YOLg‘ON – eNg BUYUK gUNOH
Rib’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinishicha, u Ali (r.a) xutba
qilayotib: “Rasululloh (s.a.v.): Sizlar menga yolg‘on to‘qimanglar.
Zero, kim menga yolg‘on to‘qisa, albatta, jahannamga kiradi”,
deb aytganlar, deganini eshitgan.
INSON O‘z AYBIgA QArASHI LOzIMLIgI HAQIDA
Ali raziyallohu anhu shunday degan ekanlar: “Ey, odam-
lar! Kim o‘zining aybiga qarasa, boshqalarning aybi bilan ishi
bo‘lmay qoladi. Kim Alloh bergan rizqqa rozi bo‘lsa, boshqalar-
ning qo‘lidagi narsaga afsus chekmaydi. Kim xiyonat qilichini
yalang‘ochlasa, o‘zi o‘sha qilich bilan o‘ldiriladi. Kim birodariga
chuqur qazisa, unga o‘zi qulaydi. Kim birovning aybini ochsa,
o‘z xonadonidagi ayblari ochilib qoladi. Kim o‘zining toyilganini
unutsa, boshqalarning toyilishini ulkan sanaydi. Kim o‘z fikriga
lol qolsa, adashadi. Kim aqliga ishonsa, toyiladi. Kim odamlar-
ga kekkaysa, xor bo‘ladi. Kim odamlarni beaqllikda ayblasa,
so‘kiladi. Kim ulamolarga aralashib yursa, viqorli bo‘ladi. Kim
pastkashlarga aralashib yursa, uni mensishmaydi. Kim toqati
yetmaydigan narsani bo‘yniga olsa, ojiz qoladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |