Qo‘chqor: — Nima-takt?
Olimjon: — Kontakt. O‘qtin-o‘qtin tutib qolayapti. (Boshqa sxe- ma o‘rnatadi.)
Alomat: — (Noz bilan) Unaqa qaramang odamga... Biram nigohingiz o‘tkirki!
Qo‘chqor: — (Dovdirab) Kim. Menmi?.. Yo‘q... Qaraganim yo‘q... Men tomga qarayapman.
Alomat: — Doim shunaqa deysiz, odamni xijolat qilib qo‘yib... Yomonsiz, Qo‘chqor aka.
Qo‘chqor: — (Jonholatda) Shunisini qo‘y, Olimtoy, shunisini qo‘y, uka! O‘chirma, o‘chirma!.. Alomatxon!.. Gapiring, Alomatxon!.. Shunaqa gaplaringizdan gapiring.
Alomat: — Voy, anavi kishimni... Nima deyman?
Qo‘chqor: — Mayli nima desangiz ham, Alomatxon!.. Ishqilib, ovozingizni eshitsam bo‘ldi!..
Alomat: — E, boring-e.
Qo‘chqor: — Olimtoy! Sen xudosan! Yaratib qo‘yganingdan aylanay! Endi mundoq o‘tir.
Olimjon: — (O‘tirib) Xo‘sh?
Qo‘chqor: — Olimtoy, jigarim! Gap mundoq. Shu. (Alomatga qarab qo‘yib.) Alomatxonning oldilarida noqulayroq bo‘layapti-ku, a?
Olimjon: — Unda o‘chirib qo‘yamiz. (Robotni o‘chiradi) Gapiravering. (Qo‘chqor o‘chdimi-yo‘qmi deb Alomatga tikiladi, keyin uning ko‘zi oldida qo‘lini uyoqdan-buyoqqa o‘ynatib ko‘radi. Alomat tek qotib turaveradi.)
Qo‘chqor: — Gap mundoq, Olimtoy, ukammisan?
Olimjon: — Albatta.
Qo‘chqor: — Qiyomatlik ukammisan?
Olimjon: — Ha.
Qo‘chqor: — Agar qiyomatlik aka-uka bo'lsak... (Alomatga qarab qo‘yib.) Eshitmaydi-a?
Olimjon: — Eshitmaydi.
Qo‘chqor: — Agar qiyomatlik aka-uka bo'lsak, bitta ukalik qila- san, Olimtoy.
Olimjon: — Xosh.
Qo‘chqor: — Bilasan, kennoying ketib qoldi! Shu, desang, xo- tinsiz uy uymas-da. Na kiyinishingda tartib bor, na issiq-sovug'ing- da tayin bor, qidirgan narsang topilmaydi, padariga la’nat! Xullas, qiyin-da. Shu, Alomatxon ro'zg'orga sal munday... nima deydi. qa- rashib tursa-a, devdim-da, ukam.
Olimjon: — Bemalol. Nima ish buyursangiz, bajaraveradi.
Qo‘chqor: — To'g'ri-yu... Lekin shu desang. (Alomatga qarab qo‘yib.) Eshitmaydi-a? Shu desang, uy ishlarini-ku qilaveradi, gap undamas. Ishdan charchab kelganingdan keyin mundoq oyoqni uza- tib, dunyoning past-balandidan suhbat qilsang-a, haligidaqa ikki og'iz shirin so'z bilan choy uzatsa, a, charchoqlar yozilib, dildagi g'uborlar forig' bo'larmidi-i, degan gap-da bizniki. Vey, yaxshi gapning gado- simiz, Olimtoy!
Olimjon: —Mayli, Qo'chqor aka, qaytanga ishlab turgani yaxshi, bahonada men ham u-bu kamchiligini ko'rib olaman. (Turmoqchi bo‘ladi)
Qo‘chqor: — (Yengidan tortib) O‘tir. Gap, Olimtoy, Alomatxonning menga ko'rsatadigan xizmatida emas, gap ko'ngilda. Bitta ovqat-u sigir sog'ish bo'lsa, qo'shniyam qilib berishi mumkin. Lekin kechqurun ishdan kelganingda peshvoz chiqib, „Yaxshi keldin- gizmi, dadasi“, desa. Ertalab ishga ketayotganingda, „Yaxshi borib keling“, desa. A? Mana bu ishni, Olimtoy, qo'shning qilib berolmaydi. (Ilmoqli.) Tushunyapsanmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |