Giрertrotik faringit. Unga ham yuqorida aytib o‘tilgan
belgilar xos, faqat bular kataral faringitga nisbatan ko‘proq
bezovta qiladi. Faringoskopiyada og‘iz-halqumning orqa
devori shilliq pardasi yuzasidan bo‘rtib chiqib turgan lim-
foid to‘qimaning katta qizil rangli granulalari aniqlanadi.
Bu holat granulyoz faringit deb ataladi.
Atrofik faringit. Bu ancha murakkab kechadigan ka-
sallik turidir. Bemor doim tomog‘i qurishidan, og‘riqdan,
achi shishi dan shikoyat qiladi. Faringoskopiyada shilliq
parda quruq, yupqa, och pushti rang, yaltiroq ko‘rinadi.
Davolash. Kompleks davo choralari kasallik sabablariga
va kasallikning mahalliy belgilarini bartaraf etishga qaratil-
gan bo‘lishi kerak.
138
Mahalliy ta’sir etish choralaridan shilliq pardadagi
o‘zga rishlarni davolovchi dori moddalari qo‘llaniladi.
Kataral faringitda – tomoqni uzoq muddat moychechak,
shalfey damlamalari, ishqoriy eritmalar bilan chayish, hal-
qum shilliq pardasini 2–3% li kumush nitrat eritmasi bilan
artish tavsiya etiladi.
Giрertrofik faringitda giрertrofiya sohalarini elektro-
kauter bilan kuyidiriladi, kriodestruksiya yoki lazerkoagu-
latsiya qo‘llaniladi.
Atrofik faringitda, asosan, simptomatik davo tayinlana-
di. Bu maqsadda 1% li lyugol eritmasi, yog‘li va ishqoriy
inga latsiyalar, ishqoriy eritmalar bilan tomoqni chayish
tavsiya etiladi. Shuningdek, vitamin A va yodli dori vosi-
talari (ma salan 3% li kaliy yodid) buyuriladi. Achishish,
yutinganda og‘rishi, fa ringoskopiyada shilliq pardaning
giрeremiyasi va uning yupqalashgani surunkali faringitning
kataral turiga xosdir.
Davosi: moy-ishqorli ingalatsiyalar, aerozollar, tomoq-
ni antiseptik preparatlar bilan chayish, shilliq pardaga
dezin feksiyalovchi preparatlar bilan ishlov berish. Dori
be rib davo lash foyda bermasa, giрertrofiyalangan limfoid
to‘qimaga krioapplikator, ultratovush yoki lazer bilan ish-
lov beriladi.
Surunkali atrofik faringit burunda va hiqildoqdagi shil-
liq pardaning atrofik o‘zgarishlari bilan kechadi. Bemor
tomog‘i qurishidan, achishishidan, tomog‘ida yot jism bor-
ga o‘xshayotganidan shikoyat qiladi. Shilliq parda farin-
goskopiya qilinganda yutqinning orqa devori quruq, yupqa-
lashgan, yaltirab turadi, ba’zan esa yopishqoq shilliq yoki
po‘stloq bilan qoplangan bo‘ladi.
Davosi. Moyli ishqorli va mumiyoning suvli eritmasi
bilan ingalatsiya qilish, lyugol eritmasini surtish, vitaminlar
berish, biogen stimulyatorlar, temir saqlovchi preparatlar
tayinlanadi.
139
Do'stlaringiz bilan baham: |