taolo oyati karimasida: “Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon kel-
tirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martaba-
sini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir,
Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”, – deyilgan. Yana
boshqa oyati karimada esa: “Yo robbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen,deb
ayt!” – deyilgan
.
Bundan dunyo va oxirat omonligi, farovonligi ilm bi-
lan bo‘lishi, Yaratgandan eng avval ilm so‘rash lozimligi anglashiladi.
Ilm olish osonlik bilan kechmaydi: o‘ziga xos mashaqqati, turli murak-
kabliklari bo‘lishi tabiiy. Ilm tolibi buni oldindan bilgan, ularni bo‘yniga
olgan holda bilim olishga kirishmog‘i lozim. Ana shuni nazarda tutib
boshqa bir hadisda: “Ilmni Chinga borib bo‘lsa ham olinglar”, deyil-
gan. Hadisdagi “Chin” faqat Xitoy yurtinigina bildirmaydi, ayni payt-
da u ramziy ma’noda ham masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan
uzoqlik – davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlar-
142
ni ifodalaydi. Demak, qayerda, qachon va qay muddatda bo‘lishidan
qat’iy nazar zahmatlar chekib bo‘lsa ham ilm egallashga astoydil bel
bog‘lash lozim. Hadis mazmuniga e’tibor etgan holda mumtoz adib-
larimiz o‘z asarlarida ilm ahamiyatiga alohida to‘xtalganlar.
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asarida yozadi: “Bilik birla
bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula
1
”. Ogahiy ilmdan ke-
ladigan naf haqida yozadi: “Ilm andoq ganji nofe’dur, bani odamg‘a
kim, Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango”. Zokirjon Furqat
esa: “Ko‘ngullarning sururi ilmdandur, Ko‘rar ko‘zlarni nuri ilmdandur”
baytini bitadi. Shuningdek, xalqimiz orasidagi mashhur “Baxt belgisi –
bilim”, “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni”, “Bilim – aql chirog‘i”
kabi maqollar shu mavzudagi hadislarga mazmunan ohangdosh
ekanligini payqash qiyin emas.
Hadislarda ota-onani e’zozlash, qarindoshlarga, qo‘ni-qo‘sh-
nilarga yaxshilik qilish, umuman, jamiyatga manfaat yetkazish,
ta’lim-tarbiya, odob-axloq kabi mavzular keng yoritilgan. Masalan,
Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyila-
di: “Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-ona-
sini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar
ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi.
Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh
taolo undan rozi bo‘lmaydi”, dedilar.
Shunda bir kishi: “Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola
nima qilishi kerak?” — deb so‘radi. Abdulloh: “Agar ular bolaga zulm
qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak”, – dedilar. Bu hadis orqa-
li islom dinida farzandlarning ota-onasiga munosabati qat’iy belgilab
qo‘yilganligini ko‘ramiz: har qanday holda ota-onani rozi qilishga inti-
lish, ularga itoat qilish lozim. Faqat boshqa bir hadisda aytilganidek,
gunohga, zulmga (ya’ni jinoyatga) buyursalargina itoat qilinmaydi. Bu
mavzuda yana ko‘plab hadislar mavjud.
Yusuf Xos Hojib bu kabi hadislardan ta’sirlanib “Qutadg‘u bilig”-
da: “Atangni, anangni sevundir tushi, Yanut berg‘a tapg‘ing tuman
ming asig‘” (Otangni, onagni doim xursand qil, Xizmatlaring evaziga
1
Bula – top.
143
ming hissa foyda topasan) deb yozgan edi. Alisher Navoiy ular haqi-
da “Birisin oy angla, birisin quyosh” deb uqtiradi.
Hadislarni o‘qib, ularning yuzada qalqib turgan ifodasidan te-
ran ma’nolarni anglaymiz, o‘zimizga ibrat, pand-nasihatlar ola miz.
Shuningdek, tarixiy sharoit, dunyoqarash, ijtimoiy qatlamlarga mu-
nosabatdan kelib chiqib ularning zamirida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy mazmun ham jo bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Misol tariqasida
quyidagi hadisga diqqat qaratamiz.
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning uchta qizi bo‘lsa, ular-
ga odob bersa, mehrli bo‘lsa va kafolatini olgan bo‘lsa, unga jannat
vojib bo‘ladi”, dedilar. “Yo Allohning Rasuli? Agar ikkita bo‘lsa ham-
mi?” deyishdi. “Ikkita bo‘lsa ham”, dedilar. Qavmdan ba’zisi “Bitta
bo‘lsa-chi?” deyilganda, “Bitta bo‘lsa ham”, derdilar. Bir qarashda
qiz farzand(lar) ko‘rib, u(lar)ni o‘stirgan ota-ona jannati bo‘ladi de-
gan fikr ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin uni tahlil qilganimizda tarixan
ijtimoiy-siyosiy, ayni paytda hamma davrlar va barcha xalqlar uchun
birdek ahamiyatli ma’naviy-ma’rifiy mohiyati oydinlashadi. Islomiyatga
qadar arablarda qiz farzandga past nazar bilan qarash, qiz tug‘ilishi-
dan or qilish odatiy hol edi, hatto otalar o‘z qizlarini tiriklayin ko‘mib
yuborardilar. Ana shunday bir sharoitda qiz bolani jannat vositachisi
deb e’lon qilinishi uning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirdi, unga qa-
rashni tubdan o‘zgartirdi.
Hadisning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati alohida e’tiborga molik.
Qizi bor odamning jannatga tushishi uchun uchta shart qo‘yilyapti.
Birinchisi, “odob bersa”. Qiz bolani tarbiyalash g‘oyat nozik, murak-
kab va mas’uliyatli ish. Uni iboli, hayoli, har qanday vaziyatda ham
or-nomusini saqlaydigan qilib o‘stirish ota-onaning birlamchi vazifasi.
Bu sifatlarga ega bo‘lgan qiz oilaning, qolaversa, millatning sha’ni, if-
tixoridir, aks holda, u o‘z xonadonini ham, xalqini ham isnodga qoldi-
radi. Isnodga sabab bo‘ladigan qiz ota-onasi uchun dunyo va oxirat-
da azobdan boshqa narsa emas. Ikkinchisi, “mehrli bo‘lsa”. Ota-ona
o‘g‘il farzandiga bo‘lgani kabi qiziga ham birdek mehrli bo‘lsa, unda
hech qanday o‘ksiklik bo‘lmaydi, ko‘ngli butun, ruhi ba land, o‘zini
to‘laqonli his etadi. Shunda odobi ham, ma’naviyati ham ibratli bo‘la-
144
di. Uchinchisi, “kafolatini olgan bo‘lsa”. Kafolatini olish – bu yetarlicha
uni moddiy ta’minlash: yedirib-ichirish, o‘rtacha kiyintirish, dunyo va
oxiratiga kerakli ilmlar berish hamda muvofiq keladigan hunarli qi-
lish. Mumtoz adiblarimiz, ma’rifatparvarlik hamda jadid adabiyoti na-
mo yandalari ijodida farzandga ilm berish, xususan, qiz bola tarbiya-
si borasida teran fikrlar bor. Bu fikrlarni o‘qib, ular asosan yuqoridagi
kabi hadislardan mazmunan oziqlanganligiga iqror bo‘la miz.
Payg‘ambarimiz (a.s.)ning mukarram axloqi, har ishdagi komil
ibrati soyasida tarbiya topgan va o‘zlarining buyukligi bilan e’tirof qo-
zongan sahobalar tomonidan aytilgan hikmatlar asarlar (osor) deyila-
di. Asar (osor)larda hadislar bilan mazmuniy uyg‘unlik kuzatiladi.
Hadislar adabiyotimiz, dunyoqarashimiz, turmush tarzimiz-
da chuqur iz qoldirgan ibrat, hikmat va donishmandlik asosidir.
Hadislarni o‘qish, uqish, yodlash, eng asosiysi, ularda jo bo‘lgan yuk-
sak axloq me’yorlari bilan zohir-u botinimizni, umuman, hayotimizni
ma’nan bezamog‘imiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |