HALQUM O‘SMALARI
Halqumning xavfsiz va xavfli o‘smalari farq qilinadi.
Xavfsiz o‘smalarga papilloma, fibroma, limfangioma,
gemangiomalar kiradi.
Papilloma – qoplama epiteliydan rivojlanadigan o‘sma.
U qizg‘ish rangda, yuzasi notekis bo‘lib tanglay murtaklari-
da, tilchada joylashadi.
Fibroma – yetilgan biriktiruvchi to‘qima hujayralari-
dan rivojlanadigan o‘simta bo‘lib, tanglay murtaklarida, til
ildizi tomonida, halqumning orqa devorida bo‘lishi mum-
kin. Bunda yutinish qiyinlashadi va bemor dimog‘i bilan
gapiradi.
Limfangioma – limfa tomirlaridan rivojlanadigan o‘sma,
tanglay murtaklarida, halqumning yon devori va til ildizida
o‘sishi mumkin.
Gemangiona – qon tomirlaridan rivojlanadigan xavfsiz
o‘sma.
Xavfsiz o‘smalardan halqumda papilloma, angiofibro-
malar keng tarqalgan. Xavfsiz o‘smalar tasodifan aniqlana-
di (masalan, profilaktik ko‘riklarda), ularni olib tashlash va
uni gistologik tekshiruvdan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |