SQQS = S x N : 100,
bu erda: SQQS — qo`shilgan qiymat solig’i summasi; S — dalolatnoma, ma’lumotaoma yoki boshqa hujjatlarga ko`ra tasdiqlanadigan, import qilinadigan ishlar, xizmatlar qiymati; N — qo`shilgan qiymat solig’ining foizlardagi stavkasi.
Import qilingan shilar (xizmatlar) QQSni hisoblash qoidalari..
• Agarda O`zbekiston Respublikasida qo`shilgan qiymat solig’i to`lovchisi bo`lmagan norezident tomonidan xizmat, bajarilgan ish O`zbekiston Respublikasi bojxona xududida realizatsiya qilinsa va ular-haridori sifatida O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lsa, u holda ushbu bajarilgan ishlar, xizmatlar soliq solish oborotiga kiradi va ular qo`shilgan qiymat solig’i bo`yicha soliqqa tortilishi lozim.
Ya’ni, agar ishlar (xizmatlar) O`zbekiston hududida norezident tomonidan amalga oshirilsa, ularning bajargan ishlarining qiymati soliq solish oboroti hisoblanadi.
• Norezident tomonidan amalga oshirilgan ish (xizmat) uchun soliq solish oboroti norezidentga ish (xizmat)i uchun to`lanishi va to`lov manbaida ushlab qolinishi lozim bo`lgan soliq summalaridan iborat bo`ladi.
• Budjetga to`lanishi lozim bo`lgan qo`shilgan qiymat solig’i summasini aniqlangan soliq solish oborotiga QQS (20 foizlik) stavkasini ko`llash bilan aniqlanadi.
• Qo`shilgan qiymat solig’ining hisoblangan soliq summasi ish (xizmat) bajarilgan kundan boshlab 5 kun ichida budjetga to`lanishi lozim. Agarda bajarilgan ish (xizmat) QQS ozod bo`lsa, u holda QQS to`lanmaydi.
• Import qilingan ish (xizmat) uchun to`langan qo`shilgan qiymat solig’ining to`langanligi haqidagi to`lov hujjati budjet bilan o`zaro hisob-kitobida QQS to`lovchisiga uni hisobga kiritishida asos bo`ladi.
QQS to`lovchisi bo`lmagan soliq to`lovchilar esa to`langan qo`shilgan qiymat solig’ini import qilingan ish (xizmat) uchun to`langan qiymat bilan harajatga olib boradilar.
Import qilinadigan ishlar va xizmatlarga qo`shilgan qiymat solig’i bo`yicha imtiyozlar
O`zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) bo`yicha xalqaro va hukumatga qarashli xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga yuridik shaxslar, shu O`zbekiston Respublikasining rezidenti bo`lmagan yuridik shaxslar, tomonidan olib kirilayotgan ishlar, xizmatlar;
b) bajarilgan ishlar, xizmatlar dalili tasdiqlangan kundagi Markaziy bank kursi bo`yicha qayta hisoblangan ishlar, xizmatlar qiymatidan kelib chiqqan holda amalda ishlar bajarilganini, xizmatlar ko`rsatiltanini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida import qilinadigan ishlar va xizmatlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’i milliy valuta (so`m)da hisoblab chiqariladi. Import qilinadigan ishlar, xizmatlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’i to`lovi ana shu ishlar, xizmatlarni import qiluvchi shaxs yozib bergan hamda unda «import qilinadigan ishlar, xizmatlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig’i summasi to`lovi» degan yozuv bitilgan to`lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi. To`lov topshiriqnomasi ish (xizmat)ni olgan shaxs tomonidan yoziladi.
Import qilinadigan ishlar, xizmatlar bo`yicha ko`shilgan qiymat solig’i amalda ishlar, xizmatlar bajarilgan kundan boshlab 5 kun ichida budjetga to`lanadi.
Import qilinadigan ishlar, xizmatlarga qo`shilgan qiymat solig’i hisob-kitob ishlar, xizmatlar importi amalga oshirilgan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan, oylar bo`yicha ro`yxatdan o`tka-zilgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Qo`shilgan qiymat solig’i faqatgina milliy valuta — so`mda to`lanadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |