SQQS = Say x N : 100;
bunda: SQQS — iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
Say — soliqqa tortiladigan aylanma, N — qo`shilgan qiymat solig’i stavkasi.
Tovarlar (ishlar, xshmatlar) qo`shilgan qiymat solig’ini o`z ichiga olgan narxlar va tariflar bo`yicha sotilganida — soliq quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
SQQS = Tq x N : (N + 100);
bunda: Tq—qo`shilgan qiymat solig’i bilan hisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.
Nol’ darajali stavka bo`yicha soliq solish
Yuqoridagi jadvaldan ko`rinib turibdiki, nol darajali stavka olti xil holatda qo`llaniladi. Ikkita oxirida keltirilgan holatning tartibi alohtsda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi:
— «O`zbekiston respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda qo`shilgan qiymat solig’i bo`yicha nol darajali stavkani qo`llash Tartibi» (30.09.1999 y. 826-son bilan AV ro`yxatdan o`tgan).
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilinganda nol darajali stavkaning qo`llanilishi 1238-sonli Yo`riqnomada keltirilgan.
Tovarlarni esport qilishdagi, hamda O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan (ko`rsatilgan) ishlar (xizmatlar) uchun QQS
Dunyo tajribasiga asosan eksport uchun sotilgan tovarlarga QQSning nol stavkasi «tayinlangan mamlakat printsipiga asosan qo`llaniladi. Bunda eksport qilingan tovarlar soliqqa tortilmasdan, import qilingan tovarlar ushbu mamlakatning milliy soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortiladi.
O`zbekiston Respublikasi hozirgi kun qonunchiligiga asosan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilinganda quyidagi tartib ko`zda tutiladi:
Erkin almashtiriladigan valutada tovarlar, O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan (ko`rsatilgan) ishlar (xizmatlar) eksporti, hukumatlararo bitimlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlariga eksport qiluvchi korxonaga nisbatan nol stavka qo`llaniladi.
Tovarlarni eksport qilishda asosiy bo`lib ular O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishi hisoblanadi. Bunda eksport qilingan tovarlar nol stavkadagi soliq qo`llanilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:
— shartnoma (yoki belgilangan tartibda shartnomaning nusxasi);
— bojxonada tovarni rasmiylashtirish bilan shug’ullangan bojxona organining belgisi qo`yilgan yuk bojxona deklaratsiyasi;
— chet ellik shaxsning eksport qilingan tovarlar uchun to`laganligini tasdiqlovchi to`lov hujjatlari va ko`chirmalari;
— tovarning tayinlangan mamlakatta yuborilganligi haqida tovarni kuzatuvchi hujjatlar.
O`zR xududidan tashqarida bajarilgan (ko`rsatilgan) ishlar (xizmatlar) eksportining nol stavkadagi soliqqa tortilishi uchun quyidagi xujjatlarni taqdim etilishi lozim:
— chet ellik shaxslar bilan shartnomalar;
— ishni (xizmatni) sotuvchi va sotib oluvchilar tomonidan imzolangan dalolatnoma, ma’lumotnoma yoki boshqa hujjatlar;
— bajarilgan ish (xizmat) uchun chet ellik shaxs tomonidan to`laganligini tasdiqlovchi to`lov hujjatlari.
To`g’ridan-to`g’ri aeroportlarda ko`rsatiladigan va O`zbekiston Respublikasi havo bo`shlig’ida chet davlatlar havo kemalariga ko`rsatiladigan xizmatlar hamda aeronavigatsiya xizmatlari uchun, agarda ularga erkin konvertatsiyalanuvchi valutada xizmat haqi to`lansa, bunday xizmatlar eksport qilingan xizmatlarga tenglashtiriladi va ularga qo`shilgan qiymat solig’i «nol» stavkadagi soliq stavkasi qo`llaniladi.
Eksport qilingan tovarlarni QQS bo`yicha soliqqa tortish masalasi O`zbekistonning boshqa ba’zi bir davlatlar bilan davlatlararo bilvosita soliqlarni undirish printsiplari bo`yicha shartnomalar tuzilgan bo`lib, ammo ratifikatsiya (tasdiqlanmagan) qilinmagan (masalan, Qozog’iston bilan) bo`lganligi uchun qiyinchiliklar tug’diradi va bunday holatlarda (milliy valutaga realizatsiya qilinganda) imtiyozni qo`llashning iloji bo`lmaydi. Hozirgi kunda Mustaqil davlatlar hamdo`stligaga kiruvchi quyidagi davlatlar bilan tovar (ishlar, xizmatlar)larni eksport qilgan holatlarda bilvosita soliqlarni undirish printsiplari bo`yicha shartnomalar tuzilgan: Qirg’iziston, Ozarbayjon, Moldova, Rossiya Federatsiyasi. Shartnomada kelishilgan davlatlar bojxona hududlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport qqyainganda nol stavkadagi QQSni qo`llash ko`zda tutilgan.
Korxonalar nol darajali stavka bo`yicha soliqqa tortiladigan mahsulotlarga qo`shilgan qiymat solig’ini «0» stavkasi bo`yicha hisoblaydilar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy resurslar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish uchun qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |