobmenik) orqali uzatiladi va KISTT ikki konturli sxema orqali bajariladi. (2-rasm, a)) KISTT ning birinchi tipi odatda is’temolchilar unga ko’pbo’lmaganda foydalaniladi, u holda issiqlik bak-akkumulyatori quyosh energiyasi kollektoridan yuqorirok yerga joylashtirilishi kerak. Is’temol miqdori katta bo’lsa, issiq suv tsirkulyatsiyasi uchun nasos kerak bo’ladi.


1-rasm. Bir konturli quyosh suv isitish qurilmalarida tashuvchining (a) va majburiy (b) tsirkulyatsiyasining printsipial sxemasi
1-Quyosh energiyasi kollektori,2-Nasos, 3-Issiq suv bak-akkumulyatori 4- Aralashtirgich ventil.

2-rasm. Ikki konturli quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik tashuvchining erkin (a) va majburiy (b) tsirkulyatsiyasining printsipial sxemasi

  1. quyosh energiyasi kollektori 4. Qo’shimchaissiqlik manbai

  2. Issiqlik akkumulyatori 5. Nasos

    1. Issiqlik almashtirgich 6. Saqlagich klapan

Hozirda quyosh suv isitgichlari tizimi turli va maxsuldorligini tanlash qandaydir umumiy universal uslubini tavsiya qilish juda kiyin. SHuning uchun maqbulqurilmani tanlash xakida so’z ketganda, konkret is’temolchi uchun maqbulqurilmani tanlashni tushunilishi kerak.


Eng maqbulyaroqli qurilmani iste’molchi uchun tanlash qanday omillar asosida amalga oshiriladi. Har qandayholda ham to’rtta shunday omil mavjud:

  1. Energiya iste’molining miqdori ifodasi va uning sutka, mavsum, yil davomida o’zgarish dinamikasini hisobga olish

  2. Iste’molchining moliyaviy natijalari

  3. Qurilma joylashgan rayon tabiiy-iqlimiy tavsifnomalari

  4. Uni ishlatishdan foyda

Binolarni quyosh tizimlari bilan qayta jihozlashning uchta usuli
mavjud:

  1. Quyosh kollektorlarini binolarning mavjud yoki shaklan o’zgartirilgan tashqi devorlari va tomlariga o’rnatish;

  2. Kollektrlarni binoga yondosh holatdagi inshootlar ( zinapoya, garaj, binoning yangi qanoti)ga o’rnatish;

  3. Quyosh kollektorlarini binodan alohida turuvchi inshootlar ( faqat kollektorlarni o’rnatish uchun qurilgan alohida turuvchi saroy, garaj, omborxona va boshqa turdagi inshoot) ga o’rnatish.

2.2. Issiqlik so’rgichlarning amaldagi konstruktsiyalari tahlili
Issiqlik so’rg’ichlar bu quyi harorat sathiga ega manbalardan birmuncha yuqori harorat manbalariga issiqlik eltishni ta’minlovchi elektrodinamik tizimlardir.
Issiqlik so’rg’ichlar energiyani quyidagi manbalardan oladi:

  • tashqi havo;

  • daryo, ko’l, dengiz suvlari;

  • er osti suvlari;

  • grunt:

  • quyi potentsialli sun’iy issiqlik manbalari ( tashlama suvlar, texnologik jarayon mahsulotlari, shamollatish tizimi orqali so’rilgan havo)

Issiqlik so’rg’ich bir-biri bilan tarnovlar bilan bog’langan bir necha tarkibiy qismlardan tarkib topadi: bug’latgich, kompressor, kondensator va oqim regulyatori – drosselь, detander yoki uyurmali tarnov. SHartli ravishda issiqlik so’rg’ichni uchta yopiq konturlarni tashkil etgan qismlardan iborat deb qarash mumkin, birinchi konturda, ya’ni , tashqi konturda issiqlik beruvchi harakatlanadi, ikkinchi konturda issiqlik oluvchi vosita va uchinchi konturda issiqlik qabul qiluvchi tizim ishlaydi.
Kompression issiqlik so’rg’ich misolida issiqlik so’rg’ichning ishlash tamoyilini ko’rib chiqamiz (3-rasm). Yuqori bosim ostida xladagent kapillyar teshik orqali bug’latgichga tushadi va bosimning keskin kamayishi hisobiga bug’lanish jarayoni yuz beradi. Bunda xladagent bug’latgichning ichki devorlaridan issiqlikni oladi, o’z navbatida bug’latgich tuproqli yoki suvli konturda aylanib turadigan antifrizdan (misol uchun glikoldan) issiqlikni oladi, antifriz esa buning evaziga doimo sovib turadi. Kompressor bug’latgichdan xladagentni so’rib oladi va uni siqadi, natijada xladagentning harorati keskin ortadi va oshgan haroratli massa kondensatorga majburan kiritiladi. Bundan tashqari, kondensatorda siqilish natijasida isigan xladagent issiqlikni beradi (harorati 65 0S atrofida) va suyuq holatga o’tadi. Jarayon to’xtovsiz qaytariladi. Xonadagi havo harorati yetarli darajaga yetganda, elektr tarmog’i termoregulyator yordamida uziladi i issiqlik so’rg’ich ishlashdan to’xtaydi.Agar isitish konturida harorat pasaysa, termoregulyator issiqlik so’rg’ichni yana ishga tushiradi. Issiqlik so’rg’ichdagi xladagent Karno tsikliga teskari tsiklni amalga oshiradi. SHunday qilib, issiqlik so’rg’ich bamisoli sovutgich kabi ishlaydi deb aytish mumkin. Issiqlik so’rg’ich past potentsialli muhitdan – grunt, suv, havodanissiqlikni olib isitilayotgan ob’ektga xaydab beradi.
3-rasm. Issiqlik nasosining tuzilishi sxemasi
2.3.Issiqlik taminotining kombinatsiyalashgan tizimlari
Isitish tizimlari foydalaniladigan energiya turiga qarab, quyidagicha tasniflanadi:

  • An’anaviy tizimlar (ulardayoqilg’i sifatida qayta tiklanmaydigan energiya manbalari – gaz, mazut, qattiq yoqilg’i va boshqalar ishlatiladi);

  • Noan’anaviy tizimlar (ularda qayta tiklanadigan energyaiya manbalari – quyosh, grunt, daryo, shamol va boshqalardan foydalaniladi)

  • Kombinatsion tizimlar ( ularda yuqorida keltirilgan ikki tizimning unsurlaridan u yoki bu nisbatda birgalikda foydaniladi).

Kombinatsiyalashgan isitish tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Energiya bugungi kunda imkoni mavjud barcha manbalardan olinadi;

  • Hosil qilingan energiya saqlanadi, yig’iladi va suv ta’minoti va issiqlik ta’minoti tizimida ratsional taqsimlanadi.

Issiqlik ta’minotining kombinatsiyalashgan tizimlari vaqtincha imkoni bo’lgan manbalardan ham samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Kombinatsiyalashgan isitish tizimlari gaz va suyuq yoqilg’ida ishlovchi qozonlarni, shunindek, muqobil energiya manbalarini – geotermik issiqlik nasoslarini, quyosh kollektorlarini o’z ichiga oladi.
Odatda, bir necha tizimlar qo’shilgan holda yaratilgan quyosh isitish tizimidan xam foydalanish mumkin, masalan, aktiv va passiv tizimlar elementlarini o’ ichiga oladigan gibrid tizimlar ko’prok qo’llaniladi.
Issiqlik uzatishning kombinatsiyalashgan gelioissiqlik nasoslari tizimi ancha afzalliklarga ega bulib, unda issiqlik nasoslari ketma-ket va parallel ulangan sxemada bo’lishi mumkin. Bundan tashqari qITga boglantiruvchi issiqlik nasosidan xam foydalanish mumkin..
Issiqlik nasosi boglantirgichni oynasiz quyosh energiyasi kollektorini (QEK) binoning tuskich konstruktsiyasi bilan birgalikda kuriladigan «energetik tom» yoki «energetik fasad» xosil bo’ladi, bu esa quyosh energiyasidan, atrof muhitdagi ko’rinib turgan va yashirin issiqlikdan foydalanish imkonini beradi.

3.TURAR JOY BINOLARININGKOMBINATSIYaLASHGAN ISITISH TIZIMLARI VA ULARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYaSI

3.1. Kombinatsion isitish tizimlarining tarkibiy tuzilishi va texnologik asoslari


Hozirgi kunda kombinatsiyalashgan isitish tizimlarining bir necha ishchi sxemalari mavjud.
Turar joy binosini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun issiqlik generatori, issiqlik nasosi va quyosh kollektoridan iborat kombinatsiyalashgan sxemadan foydalanish mumkin. Mazkur sxema tarkibiga issiqlik generatori, issiqlik nasosi va quyosh kollektori kiradi. Uch manbadan bir paytda foydalanish imkoniyati tizimni muzlashdan saqlaydi, isitish samaradorligini oshirishga, yoqilg’ini tejashga imkon yaratadi (4-rasm). Tizim isitish va issiq suv bilan ta’minlash rejimlarida ishlashi mumkin.Isitish rejimi, odatda, qish mavsumida, ya’ni 15 oktyabrdan 15 aprelgacha davom etadi, shu sababli uni “qish rejimi” deb ham atashadi, tizim 15 apreldan 15 oktyabrgacha issiq suv bilan ta’minlash rejimida, ya’ni “yoz rejimi”da ishlaydi.
Isitish rejimida issiqlik generatori (1) isitilgan suvni boyler (3) ga va isitish konturiga, ya’ni isitish radiatoriga (7) yuboradi. SHuningdek, boylerga issiqlik nasosidan (4) va quyosh kollektoridan (2) issiqlik tashuvchi kelib, boylerdagi suvni isitishga xizmat qiladi. Issiqlik nasosida isigan suvning bir qismi isitish tizimining qaytish tarnoviga borib qo’shiladi va tizimdagi suvning haroratini ko’tarishga hizmat qiladi. Isitish tizimidagi suv uchun zarur harorat issiqlik generatorida maromiga yetkaziladi. SHuni qayd etish kerakki, tizimdagi asosiy vazifani issiqlik generatori bajaradi, issiqlik nasosi va quyosh kollektori yordamchi vazifani bajaradi, ularning yordamida issiqlik generatori sarflaydigan yoqilg’i tejaladi.

4-rasm. Turar joy binosini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlashningkombinatsiyalashgan tizimi. 1-issiqlik generatori; 2- quyosh kollektori; 3-bilvosita isitish boyleri; 4- issiqlik nasosi; 5- yerdagi tarnovlar tizimi; 6- geliotizimning tsirkulyatsiya bloki; 7- isitish radiatori; 8- issiq suv uzatish konturi; 9- “issiq pol” isitish tizimi.

Isitilgan boylerda to’plangan suv isitish tizimi va issiq suv bilan ta’minlash tizimlariga uzatiladi.


Issiqlik nasosli gibdir isitish tizimlari.Gibrid isitish tizimi ikki yoki undan ortiq o’zaro mustaqil issiqlik generatsiyasi manbalaridan iborat bo’lib, ulardan biri albatta havoga ishlaydigan issiqlik nasosi bo’ladi. Issiqlikning qo’shimcha manbalari sifatida turli yoqilg’iga ishlaydigan qozonlar: dizelli, gazga ishlaydigan, qattiq yoqilg’iga ishlaydigan va elektr qozonlar bo’lishi mumkin (5-rasm).

5-rasm. Issiqlik nasosi asosidagi gibrid isitish tizimi

Gibrid isitish tizimlarining ishlash tamoyilining mohiyati shundan iboratki, bu tizimda issiqlik nasosi eng energiya samarador issiqlik manbasi bo’lib, tashqi havoning harorati -15...-25 0S bo’lganda ham isitish tizimining ish qobiliyatini ta’minlaydi. Bundan past haroratlarda issiqlik nasosiga qo’shimcha ravishda ixtiyoriy isitish qozonlaridan biri ulanishi mumkin.


Issiqlik nasosi asosiy issiqlik generatori hisoblangan bunday kombinatsiyalashgan isitish manbalari binolarni isitishga bo’lgan barcha asosiy zamonaviy talablarga javob bera oladi va quyidagi ko’rsatkichlarni ta’minlaydi:

  • bir-biridan mustaqil issiqlik generatorlarining birgalikda, bir-birini to’ldirib, mutanosib ishlashi isitish tizimining ishonchliligini ta’minlaydi;

  • issiqlik nasoslari 1 kVt issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun nisbatan eng oz ishlab chiqarish harajatlariga ega, shu sababli bunday kombinatsiyalashgan isitish tizimlari tejamkorlikni ham ta’minlaydi;

  • ob-havo o’zgarishlarini e’tiborga olib, ish rejimlariga tezkor o’zgartirishlar kirishni ta’minlovchi avtomatik boshqaruv tizimi komfortlikni ta’minlaydi.

Bundan tashqari issiqlik nasoslari asosidagi gibrid tizimlar ko’p funktsiyalilik xususiyatiga ham egadir. Issiqlik nasosining invertorli ish rejimi yilning yoz davrida uning yordamida sovuq ishlab chiqarish imkoniyatini ham beradi. Loyihalash jarayonida binoning ichki qismiga fankoyllarni o’rnatish ko’zda tutilsa, issiqlik nasosi yordamida binodagi xonalarni yozda sovitishni ham ta’minlash mumkin (6-rasm).

6-rasm. Turar joy binosini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash hamda havoni sovutish gibrid tizimi

Kombinatsiyalashgan isitish tizimining mumkin bo’lgan tarkibiy qismlaridan biri quyoshli isitish tizimidir. Binoni isitish va issiq suv bilan ta’minlashga ketadigan energetik resurslarga bo’lgan harajatlarni kamaytirish yildan-yilga eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Energetik resurslarning taqchilligi va narxining tinimsiz o’sib borishi muqobil energiya manbalariga bo’lgan qiziqishni yanada orttirmoqda. Rivojlangan mamlakatlar an’anaviy energiya resurslari o’rnini quyosh energiyasi bilan qoplash yo’lidan bormoqdalar. Bino tomiga yoki binoning janub tomoniga o’rnatilgan quyosh kollektorlari suv yoki boshqa energiya tashuvchini isitish uchun issiqlik yig’adi, kollektorda isigan suv tarnovlar orqali bak-akkumulyatorga boradi, u yerdan binoni isitishga yoki issiq suv ta’minoti tizimiga taqsimlanadi.


Quyoshli isitish tizimi quyidagilardan tarkib topadi (7-rasm):

  • tekis quyosh kollektorlari ( issiqlik muxofazasiga ega oynavand panelь, uning ichiga yuqori selektiv qoplamaga ega issiqlik yutish plastinasi joylashtiriladi, mazkur plastina quyosh energiyasini yig’adi va issiqlikni suyuqlik bilan to’ldirilgan tsirkulyatsiya naylariga uzatadi);

  • vakuumli quyosh kollektorlari (vakuumli naychalar jamlanmasi, unda quyosh nurlanishi issiqlik energiyasiga aylantirladi);

  • quyoshli suv isitgichlar (quyosh kollektori va issiqlik akkumulyatoridan tarkib topadi).


7-rasm. Turar joy binosining quyosh isitish tizimi

Quyosh radiatsiyasi quyoshli konturda aylanadigan muzlamaydigan suyuqlikni isitadi. Tizimda suyuqlik aylanishi quvvati 50 Vt bo’lgan elektr yuritmali nasos yordamida ta’minlanadi. TSirkulyatsiya nasosi suv va issiqlik almashinish akkumulyatorida harorat 80 0S dan past bo’lgan vaziyatda ishlaydi, bunda kollektordan keladigan suyuqlik harorati bakdagi suv haroratidan albatta katta bo’lishi kerak. Tizimda va quyosh kollektorida misdan tayyorlangan naylar ishlatiladi, konturdagi suyuqlik bosimi 4-5 atmosfera atrofida bo’lishi kerak, shu maqsadda ma’lum balandlikda kengayish baklari o’rnatiladi. Quyosh kuchli qizdirganda, kollektordan chiqishda suyuqlik harorati 220 0S ga yetadi, issiqlikni yo’qotmaslik uchun kollektor bilan bak o’rtasidagi naylar issiqlik o’tkazmaydigan qoplama bilan qoplanishi kerak. Naylar va birikmalarni yorilishdan saqlash uchun muhofazalovchi klapanlar nazarda tutiladi. Quyosh kollektoridan issiqlik bakning issiqlik almashinish konturiga uzatiladi va isitish hamda issiq suv ta’minoti konturlaridagi suvni isitadi.


Issiqlik nasosli issiqlik ta’minoti sxemasi 8-rasmda ko’rsatilgan. Isitish qurilmasidagi suv tarmoq nasosi SN ga yuboriladi va uning yordamida isitish uchun K1 va K2 kondensatorlarga xaydab beriladi, mazkur kondensatorlar ikki bosqichga mansub bo’lib, tarmoq suviga ketma-ket ulangan bo’ladi. Quyi bosqich kondensatori K1 da suv harorati t2 dan muayyan oraliq harorat tor gacha isitiladi, keyin K2 kondensatorga boradi, u yerda t1 haroratgacha isitiladi. Bundan keyin suv suv isitish tizimiga kiradi, issiqlikni isitiladigan xonalarga berib, harorati pasayib, t2 haroratda issiqlik nasosi qurilmasiga qaytib keladi.

8-rasm. Turar joy binosini issiqlik nasoslari yordamida isitish tizimining namunaviy sxemasi
Issiqlik nasosli issiqlik ta’minoti tizimida past haroratli manbadan (havo yoki suv) olingan issiqlik bug’latkichda qaynoq holdagi ishchi jismga berilib bug’latiladi, R0 bosimdagi bug’ I bug’latkichdan quyi rog’onadagi kompressor KM1 ga yo’naltiriladi va u yerda Rk1 bosimgacha siqiladi, KM1 kompressordan keyin keyin ishchi oqim ikki oqimga taqsimlanadi. Ulardan birinchi oqim K1 kondensatorga boradi, ikkinchisi KM2 kompressorga boradi va u yerda Rk2 bosimgacha siqiladi. Kompressor KM2 dan chiqqan ishchi jism K2 kondensatorga boradi, K2 kondensatorda issiqlik tashuvchining harorati oraliq harorat tor dan t1 haroratgacha qiziydi. K2 kondensatordan suyuq ishchi jism D2 drosselь vintili orqali K1 kondensatorgaqaytadi. Barcha kondensat oqimi K1 kondensatordan D1 drosselь vintili orqali bug’latkichga qaytib keladi, jarayon shu tartibda uzluksiz davom etadi.
Issiqlik nasos mashinasining ish rejimi isitish tizimining ish rejimi bilan belgilanadi. Isitish mavsumining tashqi havo harorati yuqori bo’lgan davrida faqat quyi pog’ona kompressori KM1 ishlaydi. Bunda ishchi jismning barcha oqimi KM1 kompressordan keyin K1 kondendsatorga boradi va u yerda issiqlik tashuvchi t1 haroratgacha qiziydi. Issiqlik nasos mashinasining ish rejimi D1 drosselь vintiliga ta’sir o’tkazuvchi harorat regulyatori orqali boshqariladi.
Isitish mavsumining tashqi havo harorati past bo’lgan davrida yuqori pog’ona kompressori KM2 va kondensator K2 ham ishga tushadi ishlaydi. Qurilmaning ishini tor dan t1 gacha harorat diapozonida muvofiqlashtirish D2 drosselь vintiliga ta’sir etuvchi harorat regulyatori yordamida amalga oshiriladi. Ba’zi loyihalarda issiqlik nasosining yuqori pog’onasi elektr isitkich bilan almashtiriladi, bunda dastlabki harajatlar kamaysa-da, elektr energiyaning sarfi oshishiga olib keladi.

3.2. Kombinatsiyalashgan isitish tizimining ish rejimlari va sxemalarini tanlash


Kombinatsiyalashgan isitish tizimi (KIT) tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • tekis quyosh kollektori;

  • “suv-suv” tizimida ishlovchi issiqlik nasosi;

  • dizelь-generator qurilmasi ( yoki elektr isitkich)

“Suv-suv” tizimida ishlovchi kompression issiqlik nasosi elektr quvvati bilan ishlaydi, mazkur energiyani dizelь-generator valiga o’rnatilgan elektr generatori hosil qilib berishi ko’zda tutiladi.
Mazkur kombinatsiyalashgan isitish tizimlaridan samarali foydalanish uchun ish rejimlari tanlanadi:

  • “yoz” rejimida kombinatsiyalashgan isitish tizimi binoni faqat issiq suv ta’minlashga xizmat qiladi, rejim davomiyligi yilning 1 aprelidan 15 oktyabrigacha davom etadi. Kunlarning umumiy soni – 183 kun;

  • “qish” rejimida kombinatsiyalashgan isitish tizimi binoni issiqlik va issiq suv ta’minlashga xizmat qiladi, rejim davomiyligi yilning 15 oktyabridan1 apreligacha davom etadi. Kunlarning umumiy soni – 182 kun.

Issiqlik ta’minoti ob’ekti sifatida umumiy maydoni 120 m2qavat balandligi 2,8 m bo’lgan bir qavatli kottedjni ko’rib chiqamiz. Kottedj Farg’ona viloyatining 400li geografik kengligida joylashgan, qurilish hududida markazlashgan elektr ta’minoti tizmi mavjud, markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi mavjud emas.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi kombinatsiyalashgan isitish tizimlari qishda binoni isitiish va issiq suv bilan ta’minlashga xizmat qilsa, yozda issiq suv bilan ta’minlash masalasini hal qilishga mo’ljallanadi. “Yoz” rejimida issiq suv ta’minoti masalasini hal etish uchun KIT tarkibida asosan quyosh kollektori ishlaydi
(9-rasm), quyosh kollektori quvvati yetmagan holatdagina zahira manba sifatida dizelь-generator qurilmasi yoki elektr isitkich ham ishga tushadi.
9-rasm. Turar joy binosini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlashning “yoz” rejimidagi kombinatsiyalashgan tizimi

“Qish” rejimidagi masalalarni hal qilish uchun KIT tarkibida quyosh kollektori, “suv-suv” tizimidagi issiqlik nasosi, dizelь-generator qurilmasi birgalikda ishlaydi (10-rasm). Issiqlik ta’minoti tizimi uchun quyosh kollektori va issiqlik nasosi issiqlik energiyasining asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi..



10-rasm Turar joy binosini issiqlik ta’minoti kombinatsiyalashgan tizimining “qish” rejimidagi tuzilish sxemasi (issiqlik ta’minoti uchun)

Quyosh kollektoridan chiqayotgan issiqlik tashuvchining harorati 10 0S dan kam bo’lganda, dizelь-generator qurilmasi zahira manbasi sifatida ishga tushadi va issiqlik nasosi bug’latkichi haroratini ko’tarishga xizmat qiladi, past haroratda issiqlik nasosi ishlamay qoladi, chunki harorat freon qaynashi uchun yetarli bo’lishi talab etiladi. Asosiy va zaxira issiqlik manbalari hisobiga hosil qilingan issiqlik energiyasi buferga yo’naltiriladi, u yerdan isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlariga taqsimlanib, sarflanadi.



11-rasm Turar joy binosini issiqlik ta’minoti kombinatsiyalashgan tizimining “qish” rejimidagi tuzilish sxemasi (issiq suvta’minoti uchun)
Issiq suv ta’minoti masalalarini hal etish uchun dizelь-generator qurilmasi issiqlik energiyasiningasosiy manbasi sifatida ishlatiladi. Kombinatsiyalashgan isitish tizimining u yoki bu rejimini ishga tushirish tizimli vaqt kontrolleriga bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Tizimli vaqt kontrolleri KITni boshqaradi. Vaqt tizimining qiymati KITning “yoz” rejimiga mos kelsa, demak atrof muhitning harorati isitish tizimini ishga tushirishni talab etadigan daraajada – 8 0S ( yozda havo haroratining keskin sovishi sodir bo’lganda), teskari vaziyatda – atrof-muhit harorati keskin isib ketganda, u e’tiborga olinmaydi, ya’ni isitish tizimi o’zib qo’yilmaydi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish