Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXI

Maxfiy nota

Zero o‘zim hikoya qilayotgan bu voqealarni 

men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, agar o‘zim 

ko‘ra turib ham yanglishgan bo‘lsam, har holda 

bu gaplarni hikoya qila turib, sizni aldayotganim 

yo‘q.


Muallifga kelgan maktubdan.

Markiz Jyulenni o‘z huzuriga chaqirdi, janob de lya Mol yosharib 

ketgandek tuyulardi, uning ko‘zlari chaqnab turardi.

– Siz bilan xotirangiz haqida gaplashmoqchiman, – dedi u Jyulen-

ga. – aytishlaricha, bu qandaydir mo‘jiza emish! To‘rt sahifa gapni yod 

olishga, so‘ngra Londonga borib, u yerda bu gaplarni oqizmay-tomiz-

may takrorlashga qurbingiz yetadimi? Lekin biror so‘zda ham xato 

qilmasligingiz lozim!

Markiz qo‘lida «Kundalik» gazetasini asabiy g‘ijimlaganicha fav-

qulodda jiddiy gapirayotganini yashirishga behuda harakat qilardi. 

Jyulen uni gap hatto Friler bilan sudlashuvga taalluqli ishlar haqida 

ketganida ham bu qadar jiddiy holda ko‘rmagandi.

Jyulen endi ancha tajriba orttirgan bo‘lib, markiz hazil ohangida 

so‘zlashga harakat qilayotganiga qaramay, bu gaplarni mutlaqo jiddiy 

qabul qilishi lozimligini tushunib turardi. 

– Manovi «Kundalik» gazetasida qiziq gaplar bo‘lmasa kerak, lekin 

janob markiz ijozat etsalar, men ertaga ertalab uni butunlay yoddan 

aytib berish sharafiga muyassar bo‘lgayman.

– Rosti bilan-a? Hatto e’lonlarni hammi?

– Ha, boshidan oxirigacha bir og‘iz ham so‘z qoldirmay aytib 

beraman.

– Gapingizning ustidan chiqasizmi, shuni menga va’da qila ola-

sizmi? – deya so‘radi markiz kutilmaganda g‘oyat jiddiylik bilan.

– Ha, afandim, faqat va’damni bajara olmaslik oldidagi qo‘rquv 

xotiramni zaiflashtirib qo‘ymasa, albatta.

– Bilasizmi, kecha bu haqda sizdan so‘rashni unutib qo‘yibman. 

Men sizni eshitadigan gaplaringizni hech qachon va hech kimga ayt-

maslik haqida ont ichishga majbur qilmoqchi emasman. Zero sizni 




413

juda yaxshi bilaman va bunday shubha siz uchun haqorat bo‘lishini 

tushunaman. Men siz uchun kafolat berdim. Sizni bir uyga olib bora-

man. U yerda o‘n ikki kishi yig‘iladi. Siz ulardan har biri nima deyishini 

aniq-taniq qilib yozib olmog‘ingiz kerak.

Qo‘rqmang, bu umumiy, mavhum suhbat bo‘lmaydi, hamma o‘z 

navbati bilan gapiradi. Bu tartibga qat’iy rioya qilinadi degani emas, 

albatta, – deya qo‘shimcha qildi markiz yana o‘ziga xos yengil, hazil 

ohangiga o‘tar ekan. – Biz so‘zlar ekanmiz, siz yigirma betcha gapni 

yozib olasiz, keyin siz bilan uyga qaytamiz-da, bu yigirma betni to‘rt 

sahifa holiga keltiramiz. Ertaga siz menga butun «Kundalik» gazetasi 

o‘rniga ana shu to‘rt sahifani yoddan aytib berasiz. So‘ngra siz darhol 

yo‘lga chiqasiz: siz pochta karetasida jo‘naysiz va o‘zingizni ko‘ngil 

xushi uchun sayohat qilib yurgan yigit qilib ko‘rsatasiz. Vazifangiz 

– o‘zingizni hech kimga sezdirmaslik. Siz juda baland martabali 

odamning oldiga borasiz. U yerda endi biroz epchillik ko‘rsatmog‘ingiz 

lozim bo‘ladi. Gap shundaki, siz uning atrofidagi barcha odamlarni 

aldamog‘ingiz kerak, zero uning kotiblari va xizmatkorlari orasida 

dushmanlarimizga sotilgan odamlar bor, ular bizning vakillarimizni 

poylab yurishadi va ularni qo‘lga tushirishga harakat qilishadi. Sizga 

tavsiyanoma yozib beramiz, lekin aslida uning hech qanday ahamiyati 

bo‘lmaydi.

Zoti oliylari sizga qaragan zahoti cho‘ntagingizdan mening soatim-

ni chiqarasiz – mana u, sayohatga borib kelguningizcha uni sizga berib 

turaman. Marhamat, olib qo‘ying, o‘zingiznikini esa menga bering.

Siz yodingizga jo qiladigan o‘sha to‘rt sahifa gapni gersogning 

shaxsan o‘zi yozib oladi.

Shu ish bajarilganidan so‘ng, yodingizda bo‘lsin, sira ham oldin 

emas, siz zoti oliylariga, agar ul kishi so‘rashni lozim topsalar, hozir 

o‘zingiz ishtirok etadigan majlis haqida so‘zlab berasiz.

O‘ylashimcha, yo‘lda zerikmasangiz kerak, zero Parij bilan mi-

nistrning qarorgohi orasidagi masofada janob abbat Sorelni gumdon 

qilish orzusida yurgan talaygina odam topiladi. U holda janob abbat 

topshiriqni bajarolmay qoladilar va menimcha, bizning ishimiz ancha 

cho‘zilib ketadi, zero, azizim, biz sizning halokatingiz haqida qanday 

xabar topamiz axir? Sizning g‘ayratingiz bu xususda o‘zingiz xabar 

qilish darajasiga olib bormasa kerak, albatta.

– Hozir borib, o‘zingizga kostyum xarid qiling, – dedi markiz yana 

jiddiy tortib. – Aytaylik, ikki yil muqaddam rasm bo‘lgan kiyimlardan 



414

oling. Bugun kechqurun siz o‘zining tashqi qiyofasiga uncha e’tibor 

bermaydigan odam bo‘lib ko‘rinmog‘ingiz kerak. Yo‘lda esa, aksincha, 

odatdagidek kiyinib ketaverishingiz kerak. Ajablanyapsiz, chog‘i? 

Gumondorligingiz ishga tushib ketdimi deyman? Ha, do‘stginam, siz 

nutqini eshitadigan muhtaram zotlardan biri kerakli odamlarga ba’zi 

ma’lumotlarni berishi mumkinki, oqibatda janob Sorelni shodiyona 

kutib olishgan bironta mehmonxonada uni qoyillatib nasha bilan 

siylashlari mumkin.

– Undan ko‘ra, to‘g‘ri yo‘ldan yurmay yuz chaqirim naridan aylanib 

o‘tgan ma’qul, – dedi Jyulen. – Menimcha, gap Rim haqida ketyapti 

shekilli...

Markizning qiyofasida shu qadar takabbur va norozi bir ifoda 

paydo bo‘ldiki, Jyulen uni Brey-le-O monastirida uchratganidan buyon 

bu ahvolda ko‘rmagan edi.

– Bu haqda, taqsir, o‘zim xabar qilishni lozim ko‘rgan paytdagina 

bilasiz. Men savol berishlarini yoqtirmayman.

– Bu savol emasdi, – deya qizg‘in e’tiroz bildirdi Jyulen. – Qa-

sam ichishim mumkin, afandim, men shunchaki ovoz chiqarib 

o‘ylayotgan edim. O‘zimcha eng xavfsiz yo‘lni qidirmoqda edim,  

xolos.

– Ha, xayolingiz bir joyda emasdi, chamamda. Yodingizda bo‘lsin, 



elchi, buning ustiga, sizning yoshingizdagi elchi sira ham birovning 

ishonchiga da’vo qiladigan odam bo‘lib ko‘rinmasligi darkor.

Jyulenning nihoyatda ruhi tushib ketdi, chindan ham u bema’ni 

gap aytgan edi. Uning nafsoniyati o‘zini oqlamoqchi bo‘lar, biroq bunga 

yetarli dalil topa olmas edi.

– Yana bir narsani tushunib oling, – deya qo‘shimcha qildi janob de 

lya Mol, – odam bema’ni ish qilsa bormi, keyin darhol bo‘shanglikka 

ham yo‘l qo‘yishi mumkin.

Oradan bir soat o‘tgach, Jyulen markizning dahlizida paydo bo‘ldi, 

u egniga rasmdan qolgan kostyum kiygan va bo‘yniga ohori to‘kilgan 

galstuk taqib olib, butun qiyofasida allaqanday malaylarga xos zalil 

ifoda paydo bo‘lgandi.

Uni ko‘rib markiz xaxolab kulib yubordi, shundan so‘ng u bata-

mom Jyulenning aybidan o‘tdi.

«Agar shu yigit ham menga xiyonat qilsa, – deya o‘ylardi janob 

de lya Mol, – u holda kimga inonmog‘im kerak? Axir harakat bosh-

laganingdan so‘ng kimgadir ishonmog‘ing kerak-ku. O‘g‘lim Norber 



415

va uning o‘ziga o‘xshash ajoyib do‘stlarida jasorat ham, sadoqat ham 

yuz ming kishiga yetib ortardi, agar jang qilish lozim bo‘lsa, ular 

toj-u taxt hikoyasi uchun o‘zlarini qurbon qilgan bo‘lardilar, ularning 

qo‘lidan hamma ish keladi. Faqat hozirgi daqiqada bajarish lozim 

bo‘lgan ishni eplay olmaydilar, xolos. Yo‘q, to‘rt sahifa gapni yod olish 

va qo‘lga tushmay to‘rt yuz-besh yuz chaqirim yo‘lni bosib o‘tishni 

ulardan birontasi ham eplolmaydi. Norber o‘z ajdodlari kabi sha’niga 

dog‘ tushirmay halok bo‘la oladi, biroq bu ish har bir rekrutning ham 

qo‘lidan keladi-ku...»

Shundan so‘ng markiz chuqur xayolga botdi. «Unday desam, 

manovi Sorel ham o‘limdan qo‘rqmaslikda Norberdan qolishmasa 

kerak», – deya dilidan o‘tkazdi u va xo‘rsinib qo‘ydi.

– Yaxshi, ketdik bo‘lmasam, – dedi markiz go‘yo noxush bir xayolni 

quvmoqchi bo‘lgandek.

– Afandim, – dedi Jyulen, – manovi kiyimni menga moslab qayta 

tikishayotganida kamina bugungi «Kundalik» gazetasining birinchi 

sahifasini yodlab oldim. 

Markiz gazetani qo‘liga olgan edi, Jyulen bitta ham so‘zda xato qil-

may butun sahifani yoddan aytib berdi. «Juda yaxshi, – dedi o‘ziga-o‘zi 

bugun haqiqiy diplomat bo‘lib qolgan markiz. – Hech bo‘lmaganda 

yigitcha biz ketayotgan yo‘llarni eslab qolmaydi-ku».

Ular bir qismiga taxta panellar qoplanib, ba’zi joylari yashil baxmal 

bilan bezatilgan ko‘rimsizgina mehmonxonaga kirib borishdi. Xona 

o‘rtasida qovog‘i soliq malay katta ovqat stolini ikki yoqqa kengay-

tirmoqda edi. So‘ngra u stol ustiga allaqaysi ministrlikning sarqiti 

bo‘lmish ulkan ko‘k movutni yopib, uni yozuv stoliga aylantirdi.

Uy egasi juda semiz odam edi, uning ismi biron marta ham tilga 

olinmadi, Jyulenning miyasiga uning basharasi ham, nutqi ham faqat 

hazmi taomni o‘ylaydigan odamni eslatadi, degan fikr keldi.

Markizning ishorasi bilan u stolning eng chetiga borib o‘tirdi. 

Shunday vaziyatga munosib qiyofaga kirmoq uchun u qalamlarning 

uchini ocha boshladi. U zimdan nazar tashlab, suhbatdoshlarning yetti 

kishi ekanligini bilib oldi. Biroq yigitga ularning yelkalarigina ko‘rinib 

turardi. Ulardan ikki kishi janob de lya Mol bilan teng odamlardek 

gaplashar, qolganlari esa unga ma’lum qadar izzatini o‘rniga qo‘yib 

muomala qilishar edi.

Hech qanday ma’ruzasiz yana allaqanday bir janob kirib keldi. «Juda 

g‘alati-ku, – deya o‘yladi Jyulen. – Bu yerda kirib kelgan odamning ismi 



416

sharifini ham aytishmas ekan. Yoki bu kaminaga nisbatan ko‘rilgan eh-

tiyot chorasimikin?» Barcha kirib kelgan odamga salom berib o‘rnidan 

turdi. U ham ko‘kragiga mehmonxonada hozir bo‘lgan yana uch kishi 

kabi ancha e’tiborli ordenlar taqib olgan edi. Ular juda sekin gapirish-

moqda edilar. Jyulen yangi kelgan odam haqida uning yuz tuzilishi va 

qomatiga qarabgina hukm yurita olardi. Past bo‘yli, miqtidan kelgan, 

ikki yuzi qip-qizil bu odamning chaqnab turgan ko‘zlarida yovvoyi 

to‘ng‘izning shiddatkorligidan bo‘lak hech qanday ma’no uqib bo‘lmasdi.

Uning ortidan deyarli izma-iz kirib kelgan boshqa bir odam darhol 

Jyulenning e’tiborini o‘ziga tortdi. Bu juda novcha va nihoyatda ozg‘in 

bir odam edi, u egniga kamida uch yoki to‘rt jilet kiyib olgandi. Uning 

ko‘zlari muloyim, xatti-harakatlari nazokatli edi.

«Yuz tuzilishi Bezanson yepiskopining xuddi o‘zginasi ekan», – deya 

xayoldan o‘tkazdi Jyulen. Bu odam ruhoniylar toifasidan bo‘lib, yoshi 

ellik-ellik beshlarda edi, u chindan ham avliyolarga o‘xshab ketardi.

Mehmonxonaga Agdaning yosh yepiskopi kirib keldi. U hozir 

bo‘lgan odamlarga ko‘z yugurtira turib, Jyulenni ko‘rib qolgach, yuzida 

kuchli hayrat aks etdi. Brey-le-Odagi sanam yurishidan buyon u Jyulen 

bilan biron marta ham gaplashmagan edi. Uning bunday ajablanib qa-

rashi Jyulenni ham xijolatga soldi, ham jahlini chiqardi. «Bu qanaqasi 

axir! – derdi u o‘ziga-o‘zi. – Nahot biror odamni tanishim menga doim 

qandaydir to‘siq bo‘lib kelaversa? Ilgari umrim bino bo‘lib ko‘rmagan 

manovi yuksak martabali odamlardan birontasi ham meni xijolatga 

solayotgani yo‘q, lekin manovi yosh yepiskopning nigohidan esa naq 

yuragim orqaga tortib ketyapti. Shuni tan olmog‘im kerakki, men 

chindan ham qandaydir g‘alati va badbaxt bir odamman».

Sochlari qop-qora, jikkakdan kelgan bir odam mehmonxonaga 

ola-tasir qilib kirib keldi-da, eshikda ko‘ringan zahoti labi labiga teg-

may sannab ketdi: uning yuzi sarg‘ish bo‘lib, o‘zi telbasifat bir kimsa 

edi. Bu xudobezor vaysaqi paydo bo‘lishi bilan mehmonlar, chamasi, 

uning gaplariga quloq solishdan qutulmoq uchun bo‘lsa kerak, to‘da-

to‘da bo‘lib tarqab ketishdi.

Suhbatdoshlar kamindan uzoqlashar ekanlar, asta-sekin stolning 

Jyulen o‘tirgan chetiga yaqinlashib kelardilar. U borgan sayin mushkul-

roq ahvolga tushib borardi. zero, oxir-oqibatda, u qanchalar harakat 

qilmasin, ularning so‘zlarini eshitmay iloji yo‘q edi va tajribasi juda 

kam bo‘lishiga qaramay, yigit bu yerda ochiqdan-ochiq aytilayotgan 

gaplarning naqadar muhimligini juda yaxshi tushunardi, Jyulen bu 



417

yerda ko‘rib turgan yuksak martabali zotlarning hammasi bu gaplar-

ning bari qattiq sir saqlanishidan so‘zsiz manfaatdor edilar!

Jyulen, garchi qalamlarning uchini juda sekin ochishga harakat 

qilayotgan bo‘lsa-da, ulardan kamida o‘ntachasini ochib bo‘lgan edi, 

o‘zining dovdirab qolganini bu ish yordamida yashirishning ortiq 

iloji qolmadi. U janob de lya Molning ko‘zidan biror buyruq uqib 

olishga urinib bekor ovora bo‘ldi, markiz uni unutib qo‘ygan edi.

«Hozir men qilayotgan ish ularga, turgan gap, juda bema’ni bo‘lib 

ko‘rinayotgan bo‘lsa kerak, – deya mulohaza yuritardi Jyulen qa-

lamlarning uchini ochishda davom etar ekan, – biroq aft-angori shu 

qadar oddiy bo‘lgan bu odamlar, o‘zlari ixtiyor qilibmi yoki boshqa 

birovlarning topshirig‘i bilanmi, shunday muhim ishlar bilan shug‘ul-

lanishyaptiki, nihoyatda ehtiyot bo‘lmoqlari lozim. Mening badbaxt 

ko‘zlarimda, chamasi, hayrat va takallufsizlik aks etayotgan bo‘lsa 

kerak, bu esa, shubhasiz, ularning izzat-nafsiga tegishi mumkin. Nuqul 

yerga qarab o‘tiravergan taqdirimda esa, go‘yo ularning bironta ham 

so‘zini qoldirmay eshitayotgan odamga o‘xshab ko‘rinaman».

Yigit nihoyatda esankirab qoldi, u juda g‘alati gaplarni eshitmoq-

da edi.



Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish