2.2-jadval
Thermotech FP202 rusumli quyosh kollektorining texnik tafsilotlari
№
|
Texnik tafsilot nomi
|
Ko’rsatkichi
|
1.
|
Umumiy maydoni
|
2,02 m2
|
2.
|
Massasi
|
1,84m2
|
3.
|
Hajmi
|
1,56 l
|
4.
|
Maksimal ishchi bosimi
|
10 bar
|
5.
|
Stagnatsiya harorati
|
234 0S
|
6.
|
Loyihadagi oqim
|
0,25-0,5 l/min*m2
|
Binoni isitish uchun har birining yuzi 2m2 bo’lgan kollektorlardan necha dona zarurligini hisoblaymiz. Buning uchun binoni isitish uchun zarur bo’lgan quvvat miqdoridan foydalanamiz, u (2.1*) munosabat orqali topilgan –14,8 kVt
Nk= Qtn/ Qk= 45.2kVt*103/1200=38 dona (2.6)
3.5. Kombinatsiyalashgan isitish tizimining iqtisodiy samaradorliginibaholash
Kombinatsiyalashgan isitish tiziminingiqtisodiy samaradorligi binoni isitish harajatlari va issiq suv bilan ta’minlash harajatlari kamayishi hisobiga shakllanadi. Buning uchun loyihada ko’zda tutilgan 1 qavatli umumiy maydoni 120 m2 bo’lgan kottedjning isitish harajatlari va issiq suv ta’minoti bo’yicha harajatlarini bilishimiz zarur bo’ladi.
Agar binoni faqat quyosh kollektorlari yordamida isitilsa, joriy xarajatlar qiymati tizimda majburiy issiqlik tashuvchini majburiy aylanishini ta’minlashga ketadigan elektr yuritma( bittasi 50 Vt) quvvati energiya sarfidan iborat bo’ladi. Binoni issiqlik bilan ta’minlash uchun quvvati Thermotech FP202 rusumli quyosh kollektoridan 12 ta (har birining quvvati 1,2 Kvt*soat)quyosh kollektori o’rnatilsa, ularning elektr yuritmalari bir soatda 0,6 kVt*soat elektr energiyasi sarflaydi. Isitish mavsumida (182 kunda) sarflanadigan elektr energiyasi miqdori quyidagicha topiladi:
R elektr= (24*182)*0,6=2620,8 kVt*soat (3.1)
Bino elektr isitkich bilan isitilganda isitish mavsumida sarflanadigan elektr energiyasi
Q=Qtn*( 24*182)=45.2*24*182=197433.6 kVt*soat (3.2)
Quyosh kollektorining isitish mavsumidagi energetik samaradorligi:
Skol=Q -R elektr=197433.6 -2620.8=194812.8 194812.8 kVt*soat (3.3)
Topilgan miqdorni 1 kVt*soat elektr energiyasining tarifi –295 so’mga ko’paytirsak, energetik samaradorlikning moliyaviy qiymati –194812.8*295=57 469 776 ming so’m kelib chiqadi.
Agar binoni faqat issiqlik nasosi yordamida isitilsa, isitish mavsumi (182 kun)da sarflanadigan elektr energiyasi miqdori quyidagicha topiladi:
R nasos= (24*182)*3,18 =13890,24 kVt*soat (3.4)
Issiqlik nasosining isitish mavsumidagi energetik samaradorligi:
Snasos=Q -R nasos=197433.6 -13890,24=183543.36kVt*soat (3.5)
Topilgan miqdorni 1 kVt*soat elektr energiyasining tarifi –295 so’mga ko’paytirsak, energetik samaradorlikning moliyaviy qiymati 183543.4*295=54 145 291ming so’m kelib chiqadi.
Agar binoni isitish tizimida quyosh kollektori hamdaissiqlik nasosikombinatsiyalashgan holda qatnashsa, kombinatsiyalashgan isitish tizimining o’rtacha energetik samaradorligi:
S=(Skol+Snasos)/2 =(194812.8 +183543.4)/2 =189178 kVt*soat (3.6)
Topilgan miqdorni 1 kVt*soat elektr energiyasining tarifi295 so’mga ko’paytirsak, energetik samaradorlikning moliyaviy qiymati 189178*295=55 807 540ming so’m kelib chiqadi.
3.6. Kombinatsiyalashgan isitish tizimining binoni issiq suv bilan ta’minlash bo’yicha iqtisodiy samaradorligini baholash
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kombinatsiyalashgan isitish tiziminingiqtisodiy samaradorligi binoni isitish harajatlari va issiq suv bilan ta’minlash harajatlari kamayishi hisobiga shakllanadi. Buning uchun loyihada ko’zda tutilgan 1 qavatli umumiy maydoni 120 m2bo’lgan kottedjning isitish harajatlari va issiq suv ta’minoti bo’yicha harajatlarini bilishimiz zarur bo’ladi.
Respublikamizda xo’jalik hamda istemol suvi normalari “Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash Metodikasi” asosida shakllantiriladi va u O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 iyuldagi 271-son Qaroriga muvofiq amaliyotga joriy etilgan.
Mazkur metodika tavsiyanoma tusida bo’lib, aholi tomonidan kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarining ishlab chiqilishi uchun asos hisoblanadi va hozirgi kunda ham amalda bo’lgan mazkur Metodikaga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 18 maydagi 127-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.
Normativlar - hayot faoliyatini ta’minlash uchun aholi tomonidan xizmatlardan foydalanishning eng kam darajasi turlicha qulaylikdagi va tipdagi uy-joy fondi uchun ishlab chiqiladi. Bular uy-joyning umumiy maydoni doirasida aholi uchun zarur bo’lgan kommunal xizmatlardan foydalanishning joriy davrdagi eng kam hajmini tavsiflovchi ko’rsatkichlar guruhi bo’lib hisoblanadi.
Normativlar darajasi o’zgaruvchan miqdor bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi o’zgarishlarga bog’liq bo’ladi va vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda ko’pi bilan bir marta qayta ko’rib chiqilishi kerak.
Davriy normativlar miqdori Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hoqimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |