56,9
Yu 91
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004, 2017.
ISBN 978-9943-07-069-1
3
SO‘ZBOSHI
Har bir sohada bo‘lgani kabi, tibbiyot sohasida ham
chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda
otorinolaringologiya fani rivojlanib bormoqda. Otorinola-
ringologiya amaliyotida operatsion mikroskopdan foydala-
nish, quloq-tomoq mikrojarrohligida qo‘lga kiritilgan yu-
tuqlar yordamida, a’zolar funksiyasini tiklash bilan shug‘ul-
lanuvchi jarrohlik imkoniyatlari yanada oshib bormoqda.
Diagnostika va davolashning yangi usullarini amaliyotga
tadbiq etish, ultratovush va lazer nurlaridan foydalanish
og‘ir dardga chalingan bemorlarni davolash imkoniyatini
berdi. Atrof-muhit va ishlab chiqarish omillari ta’sirida yu-
zaga keladigan karlik, quloq, tomoq va burun a’zolarining
allergik holatlarini, plastik jarrohlik masalalarini atroflicha
o‘rganish hozirgi zamon otorinolaringologiyasining diqqat
markazida turibdi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish maqsadida
joriy etilgan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlar va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi», jahon miqyosida kasb-hunar
madaniyatiga, ijtimoiy va ijodiy faoliyatida mustaqil ra-
vishda faoliyat ko‘rsata bilish mahoratiga ega bo‘lgan yangi
avlodni shakllantirishga qaratilgan.
Taklif qilinayotgan darslikning maqsadi yuqori malaka-
li, zamonaviy o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va sha-
kllantirish, ularni otorinolaringologiyadan tayanch bilimlar
va zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni bajarish algoritmlari bilan
ta’minlash.
Darslikda klinik anatomiya va fiziologiyadan ma’lumot-
lar berilgan. Unda LOR a’zolari faoliyati buzilganda va
LOR kasalliklarida bemorlarni kuzatish va parvarishlashga
oid amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratilgan.
Mazkur faoliyatni amalga oshirishda feldsher, akusherka
va tibbiyot hamshirasining tutgan o‘rnini yoritish bo‘yicha
barcha zarur ma’lumotlar darslikdan imkon qadar joy ol-
gan.
Har bir bobning yakunida o‘quvchilar olgan bilimlarini
o‘zlashtirishlari va mustaqil ishlab chiqishlari uchun test
vazifalari va vaziyatli masalalar keltirilgan.
Darslikni tuzishda mualliflar 1982-yilda «Meditsina»
nashriyotida chop etilgan V.T.Palchun, N.L.Voznesenskiy-
larning «Quloq, tomoq va burun kasalliklari» darsligining
ikkinchi o‘zbekcha nashridan foydalanganlar. Shuning-
dek, Yu.M. Ovchinnikov va S.V.Morozovalarning 2002-yil
Moskva «Masterstvo» nashriyoti to monidan tibbiyot kollej-
lari uchun chop etilgan «Otorino la rin gologiya» darsligidan
olingan yangi ma’lumotlar tarjima qilingan va ular taklif
qilinayotgan darslikda mavzularga oid boblardan joy olgan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |