orqasidagi abssessni
yorish.
134
Regionar limfatik tugunlar kattalashadi.
Dekompensatsiyalangan surunkali tonzillitga quyidagi-
lar xos:
1. Yiliga ikki martadan ziyod tana harorati yuqori da-
rajagacha ko‘tarilishi bilan og‘ir kechadigan anginalar (la-
kunar, follikulyar). O‘tkaziladigan konservativ davo chora-
lari yaxshi natija bermaydi: anginalar yilning turli vaqtla-
rida qay tariladi.
2. Tez-tez qaytariladigan anginalar, ularning biridan
keyin nefrit, revmokardit va boshqa asoratlar paydo bo‘la-
di.
3. Tanglay bezlari tekshirilganda ularning lakunalarida
yiringli «probkalar» aniqlanadi. Bemor revmokardit bilan
kasallangandir.
4. Anamnezida paratonzillyar abssess bilan asoratlangan
angina mavjud.
Surunkali tonzillitning klinik kechishi turlicha bo‘lishi
mumkin. Tashxis qo‘yishda bemor shikoyatlarini, anam-
nestik ma’lumotlar va tanglay bezlarini tekshirish natijala-
riga asos lanish kerak. Bemor tez-tez angina bilan og‘rish-
dan shikoyat qiladi. Angina tana haroratining ko‘tarilishi,
tez toliqish, terlash, bosh og‘rishi, og‘izdan badbo‘y hid
kelishi, yutin ganda og‘riq, balg‘amli yo‘tal bilan kechadi.
Angina bilan bog‘liq yurak, bo‘g‘imlar, buyrak xastaliklari
aniqlanadi. Su run kali tonzillitning asoratlari (revmatizm,
revmatoid po liartrit va boshqalar) ko‘p uchraydi. O‘tkir va
surunkali glome rulonefrit va uning asoratlarining sababla-
ridan asosiysi bu surunkali tonzillitdir.
Davolash usulini tanlash surunkali tonzillitning klinik
shakli va dekompensatsiya turlariga bog‘liq holda amalga
oshiriladi.
Konservativ davo kompensatsiyalangan surunkali ton-
zillitda qo‘llaniladi. Bu tanglay bezlarini sanatsiya qilish,
organizmning himoya kuchlarini ko‘tarishdan iborat. Tan-
glay bezlarini sanatsiya qilish uchun ularning lakunalar-
135
56-rasm. Tanglay bodomcha bezlari lakunalarini yuvish.
ini antiseptik suyuqliklar bilan chayish keng qo‘llaniladi
(56-rasm). Cha
yilgandan keyin bezlarning yuzasi va
lakunalar Lyugol eritmasi bilan artiladi. Shuningdek,
fizioterapevtik davo choralari (tubus orqali ultrabinafsha
nurlari bilan ta’sir etish, ultra tovush, lazeroterapiya, elek-
troforez) qo‘llash yaxshi natija beradi.
Jarrohlik davo – bu tonzillektomiya – ya’ni tanglay
bez larini mahalliy infiltratsion og‘riqsizlantirish ostida
ekstra kapsulyar olib tashlash. Ikki tomonlama tonzillek-
tomiya uchun zarur asbob-anjomlar 57-rasmda keltirilgan.
Operatsiya vaqtida bemor o‘tirgan holatda bo‘ladi, ta-
nasi va boshi steril choyshab bilan yopib qo‘yiladi. Tanglay
bezlari olib tashlangandan keyin bemorning dahaniga muz
xalta qo‘yib yonboshi bilan yotqiziladi. Har soatda muz
xaltani 15–20 daqiqaga olib turiladi. Qon ketayotganini
vaqtida aniqlash uchun hamshira bemor so‘lagini nazorat
qilib turishi kerak. Operatsiyaga moneliklar bo‘lsa, tanglay
bezlariga kriojarrohlik ta’siri, krioultratovush yoki lazer
bilan ta’sir etish usullari qo‘llaniladi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |