Hiqildoqni tekshirish usullari
Hiqildoqning o‘smalaridagi assimetriyani, tog‘aylar
to‘qimasidan yallig‘lanish jarayonlarini aniqlashda tashqi
ko‘zdan kechirish va hiqildoq sohasini paypaslash usul-
lari yordam beradi. Hiqildoq bo‘shlig‘ini tekshirish uchun
bevosita va bilvosita laringoskopiya usullari qo‘llaniladi.
Bilvosita laringoskopiya hiqildoq ko‘zgusi yordamida na-
fas olish va tovush chiqarish (fonatsiya) vaqtida amalga
oshiriladi (60-rasm). Hiqildoq shilliq pardasining rangiga,
tovush burmalarining holatiga e’tibor qaratiladi (norma-
da tovush burmalarining rangi oqroq). Tovush burmalari-
ning harakat changligini va fonatsiya paytidagi o‘zgarishla-
rini tekshirish kerak. Chuqur nafas olinganda traxeyaning
yuqori qismini ham ko‘zdan kechirish mumkin.
Halqumning qusish refleksi yuqori bo‘lsa, hiqildoqni
chuqurroq tekshirish uchun mahalliy og‘riqsizlantirish
usullaridan foydalaniladi. Bu maqsadda pulverizator yor-
damida anestetik eritma tanglay shilliq pardasi, halqum
orqa devori va til ildiziga purkaladi. Bilvosita laringosko-
60-rasm. Bilvosita laringoskopiya.
150
piya ba’zi kasalliklarni aniqlashda doimo ham kutilgan
natijani bermaydi. Shuning uchun murakkab hollarda bev-
osita laringoskopiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bevosita laringoskopiya maxsus asboblar – laringoskop-
lar yordamida amalga oshiriladi. Ular avtonom yoritish
mosla malari bilan ta’minlangan. Usulning mohiyati og‘iz
bo‘shlig‘i va hiqildoqning orasidagi burchakni to‘g‘rilab,
hiqildoq va traxeyani ko‘zdan kechirish imkoniyatini
yaratadi. Bu usul ko‘proq bolalarni tekshirish amaliyotida
qo‘llaniladi. Bevosita laringoskopiya mahalliy va umumiy
og‘riqsizlantirish ostida o‘tkazilishi mumkin.
Hiqildoqni tekshirishning zamonaviy usullaridan biri –
bu (to‘g‘ri) – bevosita mikrolaringoskopiyadir. Bu fokus
masofasi 300–400 mm bo‘lgan maxsus mikroskop yor-
damida narkoz ostida o‘tkaziladi. Bu usul asosida hiqildoq-
ning endolaringeal mikrojarrohligi rivoj topgan.
Oxirgi yillarda hiqildoq bo‘shlig‘ini tekshirishda uni en-
doskop yordamida ko‘zdan kechirish – fibrolarin go skopiya
katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu usul hiqil doq ning barcha
qismlarini egiluvchan fibrolaringoskopiya bilan tekshirib
chiqishga imkon yaratadi (61-rasm). Fibro laringoskopiya
mahalliy og‘riqsizlantirish ostida amalga oshiriladi va bi-
opsiya, endofotografiya qilish uchun im ko niyat yaratadi.
Hiqildoqni tekshirish uchun laringostroboskopiya
qo‘lla niladi. Bu usul yordamida tovush burmalarining teb-
ranish harakatlarining (ko‘ndalang, to‘lqinsimon, bo‘y-
lama) turini aniqlash mumkin. Harakatlar amplitudasini
va tovush burmalarining tebranish tezligini aniqlash ham
mumkin. Mazkur usul hiqildoqning turli patologik holat-
lariga (xavfsiz o‘smalar, o‘sma oldi va infiltrativ jarayonlar,
disfoniyalar) baho berishda katta ahamiyatga ega.
Tashxisni aniqlashda rentgen diagnostikaning ahamiyati
katta. Frontal proyeksiyada o‘tkazilgan hiqildoqning rent-
genologik tekshiruvi, ayniqsa tomografik usul, hiqildoq-
ning barcha bo‘limlari holatini aniqlashga imkon beradi.
151
61-rasm. Egiluvchan fibroskoplar yig‘masi.
Do'stlaringiz bilan baham: |