Qo`shilgan qiymat va aktsiz solig’i hamda ularning hisoblanishi reja


Soliq solinadigan aylanmani to`g’rilash



Download 333,5 Kb.
bet5/20
Sana26.02.2022
Hajmi333,5 Kb.
#467154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
qoshilgan qiymat va aktsiz soligi ham

Soliq solinadigan aylanmani to`g’rilash.
Haridorlar hisob-kitob va yo`lda yurish hujjatlari haqini to`laganlaridan so`ng tovarlarni qaytargan, shuningdek buyurtmachilar ilgari haqi to`langan ishlar yoki xizmatlardan voz kechgan taqdirda, da’vo qilishning yallik muddatiga rioya qilingani holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bo`yicha aylanmalarga shunday operatsiyalar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’i summasi miqdorida o`zgarish kiritiladi.
Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ushbu muddat doirasida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’ining hisobga olinishi yoki qaytarilishi haridorning hisob-kitob xujjatlariga dastlabki va soliqning budjetga tushish muddatidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) avval chiqarilgan tovar uchun haridorga belgilangan hisobvaraq-faktura berganligini hisobga olsak, tovarni qaytarib olib kelinganda mahsulot ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) belgilangan hujjatlarga (taqqoslash dalolatnomasi, yuk qog’ozi) asoslangan holda quyidagilarni amalga oshiradi:
• tovar to`liq qaytarib olinsa — avval taqdim etilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi;
• qisman qaytarilsa — avval taqdim etilgan varaq-faktura o`rniga (bunda avvalgi hisobvaraq-bekor qilinadi) haridorga yangi hisobvaraq taqdim etiladi. Ushbu hisobvaraq-faktura soliq aylanmasini o`zgartirishga asos bo`ladi.


3. QQS bo`yicha imtiyozlar va ularning turlari
Qo`shilgan qiymat solig’i bo`yicha imtiyozlar ko`p bo`lib, ularni bir necha guruhga bo`lish mumkin:
- moliyaviy xizmat ko`rsatishlar (pul mablag’lari bilan operatsiyalar, chet el valutasini aylantirish, ssuda berish va h.k.) bilan bog’liq bo`lgan imtiyozlar;
- ijtimoiy yo`nalishdagi imtiyozlar, bularga ko`pgina guruhdagi imtiyozlar (maorif, meditsina, fizkultura va sport, bolalarni makgabgacha bo`lgan muassasalavaa va dam olish lagerlarida saqlash, nogironlar uchun asbob-uskuna ishlab chiqish va xizmat ko`rsatish, aholiga uy-joy kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari, shaxsiy uy-joy qurish uchun qurilish materiallari, diniy tashkilotlarning xizmatlari, shahar transporta xizmatlari va boshqalar) kiradi;
- boj, yig’imlar va litsenziya to`lovlari undiriladigan xizmatlar bo`yicha imtiyozlar;
- davlat tomonidan katta ahamiyatga ega bo`lgan yo`nalishlar bo`yicha faoliyat va soha turlariga (ilmiy-tekshirish va innovatsion ishlar, davlat mulkini xususiylashtirish, lizing, gastrol-kontsert faoliyati va h.k.lar) berilgan imtiyozlar;
- boshqa imtiyozlar.
Qo`shilgan qiymat solig’idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sug’urta qilish va qayta sug’urta qilishga dvir operatsiyalar, shu jumladan sug’urta bo`yicha vositachilar va amalga oshiradigan bunday operatsiyalar bilan bog’liq xizmatlar;
2) ssudalarni berish va o`tkazish bo`yicha operatsiyalar.
Ssudalarni berish va o`tkazishga (uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit) bank mijozlari hujjatlarini tayyorlash (TIAni tayyorlash uchun shartnoma bo`lmagan holda) kreditni rasmiylashtirish uchun hujjatlar paketni ko`rib chiqish (arizani ko`rib chiqish, kreditni to`lay olish qobiliyatini baholash, kreditning bahosini (foizini aniqlash, kredit shartnomasini tayyorlash va tuzish), ssuda hisobvarag’i va kredit liniyasini ochish, kreditga (kreditlashga) xizmat ko`rsatish, ssudalarning maqsadli etilishini nazorat qilish kiradi;
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, to`lovlar o`tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog’ozlarga tegishli operatsiyalar.
Pul omonatlariga daxldor operatsiyalarga jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o`tkazish, qo`yilmalardan qo`yilmalarga summalarni o`tkazish va ularni rasmiylashtirish; O`zbekiston Respublikasidan tashqariga o`tkazish kiradi.
4) xorijiy valuta va qonuniy to`lov vositalari bo`lgan pullar muomalasiga taaluqli operatsiyalar, numizmatik maqsadlarda foydalaniladiganlaridan tashqari.
Inkassatsiyaga doir xizmatlar pullar muomalasiga taaluqli operatsiyalarga kirmaydi;
5) qimmatli qog’ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar, ularning tayyorlanshii va saqlanishiga doir operatsiyalardan tashqari.
6) maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig’imlar undiriladigan xatti harakatlar.
7) bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlanishi, kasallar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn qilish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk ob’ektlarini harid qilish. uchun patent bojlari, ro`yxat yig’imlari va ruxsatnoma to`lovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik qo`yish xizmatlarini ko`rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari mahsulotlari;
11) pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markalangan otkritkalar va konvertlarning sotilishi;
12) aloqa tashkilotlaritng pensiya va nafaqalarni to`lash bo`yicha xizmatlari;
13) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirshi kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari bo`yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari.
14) shahar yo`lovchi transportining xizmatlari (taksi, shu julmadan yo`nalishlar orasida qatnaydigan taksidan tashqari), shuningdek umumiy yo`nalishdagi temir yo`l va avtomobil transportida shahar atrofiga yo`lovchilarni tashishga doir xizmatlar.
15) aholiga ko`rsatiladigan uy-joy-kommunal va foydalanishga doir xizmatlar.
16) xalq talimi sohasidagi o`quv-ishlab chiqarshi jarayoni bilan bog’liq xizmatlar, shuningdek oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlaridagi ta’lim uchun haq.
17) saqlash bilan shug’ullanuvchi vakolatli davlat organiga qimmatbaho metallarni sotishdan olingan aylanmalari;
18) diniy tashkilotlar va birlashmalarning udum va marosimlarni o`tkazishga doir tadbirlari.
19) tibbiy, sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalari, bolalar dam olish lagerlarining asosiy faoliyatiga doir xizmatlari.
20) xususiylashtiriladigan davlat mol-mulki qiymati;
21) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
22) geologiya va topografiya ishlari;
23) nashriyotlar, gazeta va jurnallar taxririyatlar, matbaa va kitob savdosi korxonalari, teleradiokompaniya, O`zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatga doir mahsulotlari va xizmatlari.
24) vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan o`tkaziladigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
25) davlat tilini o`qitishga va davlat tilida ish yuritishni o`rgatishga oid xizmatlar;
26) eksport qilinadigan tovarlarni, tashish, ortish, tushirshi, qayta ortish bo`yicha xizmatlar.
27) ishlovchilar umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O`zbekiston chernobillchilari» uyushmasining mulkida bo`lgan, tovarlarni (chetdan keltiriladigan va aktsiz tovarlari bundan mustasno) ishlarni va xizmatlarni (savdo, vositachilik, taminot-sotish va tayyorlov bundan mustasno) ishlab chiqadigan va yuridik shaxslar;
28) ichki ishlar organlari xuzuridagi qo`riqlash bo`linmalari xizmatlari;
29) faoliyatning ushbu turi bilan shug’ullanish beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan gastrol’-kontsert faoliyati;
30) kitob mahsulotlarini, o`quvchilar o`quv qurollari va ko`rgazmali o`quv qurollari, doridarmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji sotuvchilar;
32) mol-mulkni lizingga berishdan lizing to`lovlari.
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo`shagan mablag’lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash xo`jalik sub’ektlari har yili moliyaviy hisobot birga soliq organlariga quyida keltirilgan ilovaga binoan soliqlar, bojxona va budjetga joriy to`lovlarni to`lashdan ozod etilishi natijasida bo`shagan mablag’lardan foydalanish to`g’risidagi hisob-kitoblarni taqdim qiladilar.
Agar imtiyoz berilgan davr tugagunicha soliq solishdan ozod etilishi natijasida yoki import qilingan tovarlarni sotish (realizatsiya qilish) oqibatida bu mablag’lardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan hollarda, maqsadsiz foydalanilgan mablag’lar summasi, shuningdek o`z ehtiyojlari uchun keltirilgan mol-mulkni sotiish (realizatsiyasi) bo`yicha hisoblangan bojxona to`lovlari sanktsiyalari qo`llanilgan va penyalar hisob-langan holda budjet hisobiga undiriladi.


Soliqlar, bojxona va budjetga majburiy to`lovlardan ozod etish natijasida bo`shagan mablag’lardan foydalanish to`g’risida

Download 333,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish