Qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,72 Mb.
bet25/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

III. Yozma nutq:
1-mаshqMaktab yoki kollej davrida adabiy o‘qish, ona tili yoki adabiyot mashg‘ulotlarida bo‘ldingiz. a) ana shu fanda eng ko‘p qo‘llanadigan atamalar ro‘yxatini tuzing; b) fizika va kimyo fanlarida qo‘llanadigan atamalar ro‘yxatini tuzing.
2-mаshq.Quyidagi matnlarni o‘qing. Ularda qaysi fanga aloqador atamalarberilganligini aniqlang. O‘z mutaxassisligingizga oid atamalar qatnashtirib matn tuzing.


Darmon meva
O‘rik qadim-qadimdan xushxo‘r, to‘yimli, shu bilan birga, shifobaxsh ne’mat sifatida ma’lum va mashhur. Xalq tibbiyotida o‘rik mevalari kishiga darmon bag‘ishlovchi, a’zolarni mustahkamlovchi sifatida tavsiya etiladi. O‘rik mevasi, jumladan, turshak va bargak kamqon bemorlar uchun juda foydalidir. Chunki o‘rik tarkibi temir moddasiga boy. Keksalar turshak damlamasini xush ko‘radilar. Darhaqiqat, uning tarkibida mavjud bo‘lgan foydali moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Xalq tabobatida o‘rik mag‘zi ham davo hisoblanadi. Jumladan, yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy damlab ichish tavsiya etiladi.


Kamalak
Yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, quyoshga qarama-qarshi tomondan kamalak hosil bo‘ladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin bo‘lsa, kamalak shuncha yaqin ko‘rinadi. Kamalakning tashqi ko‘rinishi qizil, ichki qismi binafsha rangda ko‘zga tashlanadi, unda boshqa ranglar to‘lqin uzunligiga qarab joylashadi.

3-mаshq.Quyidagi o‘zbek tiliga oid atamalarning qoraqalpoq tilidagi muqobilini topib, daftaringizga qayd eting.




Ohang-
Aniqlovchi-
Matn-
Hokim so‘z-
Kesim- Ergash so‘z-
Kelishik- Soz birikmasi-
Egalik- Tinish belgilari-
Ibora- Izohlovchi
Ijtimoiy-siyosiy leksika
O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi turkiy urug‘ va qabilalardan o‘sib chiqqan, demak, uning tili ham shu urug‘ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g‘ullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o‘zbek-arab, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq, o‘zbek-qirg‘iz va o‘zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo‘lgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda, hozirgi o‘zbek tilining lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam - o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi. Leksema qaysi usul bilan hosil qilinmasin, yangi leksema yuzaga kelganidan keyin u til birligiga aylanadi; bunday til birligi hosil bo‘lish jarayoni yakunlanganidan keyingi tahlil til birligining ichki tuzilishini tahlil qilish bo‘ladi. Yangi leksema yuzaga kelishi doimiy jarayon ekanidan qat’iy nazar, hosila leksemalarning ko‘p qismi til taraqqiyotining o‘tmish bosqichiga, kechagi kuniga mansub bo‘ladi. Shunga ko‘ra leksematik tahlil (leksema tarkibini tahlil qilish) asli tarixan yondashib amalga oshiriladi; demak, so‘z yasalishi (leksema hosil bo‘lishi) bahsi asli tarixiy leksikologiyaga qarashli. Shu jumladan, leksika yashash tarziga, ijtimoiy kelib chiqishiga, davr va muhitga ham bog‘liqdir.

4-mаshq.Quyidagi jumlalarni qunt bilan o‘qing va ijtimoiy-leksikaga oid so‘zlarni qatnashtirib matnni davom ettiring.




Millatning kelajagi bugundan boshlanadi. O‘zligini anglamagan, manqurtlik tomon ketayotgan odamlar bilan yangi jamiyatni qurib bo’lmaydi. Ma’naviyati yuksak insonlar nafaqato‘z davri rivojiga, balki millat kelajagi hamda ravnaqiga ham munosib hissa qo‘shadi.
Ma’nan boy, ruhan komil insonlargina ozod va obod Vatanni qurishga qodirdirlar.


Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish