Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


Husayn Boyqaro Navoiyni uning qarshiligiga qaramay



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Husayn Boyqaro Navoiyni uning qarshiligiga qaramay, 
muhrdorlik lavozimiga tayinlaydi. Ko‘ngli ijodga moyil shoir 
shohning  taklifiga  ko‘nishga  majbur  bo‘ladi.  el-ulus  ishlari 
bilan band bo‘lishiga qaramay, ijod ahliga homiylik qilish, 
ularga imkoniyat yaratishga e’tibor qaratadi.
Muhammad Sayid saroy pahlavonlarining eng zo‘ri va mohi-
ri  edi.  U  kеng  yag‘rinli,  quloch  ko‘krakli,  butun  dov  jussasidan  quv-
vat barq urardi. Husayn Boyqaro unga “Pahlavoni olam” degan 
laqab bergan. Hech bir Xuroson pahlavoni, chet ellardan pahlavonlik 
dag‘dag‘asi bilan kelib turadigan zo‘rlardan birontasi hali uning yon-
boshini yerga tegizgan emas. Lekin Navoiyning qalin do‘stlaridan 
bo‘lgan bu shaxsning fazilati bundagina emasdi. Muhammad Sayid 
ayni zamonda turli ilmlar sohasida uncha-muncha olimlarga so‘z 
bermasdi. Musiqiyni chiroyli chalar, yangi kuylar to‘qirdi. Goho-goho 
u ning qudratli qo‘llari qalam ushlab, chiroyli g‘azallar, ruboiylar yara-
tardi. Pahlavonning bu xislatlarini uzoqda eshitganlar ishonmas, lekin 
yaqindan tanuvchilar uning qobiliyatlarini ehtirom qilardilar.
 
 
1
Tarabxona – bazm qilinadigan joy.


170
Pahlavon qalin lablari bilan so‘zni asta o‘lchab kesib, gushtgirlik
1
 
ilmi haqida qiziq ma’lumotlar berdi. Hozir o‘zining o‘n sakkiz yashar 
jiyanini vaqtincha madrasadan olib, ilk bahorda chetdan ke lishi kutil-
gan mashhur pahlavonlar bilan kurashga solmoq uchun uni tayyor-
layotgani, qanday usullar qo‘llayotgani to‘g‘risida gapirdi. Keyin so‘z 
shе’r, musiqiy, darveshlik falsafasi va hokazoga o‘tdi. 
Xo‘ja Afzal kirib, Navoiyni podshohning yangi qarori bilan tab-
rikladi. Pahlavon va boshqalar Navoiyning amir bo‘lgani haqidagi 
xabarni katta quvonch bilan qarshiladilar. Bu gapning darrov tarqal-
ganiga Navoiy taajjubla nib qoldi. Pahlavon dag‘al, baquvvat soqolli 
kеng yuzidagi samimiy tabassum va hayajon bilan dеdi:
— Bu — ko‘hna Xuroson tarixining oltin sahifasidir!
— El baxtining tug‘ilgan kuni, — dеdi Xo‘ja Afzal.
Har kim o‘z quvonch ham orzularini bildirib turarkan, Majididdin, 
Nizomulmulk, Amir Mo‘g‘ul va bir ko‘p beklar va a’yonlar kirish-
di. Ular shoir bilan, go‘yo hech nimadan xabarsiz kabi ko‘rishdilar. 
Lekin ko‘zlarining ma’nosi, tashvishli yuzlari bo‘shashgan harakat-
lari voqeadan ularning ogoh ekaniga guvohlik berardi. Parvonachi 
Majididdin hozir, hamma vaqtdagidan ko‘ra, ortiqroq kekkayishga ti-
rishardi. Qimorboz Amir Mo‘g‘ul parvonachiga qarab, mast ko‘zlari-
ni ma’nodor qisib qo‘ydi. Majididdin ham unga imo bilan javob ber-
di. Har vaqt yasanib-tusanib, tovusday tovlanib yuradigan, sersavlat, 
ayyor Nizomulmulkkina o‘zini Navoiyga sirdosh ko‘rsatishga tirishdi, 
unga yaqin kelib, shivirlab tabrikladi. 
Shoir  kinoya  bilan  kuldi-da,  hammaga  eshittirib,  dеdi: 
“Fikrimcha, rutbalarning, mansablarning past-ba landi yo‘q. El xizma-
tida hamma rutbalar sharaflidir. Yurt uchun hatto navkarlikni ham if-
tixor bilan bo‘ynimga olar edim!” Nizomulmulkning ko‘zlari atrofga 
ayyorcha jovdiradi. Yirik yoqut ko‘zli uzuklar taqqan barmoqlari bilan 
ko‘rkam soqolini silab, boshini vazmin chayqadi:
— Albatta, shunday bo‘lmog‘i kerak!
Ko‘p o‘tmasdan, mulozimlar kelib,
 
chog‘ir bazmiga taklif etdilar. 
Hamma “gurr” etib qo‘zg‘aldi.
 
 
1
Gushtgirlik – kurash.


171
III
Uchinchi kun Navoiyning uyida katta tantana bo‘ldi. To‘rdagi 
katta oq uyda odam ko‘p, xizmatkorlar o‘z yumushlarini iftixor bilan 
bajaradilar. Uy sohibi — shoir, o‘z odaticha, bir nafas qo‘nmaydi. 
Keluvchilarni ochiq yuz bilan kutib oladi. Dam sekingina oshxonaga 
kirib, oshpazlar ishini ko‘zdan kechirib chiqadi, uni-buni o‘rgatadi, es-
latadi. Dam hujralarga bosh suqib, tayyorlanayotgan halvo va har nav 
shirinliklarni surishtiradi; yaxshiroq va mo‘lroq tayyorlashni uqtiradi. 
O‘z uyida xalq to‘plangan vaqtlarda u aksari shunday kuyunchaklik 
ko‘rsatar, qo‘ldan kelgancha mehmondo‘stlik qilishga, iltifoti, muoma-
lasi bilan har kimning ko‘nglini ko‘tarishga tirishar edi.
Yasog‘liq katta oq uyda beklar, yuqori mansabdorlar, dongdor 
shoirlar, Hirot, Iroq, Ozarbayjon olimlari o‘tirishar edi. Odam ko‘p 
bo‘lganidan suhbat umumiy mavzuga ko‘chmagan; har kim o‘z atro-
fidagi  odamlar  bilan  dilkashlik  qilar  edi.  To‘rda  bosh  bek  Muzaffar 
barlos bilan Muhammad Burunduq barlos va Jahongir barlos jang 
ham ov haqida so‘zlashardi. Navoiyning yordami bilan moddiy ah-
voli yaxshilanib, endi ilm dunyosiga ancha tanilgan Sultonmurod bir 
Iroq olimi bilan arab tilida sekin suhbatlashardi. Dovdirab qolgan, 
kichkina keksa munajjim bilan dov gavdali Muhammad Sayid pahla-
von juda inoq gaplashardi. Podshohning bu qari munajjimi baxt va 
falokat, yaxshilik va yomonlik, omad va omadsizlik — hammasining 
vaqt-soatini yulduzlarnnig sirli va tekin maslahati bilan, mashaqqat 
chekmasdan, tez tayinlab, belgilab berardi. Ulug‘bek o‘z tekshirishlari 
bilan, Navoiyning ta’biricha, osmonni pastga tushirgan, ya’ni sayyora-
larning harakat qonunlarini insonlarga tanitgan bo‘lsa, bu chol os-
monning cheksiz uzoqligiga yana benihoyat uzoqlik qo‘shib, uni qalin 
sir pardasiga chulg‘agan edi. Kambag‘al bo‘z ishtonini qay soatda bi-
chishi, qay soatda kiyishi kerak? Podshoh oltin taxtga qay kun, qay 
soatda o‘tirishi kerak, sevikli qizga qay soatda muhabbatnoma yoz-
moq kerak? Dushmanni o‘ldirmoq uchun qay soatda zahar tayyor-
lamoq  kerak?  Chol  bularning  hammasiga  yulduzlarning  javobini  olib 
beradi. Saroyda katta tantanali ishlar eskidan buyon munajjimlar-
ning ko‘rsatgan vaqtida bajarilishi bir an’ana bo‘lib qolganidan, bu kun 


172
Navoiyning amir sifatida muhr bosish kun va soatini ham u tayinlagan 
edi.
— Bizning ilmimizda tangrining har kuni uchun bir yulduz pod-
shoh, bir yuluz vazir bo‘lur, — dеdi ko‘rsatkich barmog‘i bilan ta’kid-
lab munajjim. — Bukun koinotda Shams — podshoh, Qamar vazirdir. 
Asli mohiyatiga diqqat etingiz, barcha shuhratli ishlarning kuni ush-
budir.  Alisher  Navoiy  janoblarining  muhr  bosmoqlik  soatiga  Zuhroni 
tayin qildim.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish