Paratonzillyar abssess
Paratonzillyar abssess – o‘tkir angina asorati his-
oblanadi. Kasallikka sabab – infeksiyaning lakunalardan
yoki fol likulalardan bodomcha bezlar orti bo‘shliqlariga
tushi shidir. Jarayonning kechishi – organizmning immum
holatiga va infeksiya virulentligiga bog‘liq bo‘ladi. Para-
tonzillyar abssess ning kechishida shishgan, infiltrativ va
abssesslanadigan bosqichlar kuzatiladi. Bodomcha bezlari-
da joylashishiga ko‘ra oldingi, o‘rta va tashqi abssesslar ta-
fovut qilinadi. Oldingi paratonzillyar abssess ko‘proq uch-
rab turadi, u bodomcha bezlar yoki to‘qimada bodomcha
bezning ustki tubi oldida joylashadi.
Paratonzillyar abssess ko‘pincha bir tomonda bo‘ladi.
Odatda kasallik anginadan keyin boshlanadi. Yutinganda
og‘riq zo‘rayadi, umumiy holsizlik va darmonsizlik kucha-
yadi, yutinish qiyinlashadi, salivatsiya zo‘rayadi. Og‘izdan
yoqimsiz hid keladi. Chaynov muskullarining trizmi ro‘y
beradi, tovush manqalanib chiqadi. Bo‘yin va jag‘ osti
limfa tugunlari kattalashib, og‘riq beradi. Faringoskopi-
yada yumshoq tanglay, oldingi ravoqcha qizarib ketgani
va shishgani ko‘rinadi. Tilcha keskin infiltratlanib, bo‘rtib
chiqadi. Tegib ko‘rilganda fluktuatsiya aniqlanadi. Ko‘pin-
131
54-rasm. Murtak atrofidagi yiringlagan joylar:
I — murtak atrofidagi yiringli joyni kesish; II — tonzillektomiya
bosqichlari; a — tanglay oldingi yoychasini murtakning medial
tomoniga tortib kesish; b — tanglay murtagini ajratish; d — murtakka
sirtmoq qo‘yish.
II
cha abssess oldingi ravoqcha yoki ravoqchalar orasidagi
bodomcha bezlari usti bo‘shlig‘i orqali boshlanadi. Tash-
xis anamnez, shikoyat, faringoskopiya manzarasiga qarab
qo‘yiladi.
Kasallikning boshlang‘ich bosqichida konservativ davo
qo‘llanilib, antibiotiklar, sulfanilamidlar, desensibili-
zatsiyalovchi vositalardan foydalaniladi. Mahalliy davo
sifatida aerozol bilan davolash, tomoqni antiseptik prepa-
ratlar bilan chayish tavsiya etiladi. Fizioterapiya davo vo-
sitalaridan, magnit bilan davolash, ultratovush, davolovchi
lazer muolajalaridan foydalaniladi. Abssess hosil bo‘lgan-
da, uni yorib ochish kerak bo‘la-
di. Paratonzillyar abssess oqilona
davolanmasa infeksiya halqum oldi
bo‘shlig‘i, to‘sh osti suyagi klet-
chatkasiga tarqalishi mumkin. Bu
esa hayot uchun xavfli hisoblan-
gan asoratlarni keltirib chiqaradi
(54-rasm).
I
d
b
a
132
Do'stlaringiz bilan baham: |