Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
 
1
Kordon – ish biladigan; 
2
Sohibi tadbir – tadbir egasi, tadbirli;  
3
Dorilxalofat – 
poytaxt.


156
zolim, munofiq amaldorlar, ulus molini g‘asb etuvchilar boshiga sang-
bo‘ron bo‘lib yog‘ilgay.
Husayn Boyqaro indamasdan, ayyorcha kulib qo‘ydi. Keyin 
yengillanib, Hirotda bajarilishi kerak bo‘lgan boshqa ishlar to‘g‘risida 
so‘zladi. Nihoyat, shoir ruxsat tilab, o‘rnidan qo‘zg‘alar ekan, u dеdi:
— Yo‘l tadorikiga kirishing. Farmonni tezda muhayyo qilib, sizga 
topshirurmiz.
Navoiy asta-asta yurib, o‘z chodiriga keldi. To‘nini yechib, 
bir nafas istirohat qilmoqchi bo‘ldi. Lekin u butun borlig‘i bilan hozir 
Hirotda edi. Uning boshini turli fikrlar, rejalar qopladi.
Xizmatchi hammaga qaynatilgan yalpi qozondan taom keltir-
di. Shoir ozgina et yeb, kosani chetga surdi. Sharbat o‘rniga bir kosa 
sovuq ayron talab qildi. Kitoblar taxlangan pastak kursida yotgan va 
kitoblar ichiga suqib qo‘yilgan shaldiroq, oqsimon va rangli qog‘ozlar-
ni to‘plab, tartibga solib, kichkina, har yoni o‘ymakor tasvirlar bi-
lan  muzayyan  fil  tishi  qutiga  soldi.  Bular  safarda  bitilgan,  hali  oqqa 
ko‘chirilmagan g‘azallar, muammolar, tuyuqlar edi.
Yo‘l jabdug‘i tayyor bo‘ldi. Farmonni shoir ko‘zdan kechirib, 
uning mazmunidan rozi bo‘ldi. So‘ng, uni naychaday buklab, ustini 
muhrlatib, sallasining bir chekkasiga qistirdi. Mulozimlar uning yu-
vosh, lekin jussasi juda kelishgan yo‘rg‘a qorabayir otini ko‘ndalang 
qilishdi. Shoir bilan birga borishi tegish bo‘lgan hamrohlar ham tayyor 
bo‘ldi. Bularning orasida shoirning sadoqatli navkari Boboali — bar-
vasta qomat, aqlli, boadab yigit ham bor edi. Navoiy duxoba ko‘rpa-
cha tashlangan egarga o‘tirishi bilan ot boshini chiroyli silkib yurib 
ketdi. Uning orqasidan Boboali va bir necha saroy mulozimlari, man-
sabdorlar yo‘lga tushdilar.
Shoir otda yurishni, sokin dala manzaralarini tomosha qilish-
ni sevar, hatto ba’zan ot ustida ilhomga berilib, g‘azallar to‘qir edi. 
Uzoqdan, mayin, ko‘kimtir tuman pardasida sokin jilvalangan tog‘lar, 
havoda bir to‘p ko‘lanka kabi g‘ira-shira ko‘ringan daraxtzorlar, qum-
liklarning qizg‘inidan oyog‘i kuygan kabi zir yugurgan shamollar, may-
da toshliqlar orasidan mildir-mildir qaynab chiqqan tiniq suvlar ham-
ma narsa shoirning ko‘nglini to‘lqinlantirar, u hamma narsada ulug‘, 
lekin yashirin bir kuchning go‘zal va azamat ohangini tuyganday 
bo‘lar edi.


157
Navoiy obod joylardagi ekinlarga, mevazor bog‘chalarga diqqat 
qildi. Adirlardagi podalarga, dahshatli qoyalar va cho‘qqilar ustida 
sakrab, toshlar orasida o‘t chimdib yurgan echkilarga suqlanib qara-
di. Ko‘chmanchi afg‘on va boshqa qabilalarning chodirlariga, sahroyi, 
sodda hayotning xususiyatlariga razm soldi. Bu qabilalarning tillari, 
maishatlari, odatlari haqida hamrohlari bilan so‘zlashdi.
Navoiy Hirotga kirishi bilan uning maxsus farmon olib kelganligi 
butun shaharga yashindek tarqaldi. Hamma uni tezroq eshitish orzusi 
bilan yondi. Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o‘z 
tirikchiligi bilan mashg‘ul bo‘lganday ko‘rinsa ham, lekin kosib-hunar-
mandlar,  dehqonlar  hali  g‘azabdan  tushmagan  edilar.  G‘alayon  av-
valgidanda dahshatliroq va kеskinroq bir miqyos va shiddat bilan har 
lahza mavjlanishga tayyor edi.
Shoir devonga kelib tushdi. Voqeaning qanday ro‘y berganligini 
mufassal o‘rgandi. Xo‘ja Abdullo ham boshqa ma’murlar tomonidan 
xalqqa solingan zakotni bekor qildi. Bu ishda aybdor mansabdorlar-
ni mansabdan bo‘shatdi. Keyin arz-dod qilg‘ali eshikda to‘plangan 
kambag‘al aholini qabul qilishga kirishdi. Yoshmi, keksami, ayolmi, 
tojik, o‘zbek — har kimning shikoyatini sabot-matonat bilan tingladi. 
Shikoyatchilarning hol-ahvollariga doir savollar berdi, ularni yupantir-
di, da’volarini hal qildi. Shoirning qoshiga yig‘lab kirganlar tabassum 
bilan, bukchayganlar adolat kuchi bilan ruhlanib, qadlarini rostlab 
chiqdilar.
Hirotning  ulug‘  masjidi  jomе’ning  xonaqosi,  qulochga  sig‘mas 
yo‘g‘on ustunli naqshkor ayvonlari, katta, tekis hovli sahni, jomе’ning 
uch tomonini o‘ragan qator hujralarning tomlari, minoralar xalq bilan 
liq to‘la edi. Juma namozidan so‘ng shoir asta, ulug‘vor yurib, min-
barga chiqdi. Hamma birdan “guv” etib o‘rnidan turdi. Tiq etgan to-
vush yo‘q. Hamma ko‘zlar chuqur hayajon bilan bir nuqtaga tikil-
gan. Navoiy minbarda turib, bir tuyg‘u, bir hayajon bilan jim qotgan 
xalqqa darddosh ko‘zlarini yugurtirib chiqdi. Shoir farmonni ochdi, 
sezilar-sezilmas titragan qo‘lida tutib, kuchanmasdan, ovozini odat-
dagidan balandroq qo‘yib, asta-vazmin o‘qidi. Birdan yalpi g‘ovur-
g‘uvur ko‘tarildi. Xalq o‘z taassurotini, ko‘ksida siqilgan his va fikrlar-
ini ifoda etishga kirishdi: “Yo, adolat!’ “Inshoollo”, “Zolimlarga la’nat!”, 
“Ofarin!” sadolari hamma yoqni tutdi.


158
Farmonning mazmuni bir zumda og‘izdan-og‘izga o‘tib, orqa-
dagilarga,  hatto  jomе’  tomidagilarga  ham  yetgan  edi.  Shoir  to‘lqin-
lanib, qisqa, ma’nodor, samimiy nutqini bitirgan hamon minglarcha 
qo‘llar — dehqonlarning g‘adir-budur baquvvat qo‘llari, bo‘yoqchilar-
ning ko‘m-ko‘k panjalari, bo‘zchilar va boshqa hunarmandlarning in-
gichka suyakli barmoqlari havoga ko‘tarildi. Navoiy haqiga aytilgan 
duo va tilaklar gumburlab, jomе’ning azamat peshtoqlarini yangratdi...
Odamlar quvonch bilan ko‘chaga oqdi. Elning umumiy xur-
sandchiligi bilan adolat so‘zining kuchiga chuqurroq ishongan shoir 
hammadan keyin qolib, madrasalar va mullabachchalar ning ahvo-
li to‘g‘risida shaharning ulug‘ olimlari, mudarrislari bilan suhbatlash-
di-da, yolg‘iz o‘zi devonga qaytdi. Xalqqa jabr-sitam yetkaz gan man-
sabdorlarni ro‘yxatga olib, har birini o‘z gunohi va jinoyatiga yarasha 
jazo va jarimaga tortmoqqa tayyorlandi.
Butun Hirot shoirning haqiqati bilan yashar edi.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish