Qo‘l to‘pi o‘yin qoidalari.
Gandbol kuchli va hayajonli mashhur o‘yin. Dunyoning 25 miliondan ortiq axolisi ushbu sport turi bilan shug‘ullanishadi. Evropada bu futboldan so‘ng eng mashhur sport turi hisoblanadi. Umuman o‘yin o‘zida futbol, basketbol va polo sport turlaridagi harakatlarni namoyon qiladi. Bu erda o‘yinning eng muhim jihatlari haqida tez ma’lumot olasiz.
O‘yin maydoni
O‘yin maydoni (1-rasm) uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to‘rt burchakdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga ikki darvoza maydonini oladi. Maydonni belgilovchi bo‘ylama chiziq, yon chiziq, ko‘ndalang chiziq, yuza chiziq deb ataladi.
O‘yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo‘lishi lozim.
Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegaralangan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo‘lib, ular aniq va ravshan ko‘rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o‘tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |