Savol va topshiriqlar:
1. Ota-ona mavzusidagi hadislardan o‘zingizga qanday
xulosalar chiqardingiz?
2. Insonning boshiga tushgan musibat, tashvishlar nima uchun uning
gunohiga kaforat bo‘lishini mulohaza qiling. Ular har qanday
holatda ham kaforat bo‘ladimi yoki buning shartlari bormikan?
3. Mast qiluvchi ichimlik (xamr)ning harom qilinishi sababini
qanday izohlaysiz? Uning jamiyat, xususan, oilaning ma’naviy
asoslarini yemirishini hayotiy misollar bilan asoslang.
4. Oxirgi hadisga diqqat qiling. Sanalgan olti narsaning nechtasi so‘z
va nechtasi amal bilan bog‘liq? Har biriga to‘xtaling. Omonat
nima? Kishi bo‘ynidagi boshqa kishilar, oila, millat va davlatning
omonatlari haqida o‘ylab ko‘ring.
5. Keltirilgan boshqa hadislarni sinfdoshlaringiz bilan tahlil qiling.
Ularni hayotda ko‘rgan, kuzatgan, kitoblarda o‘qigan voqeliklar
bilan solishtirgan, asoslagan holda tushuntirishga harakat qiling.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |