Buyumni zaym sifatida berish bu zaym egasining balansidan buyum yoki pul mablag’larini chiqarib tashlab uni zaym oluvchining tegishli hisobvaraqlariga kirim qilish bilan bog’liq. Zaym qaytarilganda esa zaym beruvchining balansiga avval u tomonidan berilgan xuddi buyum yoki pul mablag’lari emas, balki boshqa, qiymat jihatdan teng yoki sifat jihatdan bir xil mulk berilishi mumkin.
Qo`shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ektiga sotuv hisobvaraqlarida ko`rsatiladigan tovarlar (xizmatlar, ishlar)ning sotilishi natijasida tushgan tushum ekanligini hisobga olsak, u holda zaymni pul mabl ko`rinishida berilganda zaym beruvchida hamda zaym oluvchida QQS bo`yicha soliq solish ob’ekti bo`lmaydi.
Quyidagilar soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydi:
1. Korxonaning bir tarkibiy birliklari tomonidan ushbu korxona boshqa tarkibiy birliklarining sanoat-ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sotilgan mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlarga doir aylanmalar.Bu erda ichki ishlab chiqarish aylanmasi amalga oshirilib tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) korxona tashqarisiga chiqmaydi, korxona ichida oxirgi ishlov berilgunga qadar foydalaniladi va shundan so`ng xaridorga sotiladi. Masalan to`qimachilik kombinati ipdan gazlama ishlab chiqaradi va undan so`ng rang beruvchi tsexga yuboriladi. Korxonada tikuv mashinalari mavjud bo`lib, unda bo`yalgan gazlamadan tayyor mahsulot tikiladi.Bunda gazlamani tikuv tsexiga berilganda QQS hisoblanmaydi, chunki mahsulotga oxirgi ishlov berilmagan. QQSni tayyor mahsulotni sotuvga olib chiqilgan holatda hisoblash lozim.
Agarda gazlama tikuv tsexiga berilmasdan, sotuvga chiqarilganda, QQS umumiy belgilangan tartibda hisoblangan bo`lar edi.
Bunda korxonanint tarkibiy birliklari deganda bank muassasasida hisob-raqamiga ega bo`lmagan, shuningdek asosiy korxona balansida turadigan tarkibiy birliklar tushuniladi.
2. Korxona tugatilganida uning mol-mulki ta’sischilar (xo`jalik yurituvchi va o`rtoqchilik jamiyati a’zolari) o`rtasida taqsimlanishi bo`yicha aylanmalar.
Mobodo tugatilgan korxona mol-mulki boshqa shaxslarga sotiladigan bo`lsa, bu qoida unga tegishli bo`lmaydi.
Agarda korxonaning mol-mulki uning ta’sischilari orasida taqsimlansa, bu mol-mulkni sotishga kirmaydi va bunga QQS hisoblanmaydi. Agarda bironta ta’sischi mol-mulkni taqsimlanish davrida sotishni xoxlasa va uning o`rniga pul mablag’i olsa, unda bu oddiy mol-mulkni sotishga kiradi va bunday holatlarda QQS bo`yicha soliqqa tortish bazasi hosil bo`ladi.
3. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni korxona ustav jamg’armasiga ulush sifatida berilishi aylanmalar (MV va DSQ Qarori, AV 12.10.2004 y. 1238- son bilan ro`yxatga olingan).
Do'stlaringiz bilan baham: |