II. Nazariy ma’lumot
Til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganuvchi soha sotsiolingvistka (ijtimoiy tilshunoslik) dir. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni o‘rganadi:
Jamiyat va til o‘zaro bog‘liq, mutanosib tarixiy jarayon, hodisadir.
Jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham takomillashib boradi.
Adabiy tilning, shevalarning lug‘at boyligi kengayadi, ortib boradi.
Yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga ta’sir ko’satadi. Tillar leksik jihatdangina emas, balki grammatik jihatlariga ko‘ra ham ta’sirlashadi.
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
▲ 2-tоpshiriq.Til va jamiyat haqidagi fikrlaringizni Klaster usulida ifodalang.
.
III. Yozma nutq:
Quyidagi konstruksiyalar bo‘yicha gaplar tuzing.
Tilbu
O ‘zbektili
1-mаshq.Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang.
1. Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir (A. Avloniy). 2. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir, o‘sha tafakkur va tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K. D. Ushinskiy). 3. Ki har neni bilmish odamizot. Tafakkur birla qilmish odamizot (A. Navoiy). 4. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir (I. A. Karimov). 5. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N. Bualo). 6. Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi (V. fon Gumboldt). 7. So‘zlash qobiliyati — hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi (L. N. Tolstoy).
2-mаshq.Til haqidagi quyidagi maqol va hikmatlarning davomini aniqlang va to‘liq holda ko‘chirib oling.
1. Suydiradigan ham til, ...
2. Tilning ko‘rki — so‘z, kishi... (Yusuf Xos Hojib).
3. Tilingni ixtiyoringda asragil, so‘zingni... (Alisher Navoiy).
4. Kishining go‘zalligi uning... (Hadis).
5. Ko‘ngil mahzanining qulfi til va ul mahzanning kalidin... (Alisher Navoiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |