Qo`shilgan qiymat va aktsiz solig’i hamda ularning hisoblanishi reja


Soliq solinadigan aylanmani aniqlash va uni to`g’rilash



Download 333,5 Kb.
bet3/20
Sana26.02.2022
Hajmi333,5 Kb.
#467154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
qoshilgan qiymat va aktsiz soligi ham

Soliq solinadigan aylanmani aniqlash va uni to`g’rilash.
Realizatsiya bo`yicha soliq solinadigan aylanma miqdori sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida qo`llaniladigan narxlar va tariflardan chiqib, ularga qo`shilgan qiymat solig’ini qo`shmasdan aniqlanadi.
Aktsiz to`lanadigan tovarlar bo`yicha soliq solinadigan aylanmani aniqlashda aktsizlar summasi ham unga kiritiladi.
QQS bo`yicha soliqqa tortish oborotini aniqlash bo`yicha bir necha holatlarni ko`rsak.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tekinga berilii soliq solinadigan aylanma miqdori soliq to`lovchida berish paytida vujudga kelgan narxlar darajasidan kelib chiqib, ularga qo`shilgan qiymat solig’ini qo`shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (harid qilinishi) bo`yicha amalda tarkib topgan harajatlardan kam bo`lmagan miqdorda aniqlanadi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilishida ularnsh beruvchi korxona soliq to`lovchi hisoblanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni bepul berilishvda soliq solinadigan aylanma miqdori, uni berilishda shakllangan narxlar va qoldiq qiymati orasidagi farq ko`rinishida aniqlanadi.
Shunday qilib, agarda asosiy vosita va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatida bepul berilsa, soliq solinadigan aylanma bo`lmaydi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni bepul berilganda ham xuddi sotilgandagi kabi hisobvaraq-faktura yozilishi shart.
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi tannarxi (yoki sotib olish narxi va sotib olish harajatlari)dan past narxlarda sotiliishini amalga oshiradigan korxonalar uchun soliq solish maqsadida korxonada sotish paytida qaror topgan narxdan, biroq:
— tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda — tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi ishlab chiqarish tannarxidan;
— savdo, ta’minot-tayyorlash faoliyatini amalga oshirganda — olingan narxi va tovar harid qilinishiga bog’liq harajatlardan past bo`lmagan narx qabul qilinadi.
Ish haqini qonunlarda belgilangan tartibda tovarlar (shu jumladan, o`zi ishlab chiqargan) bilan natura shaklida to`laydigan yoki ularni o`z xodimlariga kassa orqali tannarxdan past narxlar bo`yicha sotadigan korxonalar uchun soliq solinadigan aylanma yuqorida keltirilgan usulda aniqlanadi.
Qayta ishlov uchun berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlashda ularni ishlash qiymati (shu jumladan, harajatlar va foyda), aktsiz to`lanadigan tovarlar bo`yicha esa — aktsizni hisobga olingan holdagi ishlov berish qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi.
Qaytariladigan idishlar, shu jumladan, garov qiymatiga ega shisha idishlar qiymati soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi, bunday idishlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotilishi bundan mustasno.
Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish tsikliga ega korxonalar (qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha qidiruv va shshiy tashkilotlar) uchun bajarilgan va buyurtmachi tasdiqlagan, shartnomaviy narxlar asosida ularning ishlar (xizmatlar)ni bajarish jarayonida butlovchi qismlarga narxlarning, transport va boshqa turdagi xizmatlarga tariflarning oshishi (pasayishi) tufayli yuz bergan o`zgarishlarini hisobga olgan holda haq to`lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar (xizmatlar) qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Ya’ni agarda pudratchi buyurmachining materiallaridan qurilishda foydalansa, u xolda pudratchida materiallar sotib olingan va buyurmachida — hisobdan (realizatssh) chiqarilgan deb ko`rsatiladi.
Qurilish ishlarini pudratchi yoki yordamchi pudratchi tashkilotlar bajarganida unga qo`shilgan qiymat solig’ini hisoblab yozish bilan berilgan (sotilgan) pudratchi (yordamchi pudratchi) materiallarining va buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilgan holda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bunda moddiy resurslar bo`yicha QQS summasi hisobga kiritiladi, agarda pudratchi va yordamchi pudratchi tashkilotlar ushbu soliq to`lovchilari bo`lsalar.
Pudratchi tashkilotlar yordamchi pudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruktsiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, aplaraturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir ob’ekt qurilishi doirasida sotganida, ularga qo`shilgan qiymat solig’ini kiritmasdan, qo`llanadigan narx va tariflardan kelib chiqqan holda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi.
Markazlashtirilgan manbalar (budjet pul mablag’lari va hukumat qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar) hisobidan moliyalanadagan ob’ektlarni «batamom bitkazish» usulida qurish chog’ida tugallangan ishlab chiqarish bo`yicha harajatlar ob’ekt foydalanishga toppshirilishiga qadar pudratchining balansida qayd etiladi va pudratchida qo`shilgan qiymat solig’i bo`yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi. Ya’ni bunday holatlarda kurilish bo`yicha butun ish hajmi tugumagunga qadar oraliq dalolatnomalari tuzilmaydi va tugallanmagan qurilishning harajataardagi QQS bo`yicha aylanma oborotlarini esa pudratchi o`zining hisobiga qurilish yakunigachi kirita olmaydi.
O`z ehtiyojaari uchun o`zining kuchi bilan bajarshgan qurilish-montaj ishlariga qo`shilgan qiymat solig’i solinmaydi. Moddiy resurslar, yoqilg’i, bajarilgan ishlarga doir qo`shilgan qiymat soliq summasi ob’ektning qurilishiga olib borish hisobiga chiqariladi.
Tovarlarini tayyorlovchi, saqlovchi-sotuvchn va boshqa oldi-sotdi bilan shug’ullanuvchi korxonalar (qo`shilgan qiymat solig’i to`lovchisi hisoblanuvchi). narxlar o`rtasidagi farq, ustamalar va qo`shimcha haqlar shaklida daromad oluvchi tayyorlash, ta’minot-sotish va boshqa korxonalar uchun soliq solinuvchi aylanma miqdori haridorlarga sotiladigan tovarlar qiymati asosida, ularga qo`shilgan qiymat solig’ini qo`shmagan holda qo`llanadigan narxlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Tovarlarni konsignatsiya shartnomalari bo`yicha sotuvchi tashkilotlar uchun soliqqa tortiluvchi oborot miqdori haridorlarga sotiladigan tovarlar qiymati asosida ularga qo`shilgan qiymat solig’ini qo`shmagan holda qo`llanadigan narxlardan kelib chiqib belgalanadi.
Ya’ni konsignatsiya shartnomalari asosida sotish uchun olingan tovarlarining aylanma oborotlari tovarlarni sotib oluvchilar uchun sotilgan narx asosida korxona xuddi o`zining tovarlarini sotgandagi kabi aniqlanadi.
Moliya Vazirligining 1999 yil 21 yanvar 607-sonda xatiga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalariga binoan konsignatsiya shartnomasi — bu konsignant va konsignator o`rtasidagi shartnoma bo`lib, konsignant sifatida yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lishi mumkin, u o`z vaqtida konsignatorga tovarlarni sotishni tashkil etish bo`yicha topshiriq beradi, bunda tovarga bo`lgan egalik huquqi konsignantda qoladi.
Agarda bitta sistemaga kiruvchi korxonalar (mustaqil balansga ega bo`lsa) yuqori tashkilotning buyrug’iga asosan bir-birlariga asosiy vositalar tekinga berishsa, u holda bunday oborotga QQS hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarni har xil variantdagi sotilish holatlarini ko`rib chiqamiz:

Download 333,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish