Qoraqalpoq davlat universiteti


Nutqiy savodxonlik o‘lchovlari



Download 3,72 Mb.
bet28/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

Nutqiy savodxonlik o‘lchovlari
Nutqiy savodxonlik deganda, adabiy til normalariga binoan yoza olish va talaffuz normalari asosida so‘zlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish tushuniladi. Bu bir qarashda osondek tuyuladi, biroq o‘ta murakkab jarayondir. Agar siz adabiy til normasida gaplashishni bilmasangiz, nutqingiz madaniy darajada chiqmaydi. Masalan, “Bir yillik davlat rejasi” degan birikmada ma’noviy g’alizlik bor. Savol tug’iladi bir yillik davlat deganda qaysi davlat nazarda tutilyapti? Aslida, birikma “Davlatning bir yillik rejasi” tarzida yozilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqoridagi kamchilik nutqiy savodxonlik darajasi pastligini bildiradi. Yoki, “H” bo‘g‘iz tovushi bilan “X” chuqur, til orqa undoshining qo‘llanish o‘rnini bilmaslik natijasida ko‘plab yozuvlarda nutqiy savodsizlik namoyon bo‘lmoqda.
III. Yozma nutq:
2-mаshq.«O‘z tilimni puxta bilamanmi?» mavzusida bahs-munozara o‘tkazing va do‘stingizni nutqiy savodxonligini yanada oshirishi uchun tavsiyalar yozib bering.
3-mаshq.Maqol va hikmatli so‘zlarni ko‘chiring, o‘zingizga ma’qul bo‘lganlaridan 2 tasiga sharh yozing.
1. Til millatning birinchi haqqidir. Shu haq o‘ksitilgan bo‘lsa, demak, millat o‘zini o‘zi o‘ksitib kelgandir (I. G‘ofurov). 2. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir (A. Navoiy). 3. Tilga e’tibor — elga e’tibor. 4. Kishining go‘zalligi uning tilidan bilinadi («Hadis»dan). 5. O‘z vataningga bo‘lgan chinakam muhabbatingni o‘z tilingga bo‘lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas (K. G. Paustovskiy). 6. Kimki qisqa so‘zda deydi ko‘p ma’no, Ravonlik bobida ul kishi a’lo (Abu Shukur Balxiy). 7. So‘z so‘zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak (A. Qodiriy). 8. So‘z ichra mudom aql yashirindur, so‘z chimildig‘-u aql kelindur (Nosir Xisrav). 9. Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
Uyga vazifa
„Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati” mavzusida matn tuzib kelish va unda imlo qoidalariga amal qilish
Mustaqil ta’lim yuzasidan topshiriq
Dunyoning mashhur universitetlaridan biri haqida referat tayyorlash
Adabiy o‘qish:
SURAT
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi: Oʻtirsang-chi, bolam. Birpas o'tirgin. Boʻldi, ketdim. Shoshma, bolam. Onam koʻzimga odatdagi- dan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. Gap bor. Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga oʻtish... Nima edi? Onam koʻzimga hamon ma'yus termilib oʻtirardi. Suratga tushaylik, Ajablandim. Nega? Yaqinda men o'laman. Onam bur gapni xuddi: «Qo'shninikiga chiqib kela- dedi toʻsatdan. man», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim. Qoʻysangiz-chi, oyi. Shunday dedim-da, chiqdim ketdim. Oradan ikki hafta o'tdi-yu... Kechalari uygʻonib keta- man, oʻylayman. Oʻylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o'shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yoʻqmidi? Kerak boʻlsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bogʻda, ko'chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yoʻq!
Dunyoning ishlari” O‘. Hoshimov



Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish