O unlisi. O unlisi quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega: a) ona, ov, osh, anor, bola, bodom, inson, tog‘, qor kabi so‘zlarda aniq zarb bilan aytiladi; b) avzo, zebo, sabo, fido, xato kabi so‘zlarning oxirida; zotan, notiq, volida, voriya kabi so‘zlarning urg‘uli bo’g’inida kelgan o unlisi cho‘ziq talaffuz qilinadi; v) opera, nota, rol, tok kabi ruscha-internatsional so‘zlarda o‘ tarzida; botanika, gastronom, kolxoz, kompot kabi hamda televizor, ekvator, novator kabi ruscha-internatsional so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi a, i tovushlariga moyil talaffuz qilinadi.
4-mashq.Quyidagi matnni o‘qing, daftaringizga ko‘chirib oling. Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
Nukus
Nukus Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti. Bu shahar juda go‘zal va obod. Shaharda qoraqalpoqlar bilan birga o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar va boshqa millat vakillari istiqomat qilishadi. Ular do‘st va ahil yashashadilar.
Nukusda juda ko‘p ko‘rkam binolar bor, ulardan biri Qoraqalpoq xalq muzeyidir. Muzeydan qoraqalpoq xalqining o‘tmishi, buguni va ertasi haqida juda ko‘p ma’lumotlar olish mumkin…
Bilib oling.Undosh tovushlar orfoepiyasi
Undosh tovushlar talaffuzida hech qanday o‘zgarishga uchramasdan so‘zning turli o‘rinlarida kelib aynan aytiladi va yoziladi. Lekin shu bilan birga ayrim undosh tovushlar talaffuzda o‘zgarishga uchraydi, bu ularning so‘zda kelgan o‘rniga, qanday tovushlar bilan yonma-yon kelishiga bog‘liq bo‘ladi.
Undoshlarning quyidagi talaffuz holatlari orfoepiya normalariga kiritilgan:
So‘z oxirida kelgan b undoshi jarangsizlashib, p tovushiga moyil aytiladi: maktab-maktap, odob-odop, sarob-saropkabi;
So‘zoxiridakelgandundoshijarangsizlashibttarzidaaytiladi: iqtisod-iqtisot, daromad-daromatkabi;
So‘z o‘rtasida va oxirida kelgan qorishiq portlovchi jundoshich tarzida aytiladi: lahja-lahcha, avj-avch, mavj-mavch, iloj-ilochkabi;
Ruscha-internatsional so‘zlar tarkibidagi v undoshi f undoshiga moyil talaffuz qilinadi: avtomat, avtoruchka, avtobus, ustav-ustaf, passiv-passifkabi;
Ayrim so‘zlarning o‘rtasida, oxirida qo‘llangan z undoshi s undoshi tarzida aytiladi: izhor-ishor, iztirob-istirop, faraz-faraskabi; shuningdek ruscha-internatsional so‘zlarda ham shunday holat kuzatiladi: gipnoz-gipnos, karniz-karnis, narkoz-narkoskabi;
Ayrim undoshlarda n oldin qo’llangan q undoshi x tarzida aytiladi: vaqt-vaxt, naqd-naxt, to‘qson-to‘xson, maqsad-maxsat;
So‘z oxirida kelgan k, q jarangsiz undoshlari bazanjarangli g, g‘ tovushiga moyil aytiladi: -bilak-bilag, yurak-yurag; o‘roq-o‘rog‘, sariq-sarig’ kabi; shuningdek ruscha-internatsional so‘zlarda ham kundoshi jarangli g tarzida aytiladi: znachok-znachog, galstuk-gastugkabi.
Ayrim so‘zlarda so‘z oxirida kelgan t, d undoshlari talaffuzda tushib qoladi: go‘sht-go‘sh, g‘isht-g‘ish, xursand-xursan, baland-balankabi;
Birinchi va ikkinchi bo‘g‘in oxirida kelgan n undoshi o‘zidan keyinkelgan b undoshining tasirida m tarzida aytiladi: tanbur-tambur, sunbul-sumbul, yakshanba-yakshambakabi;
O‘zlashma so‘zlar so‘z o‘rtasida, oxirida yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshdan biri talaffuzda tushib qoladi: mujassam-mujasam, munavvar-munavar, taassurot-tasurot; grammatika-gramatika, metall-metalkabi.
5-mashq. Matnni o‘qing, unda ilgari surilgan fikr haqida bahs yuriting. Matnni qoraqalpoq tiliga tarjima qiling. Orfoepik qoidalarga xos so‘zlarni ajrating va qoraqalpoqcha variant bilan taqqoslang.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o‘g‘uz, qipchoq, uyg‘ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko‘plab qabilalar o‘zbek xalqining shakllanishida muhim o‘rin tutgan.
Darhaqiqat, O‘zbekistonning qayeriga borsangiz, darxon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug‘ nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o‘tganligidan aks sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko‘raylik. Qipchoqmahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda, hatto har bir jamoa xo‘jaligida mavjud. Bu nom o‘zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o‘rin tutganligidan dalolat berib turibdi. Bu gapni o‘g‘uz, qorluq-chigil-uyg‘ur qabilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |