Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
 
1
Xirgoh – chodir.


166
dan askarday kеskin, chaqqon harakat bilan tushdi-da, jilovni navkari 
Boboaliga tutqizdi. Podshohga yaqin kelib, dadil so‘zladi: “Bizga ijozat 
beringiz!” Hech bir bek, hech bir navkar Navoiydan buni kutmagan 
edi. Ko‘plar uyatdan boshlarini egib, bo‘shashib, titray boshladilar. 
Lekin endi vaqt o‘tgan, har kim qancha orzumand bo‘lmasin, shu top-
da o‘z mardonaligini ko‘rsatishdan ojiz edi...
Husayn Boyqaro bir daqiqa taradduddan so‘ng atrofdagi yigit-
larga o‘qraygan ko‘zlarini yuritdi-da, shoirga ijozat berdi. Navoiy qi-
lichini qinidan sug‘urdi (qilichning birinchi va so‘nggi marta sug‘urilishi 
edi!), dadillik bilan odim otib ketdi. Lekin u tepaga ko‘plar mo‘ljalla-
gan yo‘ldan emas, boshqa yo‘ldan chiqa boshladi. Shu vaqtda kim-
dir bir dasta shamni yoqib, baland ko‘tardi. Hammaning ko‘zi qilichi-
ni hassa kabi yerga qadab, tepaga ko‘tarilayotgan shoirda edi. Uning 
ko‘lankasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lar-bo‘lmas, navkari Boboali orqadan qi-
lich yalang‘ochlab yugurdi. Dam o‘tmay, o‘nlab yigitlar qo‘rg‘onga hu-
jum qilganday, shijoat va ildamlik bilan shoir chiqqan yo‘ldan tepaga 
otilishdi.
Navoiy qilichni hassa kabi tutib, yotiq tepadan ildam pastga 
tushdi. To‘ppa-to‘g‘ri ko‘shkka qarab yugurdi. Shu onda ko‘shk orqa-
sidan bir necha qurolli navkar shoshqin va sarosima holda yugurib 
chiqdi, oldindagisi qahr bilan qichqirdi: “Kim? Hozir bo‘l!” va bir necha 
odam narida hamla uchun qilich ko‘tardi. Navoiy qilichni ko‘tarmas-
dan, lekin zarbaga tayyor holda sovuqqonlik bilan to‘xtadi-da, buyu-
ruvchi  kеskin  tusda  so‘zladi:  “Qilichlarni  qinga  joylangiz,  shu  lahza-
da taslim bo‘lingiz!” Ikkinchi navkar yaqin kelib, bo‘ynini cho‘zib tikildi: 
“Siz kimsiz? Nega taslim bo‘lamiz?” — so‘radi u. Shoir zarda bilan: 
“Men — Alisher Navoiy!” deyishi bilan navkarlarning nafaslari ichlari-
ga  tushib  qoldi.  Navoiy  kеskin  ravishda  ularga  orqa  o‘girib,  ko‘shk-
ka otildi. Dahlizda, qorong‘ida yo‘l axtarib, katta xonaning eshigiga 
yetganda, orqadan Boboali hayajon bilan yetib keldi. Eshikni asta 
ochib, oldin-ketin ichkari kirishdi. Darichalar ochiq, katta xona o‘rta-
sida yumshoq gilamlar, baxmal-kimxob ko‘rpachalarda to‘rt kishi tur-
li tomonga qarab, turli vaziyatda dong qotib yotardi. Bularning ichi-
da, naq daricha ostida, oppoq yostiqqa parishon sochlarini to‘zg‘itib, 
yosh ayol jimgina uxlardi. Navoiy engashib, yotganlarga qaradi-da, 


167
past tovush bilan buyurdi: “Tuting buni!” Boboalining oyoqlari ostida 
qadahlar, ko‘zachalar sindi, u shahzodaning qo‘llaridan siltab tortib 
turg‘izarkan, boshlarini bir-birlariga tegizib, qarshi yoqqa oyoq uzatib 
yotgan ikki sipoh birdan cho‘chib o‘rinlaridan turishdi va uy ichi haya-
jonli, sarosimali shovqinga to‘ldi. Yosh ayol “voy!” deb sakrab, o‘zini 
darichadan pastga otdi. Boboalining temir panjasida Mirzo Yodgor 
garang edi, hansirab, tuturuqsiz nimalardir so‘zladi. Uyni, dahlizni 
yigit lar  to‘ldirdi. 
Navoiy boshliq Boboali va bir dasta yigitlar Mirzo Yodgorni 
sud rashib, tepadan tushishdi-da, Husayn Boyqaroning oti oyog‘i os-
tiga tashladilar. Shohona kiyimlari bilan tungi bazmda uchib qol-
gan shahzoda bazo‘r ko‘zini suzib, atrofga hushsiz jovdirab qaradi. 
Keyin boshiga yetgan baloni anglab, kalavlanib o‘rnidan turdi, qo‘lla-
rini ko‘ksiga qo‘yib, qaltirab, o‘z dushmaniga tikildi. Uning ko‘zlarida 
ma’nosiz bir qo‘rquv, ojiz bir yolvorish ifodalanar edi. Husayn Boyqaro 
otda turib, asiriga bir necha achchiq, tikanli so‘zlar otdi-da, qo‘li bilan 
navkarlarga “olib jo‘nanglar”, degan ishorat qildi.
Hirot qal’alardan, arklardan yangragan karnay, nog‘ora sadolari 
bilan uyg‘ondi. Mirzo Yodgorning boshi kesildi. Uning tarafdorlari jon-
larini hovuchlab, in-iniga kirdi...
* * *
Shoir el-ulus ishidan qutulgan damlarda bekor o‘tirmas edi. Yo 
o‘qir, yo yozar, yo xattotlikda mashq qilar, yo musiqiyda yangi kuylar 
yaratishga  urinar,  hatto  ba’zi  vaqtlarda  rasm  solish,  fikrini  bo‘yoqlar 
ila ifodalash bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Tafakkur, amal, harakat uning 
mangu hamrohlari edi. U “bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” 
degan dasturni ko‘p vaqt takrorlashni sevardi.
Darichalari yopiq va jihozlari zavq bilan saranjom top-
gan xonaning o‘rtasida manqal to‘la qip-qizil cho‘g‘ yolqinlanadi. 
Darichalarning tepasidagi rangli oynalarda qish quyoshi o‘ynaydi. 
Navoiy manqalga yaqin o‘tirib, kitob ustiga qo‘yilgan yengil, shaldiroq 
qog‘ozni tizzasida tutib, ijodga berildi.
Ijod dardini tug‘uriq dardi bilan qiyos etadilar. Ijod dardi — qalb-
ning qa’rida uyg‘onib, butun vujudni larzaga solgan og‘riq Navoiy 
uchun eng shirin lazzat, ona allasi kabi yupantiruvchi, quyosh kabi 


168
hayot va quvonch bag‘ishlovchi bir kuch edi. Shuning uchun u 
samimiy, tabiiy bir shavq bilan yengil yoza olar edi. U chinakam so‘z 
sehrbozi! U har qanday o‘jar fikrni, ruhning eng ingichka, eng tutqich 
bermas jilvalarini, yurakdagi hislarning mavjlarini so‘z orqali yorqin 
tajassumlantirar, qatrada daryolarni mavjlantirar, uchqunda qu-
yoshlarni aylantirar, ishqdan hayot yasar, oddiy hayotdan esa ulug‘, 
tiy ran afsonalar to‘qur... U minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr 
boyligini qamragan shoir edi. Uning shе’riy dahosi arab, eron va tur-
kiy xalqlarning san’at xazinasiga, fikr zaminiga chuqur ildiz otib, uning 
abadiy kuchidan gullagan edi.
U turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o‘n minglarcha bayt-
ni  yod  bilar  edi.  U  uch-to‘rt  yoshdan  boshlab  jiddiy  go‘zal  shе’rlarni 
yod lagan. Sakkiz-to‘qqizda butun-butun ilmiy, falsafiy, shе’riy asarlar-
ni o‘zini unutajak ravishda zavqqa berilib mutolaa etgan. Bir qarich 
bolalikda keksa shoirlar bilan shе’r haqida munozara qilgan!
Qalam ravon yugurardi. So‘zlar shе’rning oltin ipiga erkin terila-
di. Misralarda so‘zlar gavhar kabi yonadi, yangi ranglar, yangi jilvalar 
bilan porlaydi. Shoir o‘z ota-bobosi tilining sodda va toza go‘zalligini 
chuqur sezib quvonadi. Mana, misralar qog‘oz betini to‘ldirdi. Ona tili-
da shе’rning yangi bir guldastasini bog‘ladi. Shoir g‘azalni kitob orasi-
ga soldi. Yengillanib, o‘rnidan turdi-da, qalam va dovotni tokchaga 
olib  qo‘ydi.  Tokchalardagi  chiroyli  xitoy  idishlarga,  fil  tishidan  ishlan-
gan ajoyib, mo‘jaz qutichalarga razm soldi. U chiroyli narsalarni, in-
gichka san’at namunalari bo‘lgan buyumlarni sevar edi. 
Sovuqdan badani jimirlashdi. Manqal oldiga o‘tirdi. Ustini yupqa 
kul bosa boshlagan cho‘g‘ni mis kurakcha bilan yengilgina titib, qo‘lla-
rini tutdi. Yana shoirona xayolga, tafakkurga berildi. U o‘z ona tili-
ning qudratini, go‘zalligini namoyishlantira bilajak katta dostonlar 
yaratmoq ni orzu qilardi. Uning xayoli afsonalarning go‘zal bog‘lariga 
sayr etdi. Nega bu bog‘chalarning oltin darvozalari uning xalqi uchun 
yopiq?! Arablardan, eronliklardan uning xalqining qay yeri kam?! 
Yo‘q, u o‘z xalqi uchun shе’rning o‘lmas gulzorlarini yaratishi kerak!
Eshik asta ochildi, yaqinda shoirga xizmatga kirgan Shayx 
Bahlul paydo bo‘ldi. Bu — ancha tahsil ko‘rgan, har vaqt mutavoze, 
yuvosh tabiatli, kamtarin yigit edi. Shayx Bahlul o‘z xo‘jasining fazlu 


169
kamolotini taqdirlab, unga xizmat qilishni o‘zi uchun bir sharaf, deb 
hisoblar edi.
— Buyuring, ne demoqchisiz? — parishonlik bilan so‘radi 
Navoiy. 
— Tarabxonada
1
  sulton hazratlari sizni yo‘qlamishlar, — javob 
berdi Shayx Bahlul.
Navoiy bir muddat boshini quyi solib, sukut etdi. Keyin ran-
jiganlikni ifodalovchi tovush bilan: “Ayting, tez yetib borurmen”, dеdi. 
Shayx Bahlul boshini qimirlatib, “xub” deb chiqdi. Shoir uzilgan xayol-
lariga yana bir muddat berildi. Keyin shohi to‘n ustidan og‘ir bo‘lma-
gan qunduz pochali po‘stinni kiydi. Ko‘cha eshigi oldida otga minib, 
saroyga jo‘nadi.
Tarabxonada saroy mulozimlari uni, har vaqtdagi kabi, hurmat 
bilan qarshiladilar. Tarabxona — katta bog‘chalarnig o‘rtasiga solin-
gan kichikroq, lekin juda kelishgan ikki oshyonli, bu yerni o‘z ko‘zi 
bilan  ko‘rgan  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  ta’biricha,  shiringina 
imorat edi. 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish