Qo`shilgan qiymat va aktsiz solig’i hamda ularning hisoblanishi reja



Download 333,5 Kb.
bet1/20
Sana26.02.2022
Hajmi333,5 Kb.
#467154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
qoshilgan qiymat va aktsiz soligi ham


QO`SHILGAN QIYMAT VA AKTSIZ SOLIG’I HAMDA ULARNING HISOBLANISHI
Reja:

  1. Qo`shilgan qiymat solig’ining soliq tizimida joriy qilinishi hamda iqtisodiy ahamiyati

  2. Qo`shilgan qiymat solig’ini to`lovchilar,soliq ob’ekti, stavkalari va ularni qo`llash tartibi

  3. QQS bo`yicha imtiyozlar va ularning turlari

  4. QQS ni to`lash va hisobot taqdim etish tartibi

  5. Aksiz solig’i to’lovchilari, soliq solish oby'ekti va hisoblash tartibi

  1. Aksiz solig’i bo’yicha imtiyozlar, aksiz solig’ini to’lash va hisob-kitoblar

  2. Aksiz solig’i bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish tartibi



Qo`shilgan qiymat solig’ining soliq tizimida joriy qilinishi hamda iqtisodiy ahamiyati
Barcha bilvosita soliqlar kabi QQS ham asosan soliqlarning fiskal funktsiyasini bajaradi, uning joriy qilishdan asosiy maqsad davlat budjetini mablag’ bilan to`ddirish bilan bog’liq bo`lgan. QQS soliq tushumlarini narx-navoning o`sishi bilan to`g’ridan to`g’ri bog’lab turganligi uchun u budjet mablayugarini inflyatsiya bo`liishigidan saqlab qoluvchi vositalardan biri hisoblanadi.
Bunday holatda soliqqa solish ob’ekti bo`lib tovarning yoki xizmatning sotish narxi xizmat qiladi. QQS soliqqa solish sistemasida har bir ishlab chiqaruvchi (sotib oluvchi) o`zining haridoridan (burtmachisidan) qonunda ko`zda tutilgan soliq summasini undiradi va avval xom-ashyo sotib olishda soliqning to`langan qismi mavjud bo`lsa, uni chegirib tashlab, qolgan qismini budjetga to`laydi. Soliqlarni tasniflash jihati bo`yicha soliqqa tortish ob’ektini baholash darajasidan kelib chiqib, QQS real soliqlar turkumiga kiradi. Ushbu soliqni to`lash oldi-sotdi jarayonidan kelib chiqadi va soliqqa tortish sub’ektining moliyaviy holatini hisobga olmaydi.
QQS O`zbekistonda qo`llana boshlashining asosiy sababi ushbu soliq bo`yicha dunyo hamjamiyatining bu boradagi tajribasi bo`ldi. Rivojlangan davlatlarning tajribasi bilvosita soliqlar rivojlanib borib, yagona qo`llaniladigan soliqqa, ya’ni ushbu davlatlarda bir tekisda taq-simlanadigan qo`shilgan qiymat solig’iga aylanishini ko`rsatdi, shu bilan bir vaqtning o`zida, biron bir tovarlar guruhini sotilishiga halaqit qilmaydi va xalq xo`jaligidagi moliya taqsimlanishini o`zgartirmaydi.
QQS birinchi bor 1954 yil Frantsiyada M.Lore taklifiga muvofiq joriy qilingan va muddat ichida ko`pgina davlatlarda qo`llanila boshlandi. QQS O`zbekistonda qo`llanilish davriga kelib 43 ta davlatda, shu jumladan barcha Evropa ittifoqidavlat, qo`llanilgan.
1992 yildan boshlab QQS mustaqil O`zbekiston soliq sistemasida ajralmas qismiga aylandi.
Qo`shilgan qiymat solig’ining summasi ko`rsatilgan hisobvaraq-fakturasining mavjudligi esa oldi-sotdining asosiy va printsipial vaqtini belgilab, firmaning ushbu soliq majburiyati haqida ma’lumotni beradi. Shuning uchun ham hisobvaraq-fakturaning to`ldirilishi bo`yicha qatiy qoidalarga bo`ysunish talab etiladi.
Qo`shilgan qiymat solig’i boshqa soliqlarga nisbatan juda ko`p afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
• QQS mahsulotning sotuv narxiga qo`shilmay uning ustiga qo`yilib, haridor tomonidan to`lab beriladi, bu o`z vaqtida ishlab chiqarishning harajatlariga va rentabelligiga ta’sir etmaydi;
• soliqqa tortish ob’ekti mahsulotning butun ishlab chiqarish jarayonida yagona soliq stavkasida aniqlanishi «mahsulot sotishning oxirgi bosqichida soliq summasini yig’ilib qolishdan saqlaydi va soliqqa tortish jarayonida qayta-qayta hisoblanishning oldini oladi;
• soliq undirish sistemasining soddaligi soliq organi uchun hamda soliq to`lovchilar uchun ham qulaylik yaratadi. QQSni hisoblash jarayoni o`z-o`zini tekshirish jarayoni desa ham bo`ladi, chunki keyingi sotib oluvchi avvalgi ta’minotchini hisobvaraq-fakturasida to`langan soliq summasini belgilashda to`g’ri qo`yilishini tekshirib boradi;
• qo`shilgan qiymat solig’i tarmoq va korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlaridan, kapital jamg’armasidan, ishlab chiqarish turidan, katta-kichikligidan qat’iy nazar bir xilda soliqqa tortish darajasi qo`llaniladi;
• ko`pgina davlatlarda korxonaning o`zi ishlab chiqargan mahsulotini chetga eksport qiluvchi firma-eksporterlarga ularni qo`llab quvvatlash maqsadida eksport qilingan mahsulot sotuv narxiga kirgan qo`shilgan qiymat solig’ini bir qismini davlat tomonidan qaytarib beriladi. QQSning hisoblash sistemasi esa eksport qilinayotgan mahsulotni firma tomonidan ishlab chiqarish uchun ketgan real harajatlarini hisoblab chiqrish imkoniyatini beradi. Mahsuloglar import kilinayotganda QQS protektsiya siyosatini yuritish uchun qo`llaniladi. Demak, QQSni tashqi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turish uchun foydalanish mumkin;
• qo`shilgan qiymat solig’ining xujjatlarda alohida ko`rsatilib yozilishligi uni to`lashdan qochish holatlarni qiyinlashtiradi;
• QQS bozor iqgasodiyotini soliqlar yordamida tartibga solishda daromad (foyda) solig’i stavkasini pasaytirilishi natijasida budjetning daromad qismidagi yo`qotishlarni qoplash uchun taktik vosita sifatida ishlatiladi.



Download 333,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish