Hiqildoq fiziologiyasi
Hiqildoq, traxеya va bronxlar nafas, himoya va tovush
hosil qilish (fonator) funksiyasini bajaradi. Hiqildoqning
nafas funksiyasi olingan havoni pastki bo‘limlariga o‘tka-
zishdan iborat. Nafas olinayotganda tovush yorig‘i ochiq
turadi va uning kengligi organizmning kislorodga bo‘lgan
ehtiyojiga bog‘liq bo‘ladi. Tovush yorig‘i rеflеktor ravishda
ochilib turadi. Bunda nafas aktiga qovurg‘alararo mushak-
lar va diafragma qo‘shilgani tufayli nafas harakatlari mar-
omi va chuqurligi o‘zgaradi. Reflektor yoyi nafas markazi-
ga yo‘nalgan bo‘ladi (59-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |