Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
 
1
Burong‘or – qo‘shinning o‘ng tomoni; 
2
Jurong‘or – qo‘shinning so‘l qanoti.


151
Nogahon, Mirzo Yodgorning g‘o‘lidan
1
 turkman otliqlari bo‘ron 
dahshati va sur’ati bilan to‘ppa-to‘g‘ri Husayn Boyqaro ustiga otilish-
di. Bu tomondan qalin o‘q yog‘dirildi. Biroq g‘izillab uchgan minglar-
cha o‘q galalari turkman botirlarini to‘xtatishdan ojiz qoldi. Turkmanlar 
qilich o‘ynatib, o‘q uzib, ustma-ust hamlalar bilan oldingi qismlarni 
bosa-bosa siljib kelar edilar. Bir to‘da turkmanlar kutilmagan yoqdan 
Husayn Boyqaroga yaqinlashib qolgan edi. Podshoh atrofini qursha-
gan bahodir yigitlar goh qilich, goh nayza ishlatib, dushmanni uloq-
tirishga astoydil g‘ayrat ko‘rsatdilar. Odamlar yiqildi, qilichlar sindi, 
egasiz otlar, egarlari qiyshaygan, jilovlari oyoqlariga o‘ralishgan hol-
da, ko‘zlarini chaqchaytirib, parokanda kezardilar.
Husayn Boyqaro urushning oqibatidan tashvishlanar, g‘azab 
bilan har yoqqa qarar, chang, to‘zon ichida jangning ketishini kuza-
tishdan ham ojiz edi. Nihoyat, g‘azabiga chidolmadi. Qilichini sug‘ur-
di. Boshdan-oyoq sovut kiygan shoh o‘zining xos botirlari bilan dush-
manga hujumga otildi. Uning zo‘r, haybatli oti qirg‘in ichiga yorib kir-
di. Husayn Boyqaro jang qilishni bilar edi. Jangda zarbaning shiddati 
bilan tadbirni juda mos ishlatar edi. Toj-taxt dag‘dag‘asida yillarcha 
olib borgan to‘xtovsiz, davomli, katta-kichik urushlarda, to‘qinishlar-
da, qilichbozlikdagi mahoratini ko‘p daf’a ochiq namoyon qilgan edi. 
Hozir ham xavf-xatarni unutib, yaxshi, zabardast qilichlasha bosh-
ladi.  Botirlar  ham  o‘lgan-yitganiga  qaramay,  podshoh  atrofida  qattiq 
jonbozlik ko‘rsatdilar. Bular dushmanni orqaga tebratishga muvaf-
faq bo‘lsalar ham, lekin butun holda, jangning oqibati bu yerda hal 
bo‘lmadi. Mirzo Yodgorning o‘ng va so‘l qanotlari qattiq shikast yeb, 
butunlay bebosh-betartib qochishga yuz tutgan edi. Bu hodisa turk-
manlarning ruhini tushirdi. Ular endi dushmanga yopishish emas, 
o‘zlarini qirg‘in ichidan mumkin qadar tez olib qochishga tirisha bosh-
ladilar. Boyqaroning zafar g‘ururi bilan ruhlangan yigitlari dushmanni 
yanchib, dahshatli suron bilan uni ta’qib etdilar. Nafasni bo‘g‘adigan, 
ko‘zlarni ko‘r qiladigan chang-to‘zon buluti havoni tutdi.
Husayn Boyqaro lashkari Mirzo Yodgorning parokanda yigit-
larini bir necha farsang masofagacha shiddatli quvib, kechga tomon 
har xil o‘ljalar, asirlar bilan qaytdi. 
 
 
1
G‘o‘l – qo‘shinning o‘rta qismi.


152
II
Shoir tevaragini Shirim qorovul boshliq maxsus posbonlar 
qo‘riqlagan  hashamatli  ipak  chodirga  kirdi.  Zarrin  to‘shakda  o‘tir-
gan Husayn Boyqaroga ko‘zi tushishi bilan uning vaziyatini alla-
nechuk boshqacha sezib, hayratlandi-da, rasmiy ta’zimdan so‘ng, 
podshohning ishorati bilan unga yaqin o‘tirdi. E’timodli
1
  beklar, va-
zirlar yo‘q. Muqovasi ajoyib go‘zal yangi bir kitobni tizzasiga qo‘yib, 
shoir Hasanali Jaloyir o‘tirardi. Har xil bahona bilan podshoh qoshi-
ga kirishga, u bilan suhbatlashishga tirishgan Majididdin Muhammad 
undan quyiroqda gerdayib, tiz cho‘kkan. Bulardan tashqari, vazifasi 
har vaqt podshoh huzurida hozir bo‘lish ham uni zeriktirmaslik uchun 
har nav latifa va hikoyalar to‘qishdan iborat bo‘lgan ikki-uch ham-
suhbat endi podshohning g‘azabli ko‘zlarini uchratmaslikka tiri shar 
edi. Navoiy bunda anglashilmas bir sir ko‘rmadi. Chunki vaziyatning 
og‘irligini bilar edi. Mirzo Yodgor jangda qattiq mag‘lub bo‘lgan esa-
da, Husayn Boyqaroning g‘alaba shodliklari uzoq cho‘zilmadi. Keyingi 
vaqtlarda har kun bir-biridan sovuq xabarlar eshitila boshlandi: “Mirzo 
Yodgor ko‘p lashkar to‘plagan emish, Amir Hasanbek unga muncha 
ming navkarni ko‘makka yuborgan emish, Xurosonga hujum uchun 
Sulton Mahmud qo‘shin bilan Amu yoqasida turgan emish...” Bundan 
tashqari, podshohga gina saqlaganidanmi yoki Mirzo Yodgor bilan 
zimdan til biriktirganidanmi, bir ko‘p beklar va yigitlar o‘rdu gohdan qo-
cha boshlagan edi.
Navoiy g‘amgin va g‘azabli podshohga dadil qarab, hol-ahvol 
so‘radi. Husayn Boyqaro Hirotdan chopar kelganini aytib, jig‘ali boshi-
ni allaqanday ma’nodor silkib, ahvolning og‘irligini ifodaladi. So‘ng 
zarrin to‘shak ostidan bir maktub chiqarib, shoirga uzatdi. Navoiy 
diqqat bilan qog‘ozga ko‘z yugurtib, keyin maktubni sekingina tizzasi-
ga qo‘ydi. Boshini quyi soldi, ikki qosh o‘rtasi tugunchak bo‘lib, yana 
qog‘ozga tikildi. Voqeani butun ildizi bilan tasavvur etgach, maktubni 
bukib, yoniga, atlas ko‘rpachaga qo‘ydi-da, podshohga qaradi. Uning 
ko‘zlari har vaqtgi ishonch va fikrchanlikni saqlar edi. Podshoh o‘z ha-
yajonini yashirolmay, achchiq shikoyat bilan dеdi:
— Dorilsaltanatda
2
  bir  guruh  razil  avboshlarning  fitnasini  daf 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish