Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


“NAVOIY” (romandan parcha) * * *



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 “NAVOIY”
(romandan parcha)
* * *
Mirzo Yodgor erka o‘sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, 
musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha 
edi. Uning ixtiyori beklari, jahongashta tarbiyachilari qo‘lida bo‘lgani-
dan ular mirzoning nozik, xayolchan ko‘nglini qonli mojaro, tanta-
na va hokimiyat havaslari bilan yoqishga tirishadilar. Davlat ishlari-
da tadbirli ayol va umuman, bilimdon, oqila hisoblangan ammasi 
Poyanda Sultonbegim ham uni Xuroson taxti uchun kurashga unday-
di. Buning ustiga, u turkman sultoni Hasanbekdan katta ko‘mak oladi. 
G‘ururlangan  shahzoda  Jurjon  hokimi  amir  Zohid  Tarxiyning  ustiga 
yurish qilib, uni qulaygina yengadi. Jurjonni qo‘lga olib, poytaxt Hirotni 
bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi...
Mirzo Yodgor isyoni to‘g‘risida Hirotda xabar olinishi bilan 
Navoiy Husayn Boyqaroni ildam otlanishga undagan edi. Xurosonda 
Husayn Boyqaro hokimiyatining barqaror bo‘lishini orzu qilishi u bilan 
go‘daklik zamonlarda boshlangan do‘stlik xotirasi uchungina emas-
di. Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko‘rdi. 
So‘ngra Husayn Boyqaro harbiy san’atni durust bilar edi. Jang may-
donlarida bir necha dapqir ro‘y-rost urushib, bahodirlik ko‘rsatgan edi. 
Yurtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko‘rmoq orzusida 
bo‘lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko‘p narsa umid qilar edi.
Shoir chodirda tinch yashagandek ko‘rinsa ham, haqiqat-
da shovqin-suronsiz, katta g‘ayrat bilan qo‘shinni mahkamlash-
ga harakat qilardi. O‘ziga yaqin yigitlar orqali dushman kuchlarining 


148
vaziyati haqida, Mirzo Yodgorning qay turda harakat qilish maqsadi-
da ekanligi va boshqa ma’lumotlar olishga tirishar edi. Bu bema’ni, 
behuda qon to‘kishlarning tezroq to‘xtatilishini sabrsizlik bilan kutar-
di. Nihoyat, qat’iy, hal qiluvchi kunlar keldi. Husayn Boyqaro kеngash 
chaqirdi.
Tongga  yaqin  Sulton  Husayn  atrofi  maxsus  posbonlar  bilan 
qo‘riqlangan hashamatli shohi chodirdan chiqdi. Uzoqda, ko‘kimtir 
tuman ichida mudragan tog‘lar ustida siyrak yulduzlar xira ko‘zlarini 
horg‘in qisadi, dalaning salqin shamoli tinib, chodirning ipagini yengil 
mavjlantiradi. Podshoh ishbilarmon beklari bilan rusumoti jang
1
 haqi-
da so‘zlashdi. Rusumoti jangni yaxshi biluvchi beklar o‘z mulohazala-
rini bildira boshladilar: Mirzo Yodgorga qilinajak hujumni qay yo‘sin-
da olib borish, turli qismlarga kimlarni sardor tayinlash to‘g‘risida 
takliflarni  o‘rtaga  otdilar.  Husayn  Boyqaro  ularning  chora-tadbirlarini 
ma’qulladi. O‘tirganlarga ko‘zlarini bir-bir tikib, qandaydir ichki shavq 
va yengillik bilan dеdi:
— Endilikda so‘z osmon kitobida qoldi! Yoki xato qilurmenmi?
Сhorpaxil,  beso‘naqay  Islim  barlos  qalpoqli  boshini  og‘ir  teb-
ratdi-da, osmonni ko‘rmasa ham, qahrli ko‘zlarini yuqoriga — ipak 
chodirning ko‘rkam uqalari, rang-barang ipak shokilalari osilib turgan 
shipga tikdi va salmoqlanib, dеdi:
— Albatta... Yulduzlar ne der ekanlar?..
— Munajjimni qoshimizg‘a chorlaylik. Shoyad safarimizga tole 
yulduzining  intizorligini  bizga  e’lon  qilsa,  —  dеdi  podshoh  Navoiyga 
qarab.
— Munajjim aksini so‘zlasa, ul chog‘ hazratlari ne qilurlar? — 
tabassum bilan so‘radi Navoiy.
Husayn Boyqaro taraddudlanmadi.
— Tole soatini kutmoqdan o‘zga ilojimiz yo‘q. Toleimiz o‘z yul-
duzini egallagan kun biz ham otlarimizga minurmiz.
Beklar goh podshohga, goh Navoiyga qarab, jim o‘tirishardi.
— Podshoh hazratlari, — nazokat bilan murojaat etdi Navoiy, 
—  bizning  fikrimizcha,  har  bir  ishda  aqlni  rahnamo  qilmoq  lozimdir. 
  
1
Rusumoti jang – jang rusumlari, jang usullari.


149
Zeroki, insonlar haq yo‘lini hamisha aqlning nuri bilan topmishlar. Har 
turli mushkilotlarni ham aql bilan hal etmishlar. Zafaringiz uchun bar-
cha holat muhayyo ekan, yulduzlar bilan mashvaratni zarur, deb bil-
masmen. Ma’lumingizki, men harb kishisi emasmen, ammo har ikki 
tarafning kuchini, har ikki yoq dagi sharoitni uzoq mulohaza etdim. 
Taraddudga aslo hojat yo‘q. Tong chog‘i quyosh bayrog‘i bilan bir 
vaqt da zafar bayroqlaringizni ko‘tarishingiz kerak.
— Janoblariga maxfiy emaski, — ishonch bilan gapirdi Husayn 
Boyqaro, — jangning vaqti-soati tayin etilmagan taqdirda, zafar o‘z 
yuzini teskari o‘girur, har qadamda mushkulotlar kelib chiqur. Shu ji-
hatdan jang arafasida munajjimlarning maslahati bilan ish ko‘rmoqni 
arbobi jang farz, deb bilurlar.
—  Tarix  ko‘rsaturkim,  —  dеdi  Navoiy  hammani  bir-bir  ko‘zdan 
kechirib, — munajjimlar bilan bahamjihat bo‘lgan ko‘p safarlar beni-
hoyat foje oqibatlar tug‘dirmushdir. Munajjimlarning mulohazasida 
haqiqatdan ko‘ra xurofot ziyodaroqdir. Yana takror aytamenki, tong bi-
lan dushmanga shikast bermoq kerak.
Oz  so‘zlovchi,  sodda  bahodir  Zunnun  Arg‘unbek  yo‘g‘on 
barmoq lari  bilan  kеng,  qahrli  yuzidagi  dag‘al  soqolini  qashib,  muzo-
karadan  zerikkanday,  azamat  gavdasini  tikladi,  kеng  ko‘kragi  bilan 
og‘ir so‘lish oldi-da, odati bo‘yicha, zarda qilgan kabi, kеskin gapirdi:
— Hazrat shoirning so‘zida ma’ni ko‘p... Ko‘p topqir sinaganmiz, 
yulduzlarning tilida qaror yo‘q. Ko‘p vaqt kulgisi yig‘iga aylanadi!
Husayn Boyqaro ikkilanib, o‘ylanib turarkan, Navoiyning mulo-
hazalarini muvofiq topgan boshqa beklar ham podshohga dalda bera 
boshladilar. Alloh taoloning madadiga sig‘inib, shu bugun dushmanga 
bosqin yasash kerakligini uqtirdilar. Majlis tarqaldi.
Mulozimlarning yordami bilan Husayn Boyqaro egniga sovut, 
boshiga dubulg‘a kiydi. Qini oltin va rango-rang qimmatbaho tosh-
lar bilan ishlangan, ajoyib nafis san’at namunasi bo‘lgan qilichni taq-
di. Yana shunday chiroyli sadog‘ini, o‘q-yoyini osdi. Qadamlarini tetik 
bosib, dabdaba bilan chodirdan chiqdi. Maxsus mulozimlar egar-jab-
duqlari oltin, la’l, yoqutdan ishlangan o‘ynoqi otni ehtiyot bilan yetak-
lab keltirdilar-da, podshohni qo‘ltiqlab mindirdilar. 
Quyosh chiqarkan, urush tartibotini olgan katta qo‘shinning turli 


150
qismlari kеng dalani qoplab, dushman bilan uchrashgali asta siljimoq-
da edi. Dubulg‘alar, sovutlar, nayza-qalqonlar, oyboltalar quyosh bilan 
oltinlangan havoda porlaydi. Jangga o‘rgangan otlar, sabrsizlangan-
day boshlarini silkib, kishnashib, yugurishga intilar edilar. Navkar va 
beklarning ko‘zlari qahrli, yuzlari sovuq, jiddiy edi.
...Qorovullar o‘qday uchib kelib, Mirzo Yodgor oshig‘ich ravish-
da o‘z sipohlarini tartibga solib, qarshilik ko‘rsatishga hozirlik ko‘rayot-
ganini bildirishdi. Husayn Boyqaro fursatni qo‘ldan bermaslik uchun 
hujum boshlashga buyurdi. Karnay, surnay, nog‘oralar havoni yang-
ratdi. Uzoqda dushman qo‘shini ko‘zga chalinganda, burong‘ordan
1
 
Islim barlos, Valibek Mirzo Yodgorning jurong‘origa
2
 zo‘r so‘ron bi-
lan ot solishdi. Shayx Temur va Zunnun Arg‘unbek qo‘l ostidagi qism 
dushmanning orqasiga o‘tishni mo‘ljallab, yo‘lni chap berib, yugurdi. 
Amir Badriddin o‘z burong‘ori bilan dushmanning burong‘ori ustiga 
dadil yopirildi. Mirzo Yodgorning amir Ahmadali barlos sardorligi os-
tida bo‘lgan qismlari Valibek va Islim barlos yigitlarini kuchli, muttasil 
o‘q uzish bilan daf etishga urindi. Lekin qilichbozlikda mohir Valibek, 
hamisha jangda o‘zini arslonsifat tutadigan Islim barlos urib-surib, 
dushmanni bosib kelaverdi. Suron avjga chiqdi. Amir Ahmadali bar-
los yigitlariga dalda bersa ham, lekin yigitlari g‘uj-g‘uj siqilib, oldin-
ga otilishga imirsilanib qoldilar. Oldingi qatordagilardan o‘nlab suvori 
o‘lib, ko‘p otlar yiqilgandan so‘ng buzilish, parishonlik kuchaya bosh-
ladi. Yigitlar qilichlashishdan bosh tortib, zarbalardan o‘zlarini olib 
qochishga urinib qoldilar... Buning ustiga, Mirzo Yodgorning qo‘shi-
nida bo‘lgan mo‘g‘ullar fursatdan foydalanib, har vaqtdagi kabi, o‘lja 
olishga, talonchilikka kirishdilar. Ular, dushmandan ko‘ra, ko‘proq o‘z 
odamlarini urib, otdan yiqib, kiyim-boshini, qurollarini shilib ola bosh-
ladilar.
Mirzo Yodgorning burong‘ori chang, to‘zon, kuchli chuvvos ichi-
da qattiq jang olib borar edi. Lekin qatorasiga yetti ot ustidan sak-
rab o‘tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qar-
shig‘ayday olg‘ir Amir Badriddin kuchli hamlalar bilan dushmanni as-
ta-asta harakatdan mahrum qilishga tirishardi.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish