BILIMLAR XAZINASI KALITI
“ Til bilgan –yo‘l topar” ,-deydi dono xalqimiz.
Bu maqol ko’p tilni bilgan kishining hch qayerda xor bo‘lmasligi, har qanday chigal masalaning to‘g‘ri yechimini topa olish haqida aytilgan. Bir tilni biladigan odam olamni bilish va o‘rganish xazinasi qulfining bir kalitiga ega bo‘lsa, ikki tilni biladigan kishida shunday xazinadan ikkitasining kaliti bor, uch tilni biladigan esa-uchta. Shunung uchun odamning bilim darajasi uning o‘zlashtirgan tillari sono bilan bog‘liqdir. Maktabda boshlang‘ich sinfdan boshlab ona tili bilan bir qatorda qardosh va chet tillarni mustaqil o‘qitilib borilishiga asosiy sabab ham shu. Xalqimiz vatanimiz ravnaqiga o‘z ona tili bilan bir qatorda inglis, nemis, francuz, rus, arab, xitoy, koreys, qozoq, qirg‘iz, tojik va tillarni biladigan yoshlar kerak. Shunday yoshlargina porloq kelajagimizni ta’minlaydi. Fan va texnika, elektronika oliy darajada yuksalgan hozirgi sharayotda bir necha chet tilni bilmasdab turib na ilmiy texnikaviy sohada, na ma’rifiy-madaniy sohada yuksak yutuqlarga erishib bo‘lmaydi.
Istiqlol sharofati bilan bog‘chalardan boshlab ingliz, fransuz, nemis, xitoy, yapon, koreys tillarning o‘rgatilishi yuksak baxt va oliy ne’matdir. Bu ne’matlardan oziqlanish va yig‘ilgan kushlarni xalq va vatan ravnaqiga sarflash siz yoshlarning burchingizdir.
INSON QADRI BILIMDA
Odamzod naslining ulug’ligi bilimdan va aql idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir. Bilim egasi bo‘lgan har qanday odam sharaflidir.
Bilim o‘ylab ko’rilsa misoli bir jilov. U barcha yomon yaramas ishlardan tiyib turadi hamda bilim egasi o‘z tilaklarini topadi.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo‘ladi va hurmat qozonadi. Barcha murakkab ishlar bilim bilan hal etiladi.
Bilib oling.“Annotatsiya” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “eslatma”, “izoh”, “qayd etmoq”, “belgi qo‘ymoq” ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida esa qisqa tushunturish, ko‘rsatib o‘tish, tarkibi, mazmuni, ahamiyati, kimlar qaysi hollarda foydalanishlari mumkinligi, kimlar uchun ekanligi haqidagi kichik matn tushuniladi.
Har qanday adabiyotning titul varag‘ining orqasida(ko‘p hollarda quyiroqda bo‘ladi) mazkur asarning qisqacha mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, qaysi yoshdagilarga mo‘ljallanganligi qayd etiladi. Masalan, G‘.G‘ulomning TANLANGAN ASARLAR(G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2003) to‘plami titul varag‘i orqasida “Akademik shoir, o‘zbek adabiyoit ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan G‘afur G‘ulom ijodi o‘zbek kitobxonlarining bir necha avlodini tarbiyalashga xizmat qilgan. Shoir tavalludining 100 yilligi munosabati bilan nashr etilgan ushbu kitobga jamlangan asarlar o‘zining g‘oyaviy ruhi bilan mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqimizning komil insonlarni voyaga yetkazish yo‘lidagi kurashida kamarbasta bo‘lishiga ishonamiz”, degan annotatsiya bor.
Shuni aytib o‘tish kerakki, aksariyat adabiyotlarda annotasiyalar 2-betda bo‘ladi. Tituldan oldin muallifning fotosurati berilgan adabiyotlarda esa 4-sahifadan o‘rin olgan bo‘ladi.
Bundan tashqari annotatsiyalar yangi dori-darmon mahsulotlariga ham yoziladi. Masalan:
“SIPRODED– 250(500)–10 ta tabletka, har biri 250(500) mgdan iborat. Keng ta’sir doirasiga ega antibakterial vosita. Nafas yo‘llari infeksiyasi, qorin bo‘shlig‘i, bo‘g‘imlar, suyak va teri yallig‘lanishi, ko‘rish organlari yallig’lanishi va infeksion kasalliklarida keng qo‘llaniladi.”(“Sihat-salomatlik”. 2-son. 2005 yil.)
Annotatsiya aholida nashr hisoblangan o‘quv qo‘llanma, darslik va monogirafiyalarga ham yozilishi mumkin. Bunda uning hajmi nisbatan kattaroq bo‘ladi. Lekin bir betdan oshmaydi. Shuningdek, u rasmiy xat matni sifatida sarlavha, matn shakliga ega bo‘ladi. Matnni yozgan kishining muallifi ko‘rsatilmaydi.
Namuna:
H.Umurovning “Adabiyot nazariyasi” (T., Sharq. 2002) darsligining
A N N O T A T S I Y A S I:
Respublika universitetlarining O‘zbek filologiyasi yo‘nalish(fakultetlar)ida “Adabiyot nazariyasi” bakalavriyatning 4-kursida o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va so‘zshunoslikning sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari, magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktarantlari va adabiyotga qiziquvchi barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.
2-mashq.Quyidagi keltirilgan ilmiy ishning qisqacha mazmuni bilan tanishing. Unga annotatsiya yozib ko‘ring.
O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi muammosi bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, ammo bu hodisa bilan bog‘liq juda ko‘p masalalarning mohiyati hanuzgacha yetarlicha ochilgan deb bo‘lmaydi. Bugungi davr o‘zbektilshunosligida so‘z yasalishi doirasida quyidagi muammolarni tadqiq etish dolzarbdir: 1) o‘zbek tilida yasama so‘zlar hosil bo‘lishining kognitivmexanizmlari; 2) o‘zbek tilida yasama so‘zlarning hosil bo‘lishida voqelikni qayta nomlash muammosi; 3) o‘zbek tilida so‘z yasalishida milliy-madaniylik omili; 4) o‘zbek shevalarida so‘z yasalishining o‘ziga xos jihatlari. Ayniqsa, shu kunga qadar adabiy tilimizni boyituvchi ichki manbalardan biri hisoblangan o‘zbek xalq shevalarida so‘z yasalishi tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlarning kamligi ayanchli hol. Zero, taniqli tilshunos A.G‘ulomov aytganidek, “So‘z yasalishi muammosining tadqiqi dialektlarni o‘rganish bilan uzviy bog‘liq. O‘zbek so‘zlashuv nutqi materiallari o‘zbek tili so‘z yasalishida hali aniq bo‘lmagan ayrim masalalarning yechimi uchun foydali ma’lumotlar bera oladi”.
Ma’lumki, o‘zbek tili shevalarida adabiy tilde, shuningdek, qadimgi yozma manbalarda o‘z aksini topmagan o‘ziga xos yasama so‘zlar mavjud. Ular xalqimizning boy tarixi, milliy-madaniy qarashlari, voqelikni idrok etish darajasi, tasavvurlari va, nihoyat, til qurilishi haqida ko‘plab ma’lumotlar bera oladi. Hudud o‘zbek shevalarida so‘z yasalishi muammosini hozirgi o‘zbek adabiy tili hamda boshqa turkey tillar, zarur o‘rinlarda qadimgi manbalar bilan qiyosiy-tarixiy aspektda o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega.
O‘zbekshevalaridaso‘z yasalishi masalasi ayrim ishlarda qisman yoritilgan. Jumladan, Q.Muhammadjonov Janubiy Qozog‘istondagi o‘zbek shevalarida ot, sifat va fe’llarning yasalishini o‘rgangan. N.Rajabov o‘zbek shevalarida fe’l yasalishi masalasiga munosabat bildirgan. T.Yo‘ldoshev esa Tojikistondagi o‘zbek shevalarida fe’llarning yasalishini tahlil qilgan.
Bilib oling.“Rezyume” so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, biror asar, o‘qilgan ma’ruza, mehnat faoliyatining mohiyatini ochib beradigan qisqacha xulosa, fikr-mulohaza degan ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, “Tafakkur” jurnali oxirida jurnalda e’lon qilingan maqolalarning ingliz tilidagi rezyumesi beriladi. Yoki himoyaga tavsiya etilayotgan ilmiy ishlarning so‘nggida matnning o‘zbek, rus yoxud ingliz tillarida qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Ana shu rezyumening o‘ziyoq ish bilan tanishishga ulgurmagan kishiga dissertatsiya haqida asosiy ma’lumotni beradi.
Sirdaryo O‘tamovnaning “Alisher Navoiy g‘azalaridagi ranglarning simvolikasi” mavzusidagi o‘zbek mumtoz adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyasining
R E Z Y U M E S I
Mumtoz adabiyotida ranglarning ramziy ma’nosi va vazifasini o‘rganish adabiyotshunoslarimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo haqida M.Shayxzoda, Yo.Is’hoqov, A.Hayitmetov, I. Haqqulov kabi navoiyshunoslar o‘z tadqiqotlarida fikr yuritishgan. Lekin Navoiy lirikasidagi ranglar ma’nosi, ma’no qirralari genezisi, xalq og’zaki ijodi bilan uzviyligi haqida alohida tadqiqot bitinchi marta amalga oshirildi.
Ishning ilmiy yangiligi:
– ranglar genezisi simvolika darajasida tadqiq qilingan;
– xalq og‘zaki ijodidagi ranglar dinamikasi va Navoiy lirikasidagi ranglar dinamikasi birinchi marta qiyosiy tadqiq etilgan;
– Navoiy ijodida ranglar keng ko‘lamda ilk bor sistemeli tadqiq etilgan;
– Navoiy ijodidagi ranglar simvolikasini qo‘llashdagi an’anasi va mahorati har tomonlama tadqiq qilingan;
– Navoiy qo‘llagan ranglar simvolikasini shoir zamondoshlari va keyingi avlod ijodkorlari ijodiga ta’siri haqida ilk mukohazalar berilgan.
Ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bo‘limga ajratilgan 8 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatidan iborat.
Ishning asosiy mazmuni 1 alohida nashr va 8 ta ilmiy maqolalarda o‘z aksini topgan.
Ilmiy rahbar: I.Haqqulov.
2007 yil 9-sentabr.
Hozirda mamlakatimizda xorijliklarga tegishli ko‘plab tashkiotlar faoliyat olib bormoqda. Ularga ishga joylashish tanlov asosida bo‘lib, tanlovda qatnashchi bo‘lgan kishi o‘z mehnat faoliyati haqida rezyume yozib topshiradi.
3-mashq.Ilmiy jurnal yoki konferensiyalarda e’lon qilingan maqolalarga rezyume matnini yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |