Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

HADISLAR HAqIDA
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldir-
gan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan 
“Al-jome’ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix 
al-avsot”, “At-ta’rix al-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi 
us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk 
allomaning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu 
asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat 
ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhad-
dislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qa-


140
torasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshit-
gan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alo-
hida kitob yaratdi.
Alloma ibn Salohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga 
kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 
7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadis dan iborat.
Sahih  hadislar  to‘plamiga  tartib  berishdek  sharafli  ishni  birin-
chi al-Buxoriy boshlab bergan bo‘lib, keyin qator olimlar unga taqlid 
qilib, shu zaylda hadislar to‘plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning 
ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi. O‘sha davrdan 
boshlab toki shu vaqtgacha insoniyatni ezgulikka, ikki dunyo saodati-
ga yetaklovchi bosh manbalardan biri sifatida iymonli qalblar ehtiromi 
va e’zozidadir. 
Shu o‘rinda hadisga berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz. 
Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, bi-
ror masala (narsa, voqea-hodisa, xatti-harakat) yuzasidan bergan 
qarorlari hadis sanaladi. Hadislarning ahamiyatini ham chuqur idrok 
etishimiz lozim. Ma’lumki, tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil 
bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murak-
kab holda keltirilgan. Payg‘ambarimiz hadislari ushbu oyati sharif-
larni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qiladi. Ayni 
paytda keltirilgan voqea va hodisalarni ko‘pchilikka tushunarli qilib 
mufassal holatda sharhlaydi. Hadis sanad va matndan iborat bo‘la-
di. Sanad hadisning kimning huzurida, qachon va qay sharoitda aytil-
ganligi haqidagi ma’lumot bo‘lsa, matn uning mazmunidir. Hadislarni 
ishonchl  i kishilardan olib, o‘zidan keyingilarga yetkazuvchi zotlarni 
roviylar deymiz. Roviyning ismi hadisning sanadida keladi. 
Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan 
davr uchun haqiqiy bir ko‘zgu vazifasini ham o‘taydi. Chunki ular sar-
vari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yo‘li-
da ko‘rsatgan beqiyos sa’y-harakatlari, yaxshilig-u xayr-barakotga 
asoslangan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin 
o‘tgan hech bir payg‘ambarlar va ulug‘larga ko‘rsatilmagan alohida 
bir e’tibor bilan ilm ahllari hadislarni to‘plashga kirishdilar. Hadis ilmi 
bilan shug‘ullanish eng aziz va sevimli mashg‘ulot hisoblandi. Ularni 


141
to‘plash uchun olim-u ulamolyar butun aql-zakovati-yu qalb qo‘ri bilan 
kirishganlarini alohida ta’kidlash zarur.
Shunday  bir  davrlar  bo‘ldiki,  milliy-siyosiy  ixtiloflar,  o‘z  qarash-
lariga foyda keltirish maqsadida payg‘ambarimiz nomidan yolg‘on 
hadislar to‘qish hollari uchragan, amir va hokimlarga xushomadgo‘ylik 
oqibatida ko‘plab ishonarsiz hadislar yuzaga kelgan. Ana shunday 
bir sharoitda o‘zining butun hayotini, bilim hamda iqtidorini to‘g‘ri ha-
dislarni aniqlab, yig‘ish va umumlashtirishga bag‘ishlagan payg‘am-
bar Muhammad (a.s.)ning xos ummati maydonga chiqdi. Sahoba va 
ularning izdoshlari bo‘lmish tobeinlar ichidan yetishgan zukko, yuksak 
iqtidor egalari bo‘lmish bu zotlar sa’y-harakatlari, izlanishlari natijasi-
da hadisshunoslik ilmi vujudga keldi. Hadis ilmi bilan shug‘ullangan 
kishilarni muhaddislar deb ataganlar. Muhaddislar sahih (ishonch-
li) hadislarni nosahih (ishonchsiz)laridan ajratganlar. Har bir asrda 
zamonasining yetuk muhaddislari yetishib chiqdi, lekin ularning bar-
chasi Imom al-Buxoriyni ustoz, ilmda o‘z imomi deb bilganlar.
Hadislarning mavzu qamrovi hayot muammolari, turmush ma-
salalari qadar keng va turfadir. “Al-jome’ as-sahih” asarining birinchi 
kitobida dastlabki bob iymon haqida bo‘lsa, uning ikkinchi bobi ilm 
haqida. Bu dinimizda iymondan keyingi mavqe ilmga tegishli ekanligi-
ga ishora qiladi. Kitobga kiritilgan ilk hadisga e’tibor qarataylik: Alloh 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish