Quloq tomoq


Hiqildoqni tekshirish usullari



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Hiqildoqni tekshirish usullari
Hiqildoqning o‘smalaridagi assimetriyani, tog‘aylar 
to‘qimasidan yallig‘lanish jarayonlarini aniqlashda tashqi 
ko‘zdan kechirish va hiqildoq sohasini paypaslash usul-
lari yordam beradi. Hiqildoq bo‘shlig‘ini tekshirish uchun 
bevosita va bilvosita laringoskopiya usullari qo‘llaniladi. 
Bilvosita laringoskopiya hiqildoq ko‘zgusi yordamida na-
fas olish va tovush chiqarish (fonatsiya) vaqtida amalga 
oshiriladi (60-rasm). Hiqildoq shilliq pardasining rangiga, 
tovush burmalarining holatiga e’tibor qaratiladi (norma-
da tovush burmalarining rangi oqroq). Tovush burmalari-
ning harakat changligini va fonatsiya paytidagi o‘zgarishla-
rini tekshirish kerak. Chuqur nafas olinganda traxeyaning 
yuqori qismini ham ko‘zdan kechirish mumkin.
Halqumning qusish refleksi yuqori bo‘lsa, hiqildoqni 
chuqurroq tekshirish uchun mahalliy og‘riqsizlantirish 
usullaridan foydalaniladi. Bu maqsadda pulverizator yor-
damida anestetik eritma tanglay shilliq pardasi, halqum 
orqa devori va til ildiziga purkaladi. Bilvosita laringosko-
60-rasm. Bilvosita laringoskopiya.


150
piya ba’zi kasalliklarni aniqlashda doimo ham kutilgan 
natijani bermaydi. Shuning uchun murakkab hollarda bev-
osita laringoskopiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bevosita laringoskopiya maxsus asboblar – laringoskop-
lar yordamida amalga oshiriladi. Ular avtonom yoritish 
mosla malari bilan ta’minlangan. Usulning mohiyati og‘iz 
bo‘shlig‘i va hiqildoqning orasidagi burchakni to‘g‘rilab, 
hiqildoq va traxeyani ko‘zdan kechirish imkoniyatini 
yaratadi. Bu usul ko‘proq bolalarni tekshirish amaliyotida 
qo‘llaniladi. Bevosita laringoskopiya mahalliy va umumiy 
og‘riqsizlantirish ostida o‘tkazilishi mumkin.
Hiqildoqni tekshirishning zamonaviy usullaridan biri – 
bu (to‘g‘ri) – bevosita mikrolaringoskopiyadir. Bu fokus 
masofasi 300–400 mm bo‘lgan maxsus mikroskop yor-
damida narkoz ostida o‘tkaziladi. Bu usul asosida hiqildoq-
ning endolaringeal mikrojarrohligi rivoj topgan.
Oxirgi yillarda hiqildoq bo‘shlig‘ini tekshirishda uni en-
doskop yordamida ko‘zdan kechirish – fibrolarin go skopiya 
katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu usul hiqil doq ning barcha 
qismlarini egiluvchan fibrolaringoskopiya bilan tekshirib 
chiqishga imkon yaratadi (61-rasm). Fibro laringoskopiya 
mahalliy og‘riqsizlantirish ostida amalga oshiriladi va bi-
opsiya, endofotografiya qilish uchun im ko   niyat yaratadi.
Hiqildoqni tekshirish uchun laringostroboskopiya 
qo‘lla niladi. Bu usul yordamida tovush burmalarining teb-
ranish harakatlarining (ko‘ndalang, to‘lqinsimon, bo‘y-
lama) turini aniqlash mumkin. Harakatlar amplitudasini 
va tovush burmalarining tebranish tezligini aniqlash ham 
mumkin. Mazkur usul hiqildoqning turli patologik holat-
lariga (xavfsiz o‘smalar, o‘sma oldi va infiltrativ jarayonlar, 
disfoniyalar) baho berishda katta ahamiyatga ega.
Tashxisni aniqlashda rentgen diagnostikaning ahamiyati 
katta. Frontal proyeksiyada o‘tkazilgan hiqildoqning rent-
genologik tekshiruvi, ayniqsa tomografik usul, hiqildoq-
ning barcha bo‘limlari holatini aniqlashga imkon beradi.


151
61-rasm. Egiluvchan fibroskoplar yig‘masi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish