144
Hiqildoq tog‘aylari bir-biriga nisbatan ma’lum hara-
katchanlikka yo‘l qo‘yadigan boylamlar va bo‘g‘imlar orqa-
li o‘zaro birlashgan.
Hiqildoq muskullari tashqi va ichki muskullarga bo‘lina-
di. Tashqi muskullarga hiqildoqni muayyan bir holatda
tutib turadigan, uni ko‘taradigan
va tushiradigan uchta juft
muskullar kiradi.
Hiqildoqning ichki muskullarini bajaradigan vazifasiga
ko‘ra guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Bitta (juft) muskul nafas olishda hiqildoq teshigini
kengaytiradi.
2. Uchta muskul hiqildoq teshigini toraytiradi va bu
bilan tovush funksiyasini ta’minlaydi.
3. Ikkita muskul tovush burmalarini tortib turadi.
4. Ikkita muskul hiqildoq usti qopqog‘ini tushiradi va
orqaga egilishini ta’minlaydi.
58-rasm.
Hiqildoq skeleti.
1 – traxeya;
2 – uzuksimon tog‘ay;
3 – konussimon boylam;
4 – qalqon simon tog‘ay;
5 – qalqonsimon to g‘aydagi o‘yma;
6 – qalqonsimon til osti membranasi;
7 – til osti suyagi;
8 – qalqonsimon tog‘ayning
yuqori shoxi;
9 – qalqonsimon
tog‘ayning pastki shoxi.
2
6
7
9
1
8
3
4
5
145
Hiqildoq bo‘shlig‘ini tog‘aylar, boylamlar, muskullar
hosil qiladi. Hiqildoq ichki tomondan shilliq parda bilan
qoplangan. Hiqildoqda uch qavat ajratiladi: tovush bur-
malari ustidagi yuqori (vestibulyar) qavat, o‘rta – tovush
burmalari sohasi va pastki – burma osti bo‘shlig‘i.
Erkaklarda tovush boylamlarining uzunligi 20–22 mm,
ayollarda 18–20 mm ga teng. Tovush yorig‘i orqa qismi-
ning eni kattalarda o‘zgarib turib, u 17–20
mm atrofida
bo‘ladi.
Hiqildoq shilliq pardasi hiqildoq-halqum shilliq parda-
sining davomi hisoblanib, pastda u traxeya shilliq pardasiga
o‘tadi.
Hiqildoqning qon bilan ta’minlanishi yuqori va pastki
hiqildoq arteriyalari orqali amalga oshiriladi.
Venalardan qon oqishi hiqildoq, til va bo‘yin venalari-
ning chigallari bilan bog‘langan
yon tutam bilan amalga
oshiriladi. Asosiy qon oqimi hiqildoqdan yuqorigi qalqon-
simon vena orqali ichki bo‘yinturuq venaga yo‘naladi.
Hiqildoqning limfa turi qorinchalarning shilliq par-
dasida va hiqildoqning yuqori qavatida yaxshi rivojlangan.
Limfa shu yerdan va hiqildoqning o‘rta qavatidan bo‘yin-
turuq vena qon tomiri bo‘ylab joylashgan chuqur bo‘yin
limfa tugunlariga to‘planadi. Limfa pastki qavatdan konus-
simon boylam oldida, ichki bo‘yinturuq venasi bo‘ylab va
traxeya oldida joylashgan tugunlar tomon oqadi.
Hiqildoq innervatsiyasi – adashgan nervning sezuvchan
va harakatlantiruvchi tolalari bilan amalga oshiriladi.
Yuqorigi hiqildoq nervi asosan sezuvchan nerv bo‘lib, u
adashgan nervning pastki bo‘limidan ajralib chiqadi. Pastki
hiqildoq
nervi harakatlantiruvchi nerv, chapdagisi adash-
gan nervdan, u aorta ravog‘ini aylanib o‘tgan joyidan, o‘ng
tomondagi esa adashgan nervdan, o‘mrov osti arteriyasi
sathidan ajralib chiqadi. Hiqildoqqa bu shoxchalar yon
tomondan uzuksimon va qalqonsimon tog‘aylar orasidan
kiradi.
10