5. Aksiz solig’i to’lovchilari, soliq solish oby'ekti va hisoblash tartibi Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarga aktsiz solig’i «O`zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqarilgan tovarlar bo`yicha yuridik shaxslar tomonidan aktsiz solig’ini hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g’risida»gi Yo`riqnomaga (AVda 2004 yil 15martda 1325-son bilan rhyxatdan o`tgan) asosan olib boriladi.
Ushbu yo`riqnomaga asosan:
Aktsiz solig’i qo`shimcha qiymat solig’ini solish bazasida va narxda hisobga olinadigan bilvosita soliq ko`rinishida budjetga to`lanadigan (undiriladigan) sof daromadning qismini o`zida aks ettiradi.
Aktsiz solig’i to`lovchilari debmulkchilik shaklidan qati nazar aktsiz solig’i to`lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq solish maqsadlarida yuridik shaxslar deganda o`zining mulkchiligida, xo`jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mulkka ega bo`lgan, shuningdek o`zining majburiyatlari bo`yicha ushbu mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo`lgan alohida bo`linmalar tushuniladi.
Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish ob’ekti bo`lib: — qat’iysoliq stavkalari belgilangan mahsulotlar bo`yicha — sotilgan mahsulotlar hajmiga nisbatan naturadagi ifodasi.
Bu guruhga alkogol ichimliklari, tamaki mahsulotlari, o`simlik yog’i kiradi kiradi;
— boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo`yicha — kelishilgan iarxlarda (o`z ichiga aktsiz solig’i summasini olgan), qo`shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan holda yuklab jo`natilgan tovarning qiymati hisoblanadi.
Tekinga beriladigan aktsizlanadigan tovar ham soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bunda soliqqa tortish ob’ektiga quyidagilar kiradi:
—alkogolli mahsulotlar, etil spirti, pivo, vino, materiallar bo`yicha — ularga nisbatan qatiy soliq stavkalari belgilangan sotilgan alkogolli mahsulotlar hajmining naturadagi ifodasi;
— boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo`yicha — soliq to`lovchida tovarni topshirish paytida shakllangan, lekin ushbu aktsizlanadigan tovarni ishlab chiqarishda haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlardan kam bo`lmagan hisob-kitob (ulgurji) narxlari darajasidan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekta bo`lib hisoblanadi.
Berilgan xom ashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulot uchun aktsiz solig’ini hisoblash mahsulotlarni realizatsiya qilgandagi aktsiz solig’i oboroti quyidagicha aniqlanadi:
— qatiy soliq stavkalari belgilangan mahsulotlarga — tayyor mahsulotning tabiiy hajmidan kelib chiqqan holda;
— boshqa mahsulotlar bo`yicha — tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan ishlarning va berilgan xom ashyoning qiymatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Aktsiz solig’ining summasi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi. 1. Aktsiz solig’ining qatiy soliq stavkalari belgilangan holatlarda, jumladan:
1.1. Suvsiz etil spirtining 1 l uchun aktsiz solig’ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo`iicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot (spirti kam vino, shampan vinosidan tashqari)