Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

O‘NINCHI bOb
Shoirning odatda suhbat quradigan xonasiga kirganda, gap 
chortang edi. Sultonmurod kechikkani uchun uzr so‘rab, hamma bilan 
ko‘rishdi. Navoiy unga o‘z yonidan joy berdi. Har xil taomlar, shirin-
liklar, yaxshi asralgan anor, olma, noklar bilan to‘la dasturxonga tak-
lif etdi. Majlisda butun Xuroson va o‘zga mamlakatlarga dong‘i ket-
gan bir necha ulug‘ olimlar ham ko‘p vaqt shoir bilan birga bo‘ladigan 
shoir Shayxim Suhayliy, shoir Hofiz Yoriy, Hiloliy, darvesh tabiatli qari 
Hasan Ardasher va Navoiy xizmatida bo‘lgan fazilatli ba’zi mulozimlar 
bor edi.


174
Majlis ahlining aksari uch tilda: o‘zbekcha, forscha, arabcha — 
qay biri qulay kelsa, bab-baravar, bemalol so‘zlashardilar. Olimlarning 
deyarli hammasi, o‘z ilmlaridan tashqari, yana bir ko‘p ilmlarni chuqur 
bilar edi. Ularning orasida ilm bilan san’atni birlashtirganlar, masalan, 
go‘zal raqs etuvchilar, musiqiyda kuylar yaratganlar, mohir naqqosh-
lar ham bor edi.
Navoiy,  o‘z  odatiga  muvofiq,  mehmonlardan  quyiroqda  o‘tirdi. 
U sokin, kamtarin, muomalada nozik, lekin ulug‘sifat; butun olimlar 
u ning jamiki ilmlarda juda chuqur ekaniga qoyil bo‘lsalar, har yerda 
tasdiqlasalar ham, Navoiy ilm sohasida ko‘proq o‘z nuqsonlaridan ga-
piradi. U har kimning fikrini sabr va diqqat bilan tinglaydi.
Majlisga yangi mehmonlar keldi. Bular mavlono Shahobiddin bi-
lan shoir mavlono Binoiy edi. Mavlono Shahobiddin — Xuroson olim-
lari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dun-
yosiga  yolg‘iz  shallaqilik  bilan  kirgan.  Binoiy  istе’dodli  shoir,  lekin  tili 
achchiq, o‘jar.
Mavlono Shahobiddin yarqiroq to‘nini halpillatib, yuqoriga o‘tdi. 
Go‘yo shogirdlarning o‘ltirishiga kirib qolgan domladay, kekkayib o‘tir-
di. Past bo‘yli, kichik, lekin miqti gavdali, botiq ko‘zlari besaranjom 
o‘ynagan, pahmoqsoqol, pala-partish kiyingan mavlono Binoiy lab-
laridagi istehzoli kulgi bilan hammaga bir qarab qo‘ydi-da, soxta bir 
kamtarlik bilan kichik qaddini bir oz bukib ko‘rishdi va quyiga, to‘g‘ri 
kelgan joyga o‘tira qoldi. Navoiy hammaga ko‘rsatgan xush muoma-
lasi bilan uni mehmon qilishga tirishdi. Binoiy ham xiyla vaqtgacha 
umumiy gapga quloq solmasdan, saralab-saralab taom yemoq bi-
lan ovora bo‘ldi. Mavlono Shahobiddin, aksincha, dasturxonga qiyo 
boq madi.  Go‘yo  masalani  oxirda  yolg‘iz  o‘zi  yechib  berishga  ishon-
gan odamday, “churq” etmasdan, donishmand bir tur bilan munozara-
ga quloq soldi. Lekin majlis yangi-yangi masalalarga o‘tdi. Mavlono 
Shahobiddin labini ham qimirlata olmadi.
Kimdir  mavlono  Lutfiyning  sho‘x-o‘ynoq  bir  g‘azalidan  ba’zi 
baytlarini o‘qib, maqtay boshladi. Boshqa biri Navoiyning butun 
Hirot kuylaydigan bir g‘azalini va uning kuyini maqtadi. Mavlono 
Shahobiddin bu so‘zlardan zerikkandek, og‘zini katta ochib, homuza 
tortdi.


175
— Bilmadik, turkiy shе’rning istiqboli ne bo‘lur ekan? — dеdi u 
endi oq tusha boshlagan ko‘rkam soqolini selkillatib, kulib. — Har hol-
da ba’zi shuaroning bu boradagi harakatlarida oz ma’no ko‘rurmen... 
Sopalak tosh bilan Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-boshqa narsadir.
— Xayr, taqsir! — murojaat etdi unga darvesh tabiatli Hasan 
Ardasher. — Turkiyning balog‘at va kamoloti mavlono Lutfiyning, xu-
susan, Alisher janoblarining g‘azaliyotida oftob kabi namoyon bo‘ldi. 
Bu  yangi  so‘zning  sehrli  sadolari  forsiygo‘ylarni,  filhaqiqat,  hayrat-
ga solmoqdadir. Zavq va idrok sohibi bu haqiqatni aslo inkor qila ol-
mag‘ay.
— Firdavsiy ham Nizomiylarning zaboni asli zotida ilhom va 
shе’r uchun yaratilmishki, bu haqiqatga butun tarix guvohdir, butun ja-
hon unga qoyildir. Bu da’vo hech vaqt isbot talab qilmas, — dеdi kek-
kayib mavlono Shahobiddin.
Mavlono Binoiyning botiq ko‘zlarida kinoya, nash’a yonib ketdi. 
U beo‘xshov o‘ralgan, katta sallali boshini ko‘tardi.
—  Ulug‘  zotlar,  —  dеdi  u  so‘zini  chertib.  —  hammalaringiz 
Chorsu  orqasidagi  bizning  chapdast  temirchilar  ko‘chasidan  o‘tgan-
sizlar, ularning “taraq-turug‘i” quloqlarga mix qoqqandan battar azob 
berur. O‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni azobni his eturmen!
Binoiy  o‘zbek  tili  va  shе’ri  haqida  so‘z  borganda,  hamisha 
shu ravishda gapiradigan bo‘lgani uchun ham odamlar undan yana 
dag‘alroq, behayoroq gap kutganlaridan, ahamiyatsiz kulibgina 
qo‘yishdi. Umuman, butun Xuroson, Movarounnahr olimlari va shoir-
lari kabi, majlisdagilarning ham o‘ndan to‘qqizi forsiyparastlar edi. 
Ular uchun o‘zbek tili go‘yo qalamga yot edi. Fors tilining go‘zal-
ligi, boyligi, shirinligi haqida e’tiqod ularning qonlariga singib ket-
ganda. Hatto Navoiy g‘azallarini har qanday ulug‘ fors shoirinikidan 
yuqori qo‘yadigan va Navoiyning sozida o‘z ona tilining jonli, qudratli 
musiqiy sini tuygan Sultonmurod ham qo‘liga har vaqt qalam olarkan, 
beixtiyor ravishda fors yoki arab tiliga murojaat etardi.
Yaqindagina Hirotga kelib, hali Navoiy asarlari bilan yaxshi ta-
nish bo‘lmagan olim mullo Usmon, hamma ko‘zlardan o‘ziga “ofarin!” 
qidirib jovdiragan mavlono Binoiyga jirkanib qaradi-da, Navoiyga 
murojaat qildi:


176
— Alisher janoblari, siz zullisonaynsiz, siz uchun “Foniy’mi, 
“Navoiy”mi dilbardir?
—  Haq  so‘zni  aytsak,  —  dеdi  Navoiy  jiddiy,  lekin  ingichka  ta-
bassum bilan, — biz uchun o‘z tilimiz dilbardir, demak, “Navoiy” dil-
bardir.
— Ne uchun? — shoshilib so‘radi mullo Usmon.
— “Foniy” go‘zal, “Foniy!” — qichqirib qo‘ydi mavlono Binoiy 
og‘zidan ovqatini sachratib.
Navoiy o‘tkir istehzo bilan mavlono Binoiyga bir qarab qo‘ydi-
da, so‘zida davom etdi:
— Biz fors tilining qudrat va ahamiyatini, u tildagi asarlarning 
husni va salobatini hech vaqt inkor etmadik. To go‘daklikdan bosh-
lab fors tilida ham qalam surmoqdamiz. Ammo tilimizning afzal-
ligi biz uchun ulug‘ haqiqatdir. Biz go‘daklikda bu haqiqatning ishqi-
ni ko‘nglimizga jo qilganmiz, o‘lganimizgacha bu ishqni saqlaymiz! 
Shaharlarni, qishloqlarni, sahro va tog‘larni to‘ldirgan el-ulusimiz, 
urug‘-aymog‘imiz bor, uning o‘z zavqi, fahmi-idroki bor. Biz eli mizning 
zavqini, tabiatini nazarda tutib, uning o‘z tilida qalam suraylikki, u ning 
ko‘ngli  fikr  gullari  bilan  to‘lsin.  Turkona  so‘z  bilan  tarannum  etaylik-
ki, elning yuragi mavjga kelsin. So‘z gulshanida o‘zga ellar qatorida 
biz ning elimiz ham bahramand bo‘lsin. Fors ash’ori elimizning zav-
qi uchun begonaroqdir. Endi otalarimiz, bobolarimiz, enalari miz tili-
ga nazar solsak, uning forsdan bag‘oyat baland darajada ekani bir 
haqiqatdir. Tilimizda daqoyiq
1
 ko‘p. Ammo bu kungacha hech ki-
shi uning haqiqatiga nazar tashlamabdir. Afsuski, yulduzlardan 
yorug‘roq gavharlari yashirin qolib, balki unutilish darajasiga yetibdur. 
Elimizning shoir yigitlari oson yo‘lni ko‘zlab, yolg‘iz fors tili bilan taran-
num etdilar. Tilimizda nozik ma’nolarni, ruhning butun jilvalarini ifoda 
qilg‘uvchi so‘zlar va shakllar shunday ko‘pdirki, forsiyda ularning biri 
ham topilmas.
Navoiy katta faxr bilan, ruhlanish va dard bilan so‘zladi. Gapini 
bitirgandan so‘ng ham ko‘p kishilar, so‘zning davomini kutgan kabi, 
undan ko‘z uzmay, mahliyo bo‘lib turdilar. Forsiyparastlarning na-
faslari ichlariga tushib ketdi. Hatto tili hamisha qayrog‘lik bo‘ladigan 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish