Qo‘chqor: — (Hayratdan ogZi ochilib) Vo-o... Nima bu?
Olimjon: — Qalay?...
Qo‘chqor: — (Yaqinroq borib tikiladi, ushlab ko‘radi.) Alomat, alomat!..
Olimjon: — Yashang, Qo‘chqor aka! Qarang, bunga nom to- polmay yuruvdim! Demak, „Alomat — l“! E, bormisiz, Qo‘chqor aka!
Qo‘chqor: — Nega „bir“?
Olimjon: — Keyin „ikki“, „uch“, „to‘rt“lari ham bo‘ladi-da! Butun respublika uchun, bilasizmi bunaqasidan qancha-qanchasi kerak?
Qo‘chqor: — Ha-a... Xuddi tirikday-a, tavba!.. Gapiradi, de- dingmi, Olimtoy?
Olimjon: — Hozir... (Diplomatidan gugurt qutisidek keladigan bir qancha yupqa plastinkalarni oladi.) Mana, manavilar — mikrosxe- malar. Hammasi har xil maqsadda ishlatiladi. (Robotning yelkasidagi qopqoqni ochib.) Mana bu yeriga kerakli mikrosxema o‘rnatamiz, keyin munday qilib qopqoqni yopib qo‘yamiz. Ana tayyor. Endi manavi tugmachasini bosamiz. E, xudo, sharmanda qilma! (Bosadi. Alomat avval koZlarini pirpiratib qo‘yadi, so‘ng bir necha qadam oldinga yurib, to‘xtaydi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |