6. Aksiz solig’i bo’yicha imtiyozlar, aksiz solig’ini to’lash va hisob-kitoblar
Quyidagilarga aktsiz solig’i solinmaydi:
a) aktsizlanadigan tovarlarni eksportga etkazib berish, bundan ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamosi belgilaydigan ayrim tolarlar mustasno;
b) salomas va «O`zbekiston» yog’ni ishlab chiqarishda foydalaniladigan paxta yog’ni etkazib berish;
v) xalq ta’limi va sorlitsni saqlash titmining ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan maxsus mebel.
To`lovchilar tomonidan sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’i summasi budjetga quyidagi muddatlarda to`lanadi:
— joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay — joriy oyning birinchi o`n kunligi uchun;
— joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay — joriy oyning ikkinchi o`n kunligi uchun;
— keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay — hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Tovarga ilova qshinadigan hujjatlarda ko`rsatilgan mahsulot yuklab jo`natilgan kun sotish kuni bo`lib hisoblanadi.
O`n kunlik to`lovlar bo`yicha aktsiz solig’ining kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchilarning shaxsiy hisobvaraqdarida bir vaqtda soliqni «Hisoblab yozish» va «To`lash» ustun-larida aks ettiriladi.
Soliq to`lovchi soliq xizmatining o`zi ro`yxatdan o`tgan tegishli organiga aktsiz solig’i bo`yicha hisob-kitobni har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar, unga soliq solinmaydigan aylanmalar summalarining ma’lumotnomasini ilova qilgan holda taqdim etadi.
Hisobot davri mobaynida o`n kunlik to`lovlar bilan kiritilgan aktsiz solig’i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo`yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak.
7. Aksiz solig’i bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish tartibi
Unga doir aktsiz solig’i O`zbekiston Respublikasi xududida to`langan xom ashyodan (mahsulotdan) aktsizlanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, xom ashyo (mahsulot) bo`yicha to`langan aktsiz solig’i summasi ishlab chiqarish harajatlariga kiritilmaydi, balki tayyor mahsulotning sotilgan hajmi bo`yicha budjetga to`lanadigan aktsiz solig’i summasini aniqlash chog’ida hisobga olinishi kerak.
Hisobga olinadigan aktsiz solig’i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun aktsizlanadigan xom ashyo (mahsulot) etkazib beruvchilar hisobvaraq-fakturalarda yuklab jo`natilgan xom ashyo (mahsulot) bo`yicha aktsiz solig’i summasini ajratib ko`rsatishlari kerak.
Agar harid qilinayotgan aktsizlanadigan xom ashyo (mahsulot) bo`yicha aktsiz solig’i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko`rsatilmagan bo`lsa, u hisob-kitob yo`li bilan hisoblab chiqarilmaydi va tayyor mahsulot bo`yicha hisobga olinmaydi.
Keyinchalik hisobga olinadigan, harid qilinadigan aktsizlanadigan xom ashyo (mahsulot) bo`yicha aktsiz solig’i summasi alohida ochiladigan «Harid qilinadigan aktsizlanadigan xom ashyo (mahsulot) bo`yicha aktsiz solig’i» (4400 hisobvaraqlar turkumiga kiruvchi «Budjetga avans to`lov-larini hisobot olish hisobvarag’i») hisobvarag’ida hisobga olinadi va budjetga to`lovlar bo`yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag’ining debetiga sotilgan mahsulot (soliq solinadigan aylanma) hajmiga to`g’ri keladigan hissada hisobdan chiqariladi.
Benzin, dizel yoqilg’isi va aviakerosin ishlab chiqarish chog’ida neft va gaz kondensati bo`yicha hisoblab aktsiz solig’i summasi hisobga olinmaydi.
Aktsizlangan tovarlar bo`yicha aktsiz solig’i stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va quyidagicha bo`lishi mumkin:
— tovar narxi nisbatan foizlarda belgilanadi — advalor stavka;
tovarning natural ko`rinishidagi har bir o`lchamiga absolyut summada belgilanadi — qatiy stavka.
O`zbekiston Respublikasida 2007 y. uchun ishlab chiqariladigan aktsizlanadigan tovarlardan aktsiz solig’i
Do'stlaringiz bilan baham: |