Surunkali faringit – bu LOR a’zolari kasalliklari orasi-
da eng keng tarqalgan kasallikdir.
Kasallik o‘tkir faringitdan keyin rivojlanadi. Uning pay-
do bo‘lihiga burun kasalliklari, zararli odatlar, kasb-kor
zararlari, iqlim sharoitlari (jazirama issiq, changdan iflos-
lanish) sabab bo‘ladi. Unga uzoq davomiylik xos. Surunkali
faringitning uch turi: kataral, giрertrofik va atrofik turi
farqlanadi.
Kataral faringit. Uning belgilari tomoq qichishishi,
yutin ganda tomoqning og‘rishi, achchiq, issiq yoki sovuq
ovqatlar yeganda og‘riqning zo‘rayishi, halqumda ko‘p
shilimshiq ajralmalarning yig‘ilishi natijasida yo‘talishga va
balg‘am tashlashga majbur bo‘lish. Yo‘tal va balg‘am tash-
lash, ayniqsa, ertalab ko‘p kuzatiladi va bu ko‘ngil aynishi,
qusish bilan kechishi mumkin.
Faringoskopiyada halqum shilliq pardasida giрeremiya
va shish aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |