Quloq tomoq


V bob  HIQILDOQ KASALLIKLARI



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

V bob 
HIQILDOQ KASALLIKLARI
Hiqildoq anatomiyasi
Hiqildoq  (larynx) – nafas olish va tovush hosil qi-
lish a’zosi. U bo‘yinning old tomonida til osti suyagi va 
traxeya ning orasida IV–VI bo‘yin umurtqasi sohasida 
joylashgan. Hiqildoq bir-biriga bog‘langan tog‘aylardan 
iborat bo‘lgan kovak a’zo. Uning yuqori qismida til osti 
– qalqonsimon parda bilan ulangan, pastda hiqildoq trax-
eya bilan bog‘langan. Hiqil doqning yon devorlari bo‘yin-
ning yirik tomir va nerv tolalari, orqadan esa halqum va 
qizilo‘ngach bilan qo‘shni joylashgan. Hiqildoqning old 
va yon yuzalari mushaklar, fassiyalar va qalqonsimon bez 
bilan chegaradosh. Qalqonsimon bez traxeyaning I halqa-
sidan III halqasigacha bo‘lgan sohasini egallagan. Hiqildoq 
– harakatchan a’zo bo‘lib gaplashganda, kulganda, nafas 
olganda va yutinganda faol harakat qiladi. U tashqaridan 
teri osti kletchatkasi va teri bilan qoplangan. Hiqildoq 
sohasidagi teri yupqa (2 mm) va elastik bo‘lib, yengil sil-
jiydi. Bu hiqildoqni paypaslashga imkon beradi. Hiqildoq 
skeleti 3 ta toq yirik va 3 ta juft mayda tog‘aylardan iborat. 
Toq tog‘aylarga uzuksimon, qalqonsimon va hiqildoq usti 
tog‘aylari kiradi. Uzuksimon tog‘ay hiqildoqning asosi-
ni tashkil etadi, qalqonsimon tog‘ay bo‘shlig‘ini tashqi 
ta’sirdan himoya qiladi, hiqildoq usti tog‘ayi esa uning 
«qopqog‘i» sifatida so‘lak va ovqat bo‘laklari ketib qol-
ganda uni nafas yorig‘iga tushib qolishining oldini oladi. 
Juft tog‘aylar cho‘mich simon, shoxsimon va ponasimon 
tog‘aylardan iborat (58-rasm).


144
Hiqildoq tog‘aylari bir-biriga nisbatan ma’lum hara-
katchanlikka yo‘l qo‘yadigan boylamlar va bo‘g‘imlar orqa-
li o‘zaro birlashgan.
Hiqildoq muskullari tashqi va ichki muskullarga bo‘lina-
di. Tashqi muskullarga hiqildoqni muayyan bir holatda 
tutib turadigan, uni ko‘taradigan va tushiradigan uchta juft 
muskullar kiradi.
Hiqildoqning ichki muskullarini bajaradigan vazifasiga 
ko‘ra guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Bitta (juft) muskul nafas olishda hiqildoq teshigini 
kengaytiradi.
2. Uchta muskul hiqildoq teshigini toraytiradi va bu 
bilan tovush funksiyasini ta’minlaydi.
3. Ikkita muskul tovush burmalarini tortib turadi.
4. Ikkita muskul hiqildoq usti qopqog‘ini tushiradi va 
orqaga egilishini ta’minlaydi.
58-rasm. Hiqildoq skeleti.
1 – traxeya; 2 – uzuksimon tog‘ay; 3 – konussimon boylam;
4 –  qalqon  simon  tog‘ay;  5 – qalqonsimon to g‘aydagi o‘yma;
6 – qalqonsimon til osti membranasi; 7 – til osti suyagi; 
8 – qalqonsimon tog‘ayning yuqori shoxi9 – qalqonsimon 
tog‘ayning pastki shoxi.





8
3




145
Hiqildoq bo‘shlig‘ini tog‘aylar, boylamlar, muskullar 
hosil qiladi. Hiqildoq ichki tomondan shilliq parda bilan 
qoplangan. Hiqildoqda uch qavat ajratiladi: tovush bur-
malari ustidagi yuqori (vestibulyar) qavat, o‘rta – tovush 
burmalari sohasi va pastki – burma osti bo‘shlig‘i.
Erkaklarda tovush boylamlarining uzunligi 20–22 mm, 
ayollarda 18–20 mm ga teng. Tovush yorig‘i orqa qismi-
ning eni kattalarda o‘zgarib turib, u 17–20 mm atrofida 
bo‘ladi.
Hiqildoq shilliq pardasi hiqildoq-halqum shilliq parda-
sining davomi hisoblanib, pastda u traxeya shilliq pardasiga 
o‘tadi.
Hiqildoqning qon bilan ta’minlanishi yuqori va pastki 
hiqildoq arteriyalari orqali amalga oshiriladi.
Venalardan qon oqishi hiqildoq, til va bo‘yin venalari-
ning chigallari bilan bog‘langan yon tutam bilan amalga 
oshiriladi. Asosiy qon oqimi hiqildoqdan yuqorigi qalqon-
simon vena orqali ichki bo‘yinturuq venaga yo‘naladi.
Hiqildoqning limfa turi qorinchalarning shilliq par-
dasida va hiqildoqning yuqori qavatida yaxshi rivojlangan. 
Limfa shu yerdan va hiqildoqning o‘rta qavatidan bo‘yin-
turuq vena qon tomiri bo‘ylab joylashgan chuqur bo‘yin 
limfa tugunlariga to‘planadi. Limfa pastki qavatdan konus-
simon boylam oldida, ichki bo‘yinturuq venasi bo‘ylab va 
traxeya oldida joylashgan tugunlar tomon oqadi.
Hiqildoq innervatsiyasi – adashgan nervning sezuvchan 
va harakatlantiruvchi tolalari bilan amalga oshiriladi. 
Yuqorigi hiqildoq nervi asosan sezuvchan nerv bo‘lib, u 
adashgan nervning pastki bo‘limidan ajralib chiqadi. Pastki 
hiqildoq nervi harakatlantiruvchi nerv, chapdagisi adash-
gan nervdan, u aorta ravog‘ini aylanib o‘tgan joyidan, o‘ng 
tomondagi esa adashgan nervdan, o‘mrov osti arteriyasi 
sathidan ajralib chiqadi. Hiqildoqqa bu shoxchalar yon 
tomondan uzuksimon va qalqonsimon tog‘aylar orasidan 
kiradi.
10


146

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish