Quyidagi harakatlarga o‘yin davomida ruhsat etiladi:
a) to‘pni egallash va to‘sish uchun qo‘l va panjalardan foydalanish;
b) raqibning har tomonidan to‘pni tushirish uchun ochiq panjadan foydalanish;
v) raqibga to‘siq qo‘yish uchun gavdadan foydalanish, hatto u to‘pni egallagan bo‘lsa ham;
g) raqib harakatlarini nazorat qilish uchun uni oldidan qo‘l bilan to‘xtatish va ushlab qolish.
6 metrli darvozabon maydoni va 9 metrli erkin to‘p tashlash chizig‘i orasida himoyachi tomonidan qoida buzilsa, qoida buzilgan joyning to‘g‘risidan ya’ni 9 metrli erkin to‘p tashlash chizig‘idan o‘yin davom qildiriladi. Agar o‘yin qoidasi ikkala 9 metrli erkin to‘p tashlash chizig‘i orasida buzilsa, to‘pni egallagan jamoa qoida buzilgan joydan o‘yinni davom qildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |