Nol stavka, bu tovarlar, xizmatlar va ishlarning qiymatlaridagi qo`shilgan qiymat solig’i umuman yo`q, nolga teng degani. -
QQS solig’idan ozod bo`lgan oborotlardan (mavjud holatlardan) farqli QQS nol darajali stavkasi qo`llanilganda QQS tovarning tannarxiga olib borilmasdan hisobga kiritiladi, agarda tovarning O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi va korxona hisob raqamiga eksportdan valuta tushganligi hujjatlar asosida tasdig’ini topsa.
Agarda hisobot davrida hisobga kiritilishi lozim bo`lgan QQS summasidan nol stavkada hisoblanishi lozim bo`lgan QQSning summasi qiymati jihatidan ko`p bo`lsa, u holda bunday oshiqcha summa (musbat saldo) soliq to`lovchining boshqa soliq va to`lovlar bo`yicha qarzi bo`lmagan taqdirda, unga qonunda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
QQSning qoplash Tartibi 2003 yil 13 may (3 bayonnoma) Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga undiriladigan to`lovlar intizomini mustahkamlash bo`yicha hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan «Xo`jalik yurituvchi sub’ektlariga qiymat solig’i bo`yicha yuzaga kelgan manfiy farqni qoplash to`g’risida»gi (AV tomonidan 6.06.2003 y. 1246-son tasdiqlangan) Nizom asosida olib boriladi.
Manfiy ko`rinishda hosil bo`lgan QQSni qoplash bo`yicha tashabbusni hisobot davrida (oylik) manfiy ko`rinishdagi farq paydo bo`lgan korxonalar oladilar.
Qoplash bo`yicha ishlar har oyda birinchi galda manfiy farq miqdorida (yoki uning qismida) korxonaning boshqa soliq va yig’imlarning mavjud qarz summalarini qoplashga yo`naltirish bilan amalga oshiriladi.
Budjetga to`lanadigan qo`shilgan qiymat solig’i summasini belgilash tartibi
Budjetga to`lanadigan qo`shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan aylanmalar bo`yicha hisoblangan soliq summasi bilan hisobga kiritiladigan soliq summalari o`rtasidagi farq sifatida aniqpanadi. Mazkur tartib qo`shilgan qiymat solig’i to`lovchisi bo`lib hisoblanadigan barcha korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
QQSni bunday hisoblash usuli «bilvosita invoysli» yoki hisobvaraqlar bo`yicha hisobga kiritish deb ataladi va dunyo tajribasida eng keng qo`planiladigan usullardan biriga kiradi.
Yuqorida keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, QQShisobga kiritilgan har doim ham mavjud bo`lmaydi, balki faqat shu davrda (yoki keyingi davrlarda) ichida haqiqatda QQSto`liq mavjud bo`lsagina (nol stavkali bo`lmagan holatlarda) bo`ladi.
Boshqacha so`z bilan aytganda, agarda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) daromad olish uchun (tadbirkorlik faoliyatida foydalanish maqsadida) va soliq solish oboroti uchun ishlatalmasa, u holda QQSto`liq mavjud bo`lmaydi, ya’ni QQSni hisobga kiritishga asos bo`lmaydi (quyida keltirilgan sxemaga karang).
Yuqoridagidan quyidagi qoida kelib chiqadi, yani o`z extiyoji uchun ishlatiladigan asosiy vositalar va nomoddiyiy aktivlarni hisobga olishda o`zining sotib olingan narxiga qo`shimcha ravishda uni sotib olishda to`langan qo`shilgan qiymat solig’i ham kiritiladi.
Masalan, ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida QQS hisobga olgan holda 480 ming so`mga printer sotib olingan. Printer asosiy vositalarga kirganligi uchun (sotib yuborish uchun mo`ljalanilmagan, demak korxona uning oxirgi iste’molchisi bo`ladi), hisobga olishda to`liq 480 ming so`m bilan olinadi va uni sotib olishda to`langan QQS hisobga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |