Qo`shilgan qiymat solig’i kamchiliklari
• Bizning respublikada QQS bazasiga faqat qo`shilgan qiymatgina emas, balki unga umuman daxli bo`lmagan elementlar ham kiradi. Masalan O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq aktsiz tovarlarini respublika hududiga import qilinganida QQS soliqqa tortish bazasiga to`langan aktsiz solig’i va bojxona boji ham kiradi. Shunday qilib ushbu holatdan ikki marotaba emas, balki uch marotaba soliqqa tortish ko`rinib turibdi.
• QQSning yuqori stavkalarining qo`llanilishi aholining sotib olish qobiliyatini kamaytiradi va ishlab chiqaruvchi uchun esa tovar sotish bozorini qisqartiradi. QQSning yuqori qiymatda belgalanishi esa tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan minimal foyda rejalashtargan taqdirda ham, sotib oluvchilarning imkoniyatlari chegaralangan bo`lganligi uchun tovarlarni tez va o`z vaqtida sotish imkoniyatini bermaydi. QQSning tartibga solib turuvchi imkoniyatlari rivojlangan bozor iqtisodiyoti va bozor uchun xos bo`lgan raqobatning mavjudligida namoyon bo`ladi.
QQS bo`yicha asosiy tushunchalar: Soliq to`lovchilar, soliq solish ob’ekti.
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan qo`shilgan qiymat solig’i ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), O`zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) hamda O`zbekiston Respublikasi hududida bajarilgan (ko`rsatilgan) ishlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish jarayonida qo`shilgan qiymatning bir qismini budjetga ajratuvchilar soliq to`lovchi hisoblanadilar.
O`zbekistonda QQSni hisoblashda hisobga kiritish usuli qo`llanilganligi sababli, soliqqa tortish aylanmalari bo`yicha davlat budjetiga to`lanishi lozim bo`lgan QQS ikki QQSning ayirmasidan aniqlanadi. Bunda, birinchisi, sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun kelib tushgan qo`shimcha qiymat solig’i yig’indilari va ikkinchidan, sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to`langan qo`shimcha qiymat solig’i yig’indilaridan iborat bo`lgan QQSlarining ayirmalaridir.
Qo`shilgan qiymat solig’ini hisoblash tartibi O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (65-79-moddalar) va ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g’risidagi O`zbekiston Respublikasi AV tomonidan 2003 yil 29 aprelda ro`ixatga olingan 1238-sonli Yo`riqnomasida berilgan.
O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar (ishlar, xizmatlar) bo`yicha QQS hisoblash tartibini ko`rib chiqsak, bunda soliqqa solish oboroti realizatsiya bo`yicha aylanmalar bo`ladi.
Tovarning realizatsiyasi bo`yicha aylayamalar deganda, odatda, o`zi ishlab chiqargan hamda chetdan sotib oyaingan barcha tovarlarga bo`lgan egalik huquqini (tovarni sotish) boshqaga berish tushuniladi.
Soliq solish maqsadida iste’mol qilishga mo`ljallangan va o`zining qiymatiga ega bo`lgan har bir narsa (tovar, mahsulot, ko`chmas mulk, shu jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek, elektr va issiqlik energiya-si, gaz, suv va shu kabilar) tovar hisoblanadi.
Qonunchiliqda «realizatsiya» so`ziga aniq ta’rif berilmaganligi uchun, soliqqa tortish maqsadida, realizatsiya deganda barcha korxona hisobidan chiqarilgan mulklar, shu jumladan, boshqa korxonalarning ustav jamg’ar-malariga qo`yilgan mulklar tushuniladi.
Ishlarning realizatsiyasida bajarilgan qurilish-montaj, ta’mirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyixa-qidiruv, restavratsiya qilish va boshqa ishlar qiymati soliqqa solish ob’ekti hisoblanadi.
Xizmatlarning realizatsiyasidagi aylanmalarga quyidagilar kiradi:
• yo`lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft mahsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (o`zatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo`natish, yukni tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;
• mol-mulk va ko`chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish xizmatlari;
• vositachilik xizmatlari;
• aloqa, maishiy, uy-joy kommunal xizmatlar;
• reklama xizmatlari;
• ma’lumotlarni qayta ishlash va axborot ta’minotiga doir xizmatlar;
• boshqa xizmatlar.
Soliqqa tortiladigan aylanmalarga (realizatsiyasiga tenglashtirilgan) quyidagilar ham kiradi:
— tovarlar, ishlar va xizmatlarning, shu jumladan o`zi ishlab chiqargan tovarlarning sotilishi bo`sh korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo`lgan, shu jumladan, o`z xodimlariga ularning iste’mol qilishlari uchun korxona ichidagi aylanmalar;
— tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshqa korxona yoki jismoniy shaxslarga, shu jumladan, korxona xodimlariga bepul yoki tovarning haqini qisman to`lab berilishiga doir aylanmalar;
— garovdagi buyumlarning sotilishi, shu jumlada garovni tutib turuvchiga ularning garov majburiyatlarini ta’minlamaganidagi berilishiga doir aylanmalar;
Avvaldan to`langan summalar (qabul qilib oling avans) soliqqa tortish ob’ektiga kiritilmaydi.
Lotereya biletlarini sotishda lotereya tashkilotchilari QQS bo`yicha alohida soliqqa tortish rejimida bo`lganliklari uchun ularga ham soliq solish ob’ekti bo`lib hisoblanmaydi.
Bunda korxonalar (qo`shilgan qiymat solig’i to`lovlar) tomonidan lotereyalar tashkilotchisiga ko`rsatadigan lotereya biletlarining sotilishi (tarqatilishi) oid xizmatlari qo`shilgan qiymat solig’iga umumiy belgilangan tartibda tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |