Xakamlar shuningdek, o‘yinchi 2 daqiqaga chiqarilib yoki diskvalifikatsiya qilinganda taym-aut berishlari mumkin.
To‘p
To‘p charm yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi. U doira shaklida bo‘lib, tashqi qavati sirpanchiq va yaltiroq bo‘lmasligi shart.
To‘pning o‘lchami, ya’ni aylanasi va vazni xar xil yoshdagi jamoalar uchun quyidagicha bo‘lishi kerak:
58-60 sm va 425-475 (XGF raqami 3) erkaklar va o‘smirlar (16 yoshdan yuqori) jamoasi uchun;
54-56 sm va 325-375 (XGF raqami 2) ayollar, qizlar (14 yoshdan yuqori) va o‘smirlar (12 dan 16 yoshgacha) jamoalari uchun;
50-52 sm va 290-330 (XGF raqami 1) qizlar (8 dan 14 yoshgacha) va ug‘il bolalar (8 dan 12 yoshgacha) jamoalari uchun.
Asosiy qoidalar
Har jamoada ettitadan o‘yinchi bo‘lib, oltita maydon o‘yinchisi va bitta darvozabondan tashkil topadi. O‘yinni maqsadi qarama-qarshi jamoa darvozasiga imkon qadar ko‘p gol urishdan iborat.
To‘p bilan barcha harakatlar faqat qo‘lda bajariladi, agar to‘p o‘yinchi tanasining tizzadan past qismiga tegsa unda qoida buzilgan bo‘ladi. Darvozabon jamoasini goldan himoya qilishda, tanasining xoxlagan qismi bilan to‘pga teginish ruxsat etiladigan yagona o‘yinchidir.
Har qanday o‘yinchi to‘p bilan uch qadam tashlashi mumkin. Agar o‘yinchi to‘p bilan uchdan ortiq qadamni amalga oshirsa o‘yin qoidasi buzilgan hisoblanadi va bu, “ortiqcha qadam” deb ataladi. O‘yinchi to‘pni qabul qilgandan so‘ng, uch soniyagacha ushlab turishi mumkin.
Maydon o‘yinchilari 6 metrli yarim aylanadan iborat darvozabon maydoniga kirishlari mumkin emas. Gandbol o‘yinidagi harakatlarning ko‘pchilik qismi 6 metrli yarim aylanadan iborat darvozabon maydoni oldida sodir bo‘ladi.
Agarda to‘p maydonni yon chizig‘ini to‘liq kesib o‘tsa o‘yindan chiqib ketgan hisoblanadi. YOn chiziqdan to‘p tashlash hakam hushtagisiz, to‘p chiqib ketishdan oldin to‘pga tegmagan jamoa o‘yinchilari tomonidan bajariladi. YOn chiziqdan to‘p tashlash to‘pning yon chiziqdan chiqib ketgan joyidan o‘yinga kiritiladi. To‘p tashlashni bajarayotgan o‘yinchi to‘pni qo‘ldan chiqargunga qadar bir oyog‘i bilan yon chiziqni bosib turishi shart.
Hujum qilayotgan o‘yinchi o‘z ko‘kragi yoki elkasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatsiz turgan himoyachini ustiga harakat qilsa yoki himoyachiga urilsa “hujumdagi hato” ya’ni o‘yin qoidasi buziladi.
O‘yinchi to‘pni erga urib yurib va qo‘liga olib yana takroran erga urib yursa qoida buzilgan hisoblanadi.