Quyidagi harakatlarga o‘yin davomida ruhsat etilmaydi:
a) raqib qo‘lidan to‘pni yulib olish yoki urib tushirish;
b) qo‘l va oyoq bilan raqibni siljitish;
v) ushlab qolish, turtish, raqib ustiga sakrash;
g) o‘yin qoidasini buzib, raqib harakatlariga havf tug‘diruvchi harakatlar qilish.
Ogohlantirishlar
Ogohlantirish quyidagi vaziyatlarda berilishi mumkin:
a) o‘yin vaziyatida bo‘lmagan raqibga nisbatan qoida buzilsa;
b) har bir toboro o‘sib boruvchi qoida buzishlar amalga oshirilganda;
v) jamoning rasmiy kishisi va o‘yinchisi so‘z bilan yoki jismoniy sportchiga hos bo‘lmagan harakatlar qilsa.
Har bir o‘yinchi faqat bir marta ogohlantiriladi, jamoa esa 3 martadan ortiq ogohlantirilmaydi. 2 daqiqaga o‘yindan chetlatilgan o‘yinchi keyinchalik ogohlantirish olishi mumkin emas.
Diskvalifikatsiya
Diskvalifikatsiya qilinishi shart:
a) raqiblar sog‘ligiga havfli qoida buzarlikka yo‘l qo‘yilsa;
b) bir o‘yinchi uchinchi marta o‘yindan chetlatilsa;
v) sportchiga xos bo‘lmagan holat uchinchi marta qaytarilsa (yoki takrorlansa) va jamoaning ma’sul shahslaridan birortasi avval 2 daqiqa o‘yindan chetlatishga jazolangan bo‘lsa.
Diskvalifikatsiya holati o‘yinchi yoki jamoaning rasmiy vakili uchun ushbu o‘tkazilayotgan o‘yin oxirigacha amal qilinadi. Taym-aut e’lon qilingandan so‘ng hakamlar ayblanuvchi o‘yinchi yoki jamoa vakilini diskvalifikatsiya qilish uchun qizil kartochka yordamida qo‘lini yuqori ko‘taradi (13-jest; qizil kartochka o‘lchami taxminan 9x12 sm). Bu holatni bevosita sekretar (sekundometriss) qayd etadi.
Darvozabon o‘yini bilan bog‘liq qoidalar
Darvozabonga ruxsat etiladi:
a) darvozabon maydonchasida butun o‘yin jarayonida gavdaning barcha qismlari bilan to‘pga tegishga;
b) darvoza maydonchasi ichida to‘p bilan maydon o‘yinchilari qoidalarga rioya qilmasdan harakat qilishga, hamda darvozabon tomonidan to‘pni uzatishni kechiktirishga ruxsat berilmaydi;
v) to‘psiz darvoza maydoniga chiqib va maydonda o‘yinda ishtirok etish, uholda darvozabon maydon o‘yinchilari umumiy qoidalariga rioya qiladi;
g) darvoza maydonidan chiqib, to‘p bilan o‘ynashi mumkin, agar u tomonidan darvoza maydonchasida to‘p uning nazoratida bo‘lmasa.
Darvozabonga ruhsat etilmaydi:
a) darvozani himoya qilish jarayonida raqiblarga xavf tug‘dirish;
b) O‘zining nazoratida bo‘lgan to‘p bilan darvoza maydonchasidan chiqish yoki kirish;
v) darvozabon tomonidan maydonga tashlangan to‘pga boshqa o‘yinchilar tegmasdan, darvozabon yana to‘pga tegishi man etiladi;
g) raqib tomonidan 7 metrlik jarimani bajarishda to‘p o‘yinchining qo‘lidan chiqmasdan avval 4 metrlik masofani belgilovchi chiziqdan o‘tish.
Gandbol tezkor va jadal o‘rganish oson bo‘lgan o‘yindir, chunki undagi harakatlar kundalik hayotda uchraydigan: yurish, yugirish, sakrash kabi harakatlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |