Nuqta, odatda, eng ko‘p qo‘llaniladigan belgi hisoblanib, darak mazmundagi gaplarning so‘ngiga qo‘yiladi. Sarlavhalardan keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Vergul hujjat matnida qoliplashgan kirish so‘z birikmalaridan so‘ng, uuyushiq va ajratilgan bo‘laklar orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi. Masalan, “Shuni hisobga olib,…”, “Men, ikkinchi kurs talabasi Munavvar qizi... ”, “Shuni ma’lum qilamizki,..”kabi.
Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng, qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi.
Masalan: Talabaning majburiyatlari:
– kollej Nizomiga binoan oq xalat kiyish;
– nazariy dars va amaliy mashg’ulotlarda faol qatnashish;
– berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarish; va boshqalar.
Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi:
- matn tartkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi “quyidagilar”, “shu haqda”so‘zlaridan keyin. Masalan: “Yigi’lishgaquyidagilar qatnashdilar: Akbarov A., Hamidova Z. Haqberdiyeva O. Samiyev D. Yoqubova F. Azimova N. Abduraimov Sh.
–farmoyish hujjatlaridagi “buyiraman”,” qaror qiladi”, “bajarish maqsadida” kabi so‘z va so‘z birikmalaridan keyin;
Qavs hujjat matnlarining biror bo‘lagiga izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, miqdoriy ko‘ratgich qavs ichida beriladi. Masalan, 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘zlik. Xo‘jalik raisi ko‘pchilik ovoz bilan ikkinchi muddatga(2005-yil 23-yanvardan 2008-yil 23-yanvargacha) qayta saylandi.
▲ 2-tоpshiriq.Quyidа ajratib ko‘rsatilganso‘zlardan keyin qaysi tinish belgisi ishlatilishiga qarab guruhlarga bo‘ling.
1. Majlisgaquyidagilar qatnashdilar2.Shuni inobatga olib3. bаdiiy tаfаkkur vа ilmiy tаfаkkur, ulаr оrаsidаgi munоsаbаt, ulаrning o’zigа хоs qirrаlаri hаqidа tаlаbаlаrgа mа’lumоt vа bilim bеrish tаlаbаlаrdа ilmiy fаоliyatning fаlsаfа bilаn, хususаn, bilish nаzаriyasi bilаn bоg‘liq jihаtlаri hаqidа tushunchа hоsil qilish4. Yozma ishlarinsho, esse, matnlar, nazorat ishlar va b. imloviy, uslubiy savodxonligi va mantiqiy fikrlashi uchun5. Menyoshlar yetakchisiGulnoza Boymatova
Nuqta
|
Vergul
|
nuqtali vergul
|
ikki nuqta
|
Qavs
|
tire
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-mashq.Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari yordamida gaplar tuzing, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qiling.
Qabul qilib olingan narsalar, ilova, bir tomondan, e’tiborga olib, o‘quv yurtini tugatgach, ko‘chib kelganligi sababli, so‘zga chiqdilar, a’zolari, quyidagilar aniqlandi, shu haqdakim, tomonlarning huquqiy manzillari, o‘quv yurtining majburiyatlari, va boshqa buyumlari bilan ta’minlash, quyidagilar haqida tuzildi, da’vogar, javobgar.
2-mashq.Quyidagi gaplarda qo‘llangan qavs va tirening ishlatilish sabablarini tushuntiring. Gaplarni sinonimlari bilan almashtirib, daftaringizga ko‘chiring.
1. Rais– jamiyat bosh hisobchisi Ozoda Sobirova, a’zolari-rejalash bo‘limi iqtisodchisi Aziz Hayitov, hisobchi Dilarom Ravshanovlardan iborat komissiya-2002-yil 3-martda taftish o‘tkazdi. 2. Muhandis O.Yo‘ldoshevni hisoblash texnikasi bo‘yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (2003-yil 15-yanvardan2003-yil 15-martgacha) tajriba o‘tashga qabul qilishingizni so‘raymiz. 3. Qabul qilib olingan narsalar: 1) korxonada ishlovchi 128 xodimning shaxsiy hujjatlari (ro‘yxatga ilova qilindi); 2002-2003-yillar uchun 54 hujjat(ro‘yxat ilova qilindi). 4. Dalolatnoma 2 nusxada tuzildi: 1-nusxa-jamiyatning kadrlar bo‘yicha nazoratchisiga, 2-nusxa hujjatlar yig‘majildiga solib qo‘yish uchun. 5. Hammasi bo‘lib 14850 (o‘n to‘rt ming sakkiz yuz ellik) dona kitob olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |