Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XVII

Ko‘hna shamshir

I now mean to be serious, – it is time.

Since 1aughter now-a-days is deem’d too serious

A jest at Vice by Vittue’s call’d a crime.



Don Juan, c. XIII, st. 71.

44

U tushki ovqatga chiqmadi. Kechqurun u mehmonxonada bir 

daqiqa paydo bo‘ldi-yu, lekin Jyulenga hatto qiyo ham boqmadi.  Uning 

o‘zini bunday tutishi yigitga juda g‘alati tuyuldi. «Darvoqe, – deya 

o‘ylardi u, – ochig‘ini aytsam, kiborlar jamiyatining barcha bu odob 

qoidalarini men har kuni kuzatadigan eng oddiy narsalar orqaligina 

bilaman. Keyin uning o‘zi bu gaplarning barini tushuntirib beradi, 

44

 Yig‘ib olay es-hushim, hozir kulguni har goh 



Qattiq qoralaydilar. Yaxshilig-u hazilni 

Illatlardan ko‘p baland qo‘ymoq gunohdir, gunoh.



 

 

 

      B a y r o n. Don Juan, XIII bob, 71-band.


384

albatta». Biroq u qizning bu xatti-harakatiga juda qiziqib qolib, Matil-

daning yuzidagi ifodaga diqqat bilan tikildi. Jyulen shu tobda uning 

ters va badjahl ekanligini o‘zicha e’tirof etmay iloji yo‘q edi. Albatta, 

bu kecha u tunda sevgi ehtiroslariga berilgan yoki o‘zini shunday 

qilib ko‘rsatgan ayolga mutlaqo o‘xshamasdi. O‘shanda Matilda bu 

ehtiroslarga shu qadar jon-jahdi bilan berilgan ediki, Jyulenning dilida 

uning samimiyligiga shubha tug‘ilgandi.

Ertasi kuni, indini ham qiz o‘zini shundoq sovuq tutdi, u Jyulenga 

qaramasdi, uni ko‘rishni mutlaqo istamasdi! Dilidagi bezovtalikdan 

azob cheka boshlagan Jyulen birinchi kuni uni juda ruhlantirib yubor-

gan o‘sha g‘olibona his-tuyg‘ulardan o‘zini benihoya uzoq his etardi. 

«Bokiralik yo‘lidan chetga chiqqaniga pushaymon bo‘lmayaptimikan 

ishqilib?» – deya o‘ylardi Jyulen. Biroq takabbur Matildaga nisbatan 

bunday taxmin qilish unga kaltabinlikdek tuyulardi.

«Kundalik hayotda u dinni mutlaqo tan olmaydi, – deya muhokama 

yuritardi yigit. – U shunchaki tabaqasiga foydali bo‘lgani uchungina 

dinga ixlos qo‘ygan.

Ehtimol, u shunchaki ayollarga xos injiqlik yuzasidangina shun-

day tuzatib bo‘lmas ish qilib qo‘yganidan qattiq afsuslanayotgandir». 

Jyulenning nazarida, u qizning hayotidagi birinchi oshiq edi.

«Biroq, – derdi u o‘ziga bir necha daqiqadan so‘ng, – men, rostini 

aytsam, uning xulq-atvorida hech qanday soddalik, hech qanday 

ma’sumalik yoki nazokatni sezmayapman. Hali hech qachon uning 

o‘zini shunday hozirgina taxtdan tushib kelgan qirolichadek tutganini 

ko‘rmagan edim. Mendan nafratlanmayotganmikin ishqilib! Bu ish 

uning qo‘lidan keladi: axir u mening zoti past ekanligimni eslab, qilgan 

ishidan pushaymon bo‘lishi mumkin-ku».

Turli kitoblardan o‘qib olingan va o‘zining Verrer xotiralariga 

asoslangan soxta tasavvurlari oqibatida Jyulen o‘z xayolida seviklisi-

ni baxtiyor qilganidan so‘ng butun borligini unutib qo‘yadigan yor 

haqida o‘ylab yurar ekan, Matildaning junbishga kelgan g‘ururi unga 

qarshi isyon ko‘tarmoqda edi.

O‘tgan shu ikki oy mobaynida qiz sira zerikmagani tufayli zeri-

kishdan qo‘rqmay qo‘ygandi va shu yo‘sinda Jyulen o‘zining eng katta 

ustunligidan mahrum bo‘lgandi. Yigitning o‘zi esa bundan mutlaq 

bexabar edi.

«Shunday qilib, men o‘zimga hukmdor orttirib oldim, – derdi 

o‘ziga-o‘zi m-l de lya Mol iztirob chekib, xonasida u yoqdan-bu yoq qa 



385

yurar ekan. – U nihoyatda olijanob yigit, bularning bari juda yaxshi 

albatta, lekin biror gap bilan uning izzat-nafsiga qattiqroq tegsam 

bormi, oramizdagi munosabatni oshkor qilib, mendan o‘ch oladi». 

Asrimizning boshiga bitgan balo ham ana shunda: hatto eng tel-

ba-teskari ishlar ham kishini zerikishdan xalos eta olmaydi. Jyulen 

Matilda ko‘ngil qo‘ygan birinchi yigit edi. Hayotida shunday hol sodir 

bo‘lganida hatto eng bag‘ritosh odamlar ham shirin orzu-istaklarga 

beriladigan bir paytda qiz qayg‘uli o‘y-xayollarga botib qolgandi.

«Men unga tobe bo‘lib qoldim, zero uning hukmronligi qo‘rquv-

ga asoslangan. Agar toqatini toq qilgudek bo‘lsam, u meni qattiq 

jazolashi mumkin». Qizning Jyulenni yomon ko‘rib qolishi uchun shu 

fikrning o‘zi ham kifoya qilardi, chunki uning tabiatidagi asosiy xislat 

jasurlik edi. U o‘z kelajagini xavf ostiga qo‘yish haqida o‘ylagan zahoti 

jonlanib ketardi va muttasil qaytalab turadigan zerikish dardidan 

forig‘ bo‘lardi.

Uchinchi kuni m-l de Mol qaysarlik bilan unga qarashni is-

tamayotganini ko‘rgan Jyulen uning kayfiyatiga xilof ish qilayot-

gan bo‘lsa-da, tushki ovqatdan so‘ng qiz ortidan bilyardxonaga  

kirdi.


– Bu deyman, taqsir, – dedi Matilda g‘azabini arang bosib, – agar 

siz bilan so‘zlashishni istamayotganimni ko‘ra-bila turib men bilan 

gaplashmoqchi bo‘layotgan ekansiz, meni o‘zingizga tobe qilib oldim, 

deb o‘ylayapsiz shekilli? Dunyoda hali hech kim bunday beadablik 

qilishga jur’at etmaganidan xabaringiz bormi o‘zi?

Bu ikki o‘ynashning suhbatidan ham kulgiliroq narsani tasavvur  

qilishning o‘zi qiyin bo‘lsa kerak, ular o‘zlari ham sezmagan holda 

bir-birlaridan qattiq nafratlana boshladilar. Ularning ikkovi ham 

betoqat odam bo‘lgani, shu bilan birga, qiz ham, yigit ham odob 

saqlashga o‘rganib qolgani boisidan gapni cho‘zib o‘tirmay, bir-birlariga 

nisbatan ko‘ngillari mutlaqo soviganini e’lon qilishdi.

– Ont ichaman, bu gaplarning bari umrbod sir bo‘lib qoladi, – dedi 

Jyulen. – Yana shuni ham aytib qo‘yayki, agar bunday ko‘zga yaqqol 

tashlanadigan keskin o‘zgarish tufayli sha’ningizga dog‘ tushishi 

mumkinligini o‘ylamaganimda bundan buyon sizga bir og‘iz ham so‘z 

aytmagan bo‘lardim. – U ehtirom bilan ta’zim qildi-da, bilyardxonadan 

chiqib ketdi.

Shu paytga qadar u o‘z burchi deb hisoblaydigan narsaga osongina 

amal qilib kelardi, u m-l de lya Molni chindan ham sevishi mumkin-



386

ligini hatto xayoliga ham keltirmagandi. So‘zsiz, uch kun burun uni 

qimmatbaho yog‘ochdan ishlangan katta shkafga yashirib qo‘yganida 

Jyulen hali qizni sevmasdi. Biroq ular bir umrga arazlashib qolish-

ganini tushungach, yigitning dilidagi barcha his-tuyg‘ular bir zumda 

ayqash-uyqash bo‘lib ketdi.

Uning shafqatsiz xotirasi darhol aslida Jyulenning qalbiga sira 

ham ta’sir etmagan o‘sha tunning barcha tafsilotlarini jonlantira  

boshladi.

Ular orani ochiq qilishganidan so‘ng bir kun o‘tgach, tunda Jyulen 

m-l de lya Molni sevishini o‘zicha tan olishga majbur bo‘lib, aqldan 

ozay dedi.

Bu kashfiyotdan so‘ng uning dilida shunday dahshatli bir ichki 

kurash boshlandiki, go‘yo barcha his-tuyg‘ulari oyog‘i osmondan 

bo‘lib ketgandek tuyuldi.

Oradan bir hafta o‘tdi: u endi mag‘rurlik bilan janob de Kruaz-

nuaga parvo qilmay yurish o‘rniga uning quchog‘iga otilishga va 

raqibining ko‘ksiga bosh qo‘yib yig‘lashga tayyor edi.

U boshiga tushgan bu kulfatga biroz ko‘nikib qolgach, es-hushini 

yig‘ib oldi-da, Langedokka jo‘nashga ahd qildi. U narsalarini yo‘l 

sandig‘iga joylab, pochta hovlisiga jo‘nadi.

Pochta stansiyasida unga, omadingiz bor ekan, ertaga Tuluzaga 

jo‘naydigan pochta karetasida bitta bo‘sh joy bor, deb aytishganida 

yigit hushidan ketib yiqilishiga sal qoldi. U o‘sha joy uchun pul to‘la-

di-da, markizga o‘zining jo‘nab ketayotganini xabar qilib qo‘ymoq 

uchun de lya Mol saroyiga qaytdi.

Janob de lya Mol uyda yo‘q ekan. Jyulen nafasi ichiga tushib, uni 

kutib turmoq uchun kutubxonaga yo‘l oldi. Yigit u yerda m-l de lya 

Molni ko‘rib qolganida holi ne kechganini bilsangiz edi!

Uni ko‘rgach, qizning yuzida shunday bir adovat aks etdiki, bu 

tuyg‘uning yigitga qaratilganiga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin 

emasdi.


Kutilmagan bu uchrashuvdan esankirab qolgan Jyulen, alam 

shiddatidan o‘zini tutib turolmay, qalb qa’ridan chiqqan muloyim 

bir tovush bilan dedi:

– Demak, meni ortiq sevmas ekansiz-da?

– Birinchi duch kelgan odamga iffatimni qurbon qilganimni o‘ylab, 

hali ham dahshatdan o‘zimga kelolmayapman! – dedi Matilda va 

o‘zidan g‘azablanib yum-yum yig‘lay boshladi.



387

– Birinchi duch kelgan odam deysizmi? – deya qichqirdi Jyulen 

va nodir buyum sifatida kutubxonada saqlanadigan o‘rta asrlarda 

ishlangan ko‘hna shamshir tomon tashlandi.

M-l de lya Mol bilan gaplasha boshlaganda Jyulenga butun vujudini 

sirqiratgan iztirobga toqat qilib bo‘lmaydigandek tuyulgan edi, biroq 

qizning oriyat qilib yig‘layotganini ko‘rgach, bu iztirob yuz chandon 

kuchaydi. Agar Jyulen hozir qizni o‘ldira olganida edi, o‘zini eng bax-

tiyor odam deb hisoblagan bo‘lardi.

U xiyol kuchanib shamshirni ko‘hna qinidan sug‘urib olgan o‘sha 

daqiqada bunday kuchli hissiyotdan quvongan Matilda u tomon 

mag‘rur qadam tashladi: uning ko‘zlaridagi yosh bir zumda quri-

di-qo‘ydi.

Shu payt Jyulen birdan o‘z homiysi markiz de lya Molni esladi. 

«Men uning qizini o‘ldirishimga sal qoldi! – deya o‘yladi u. – Qandan 

dahshat!» Shundan so‘ng u shamshirni bir chetga qarab itqitmoqchn 

bo‘ldi. «Albatta, hozir u bunday melodramatik harakatni ko‘rib, rosa 

xaxolab kuladi», – deya xayolidan o‘tkazdi yigit. Shuni o‘ylagach, u 

o‘zini ancha bosib oldi. U, zang bosgan joyi yo‘qmikin, degandek, 

shamshirning tig‘ini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi-da, so‘ngra uni 

qayta qiniga soldi va xotirjam bir qiyofada uni o‘z joyiga, tilla suvi 

yugurtirilgan birinj mixga osib qo‘ydi.

Yigitning oxiriga borib juda sekinlashgan bu harakatlari bir 

daqiqacha davom etdi. M-l de lya Mol unga hayratlanib qarab turardi: 

«Shunday qilib, o‘lishimga bir bahya qoldi, meni o‘z o‘ynashim o‘ldiray 

dedi!» – deya o‘ylardi qiz.

Bu xayol uni Karl IX va Genrix III larning yiroq va ajoyib zamo-

nasiga olib ketdi.

Qiz hozirgina shamshirni joyiga osib qo‘ygan Jyulenning qarshi-

sida qimir etmay, unga tikilib turardi. Biroq endi uning ko‘zlarida 

boyagi nafrat sezilmasdi. Shuni tan olmog‘imiz kerakki, u shu tobda 

juda go‘zal ko‘rinardi, har qalay hozir sira ham uni Parij qo‘g‘irchog‘iga 

o‘xshatib bo‘lmasdi. Jyulenning tilida esa bu ibora parijlik ayollar 

tabiatidagi o‘zi yoqtirmaydigan xuddi o‘sha xislatlarni ifoda etardi.

«Yana unga moyil bo‘lib qolmasam edi, – deya xayolidan o‘tkazdi 

Matilda. – Hozir u bilan shunday jiddiy so‘zlashganimdan so‘ng uning 

mayliga itoat etsam bormi, u darhol o‘zini mening hukmdorim deb 

o‘ylay boshlaydi». Qiz shu gaplarni xayolidan o‘tkazdi-yu, yugurga-

nicha kutubxonadan chiqib ketdi.



388

«Yo Rabbim, buncha go‘zal bo‘lmasa u! – deya o‘ylardi Jyulen 

qizning ortidan qarab qolar ekan. – Shundan mahliqo bundan atigi 

ikki hafta burun ehtiros bilan mening quchog‘imga otilgan edi... Endi 

o‘sha onlar sira ham qaytib kelmaydi, hech qachon takrorlanmaydi! 

Bunga esa o‘zim aybdorman! O‘zim uchun shu qadar muhim, shu 

qadar g‘aroyib bo‘lgan o‘sha voqeaning eng hal qiluvchi daqiqasida 

men o‘zimni mutlaqo ishqi yo‘q odamdek tutdim!.. Shuni tan olmog‘im 

kerakki, Tangri meni qandaydir, nihoyatda notavon, baxti qaro qilib 

yaratgan ekan».

Kutubxonaga markiz kirib keldi, Jyulen shoshilib unga o‘zining 

safarga jo‘nayotganini xabar qildi.

– Qayoqqa? – deb so‘radi janob de lya Mol.

– Langedokka.

– Yo‘q, ma’zur tutasiz, sizga muhimroq ish topshirmoqchiman. 

Agar biror yoqqa jo‘nagan taqdiringizda ham faqat shimol tomon 

jo‘naysiz... hatto bundan ham ochiqroq qilib aytishim mumkin: 

harbiychasiga aytganda, men sizni uy qamog‘iga o‘tqazib qo‘yaman. 

Marhamat qilib, menga uydan kuniga ikki-uch soatdan ortiq chiqib 

ketmaslikka va’da bering, siz menga har daqiqa kerak bo‘lib qolishin-

giz mumkin.

Jyulen ta’zim qildi-da, bir og‘iz ham so‘z aytmay chiqib ketdi, 

markiz buni ko‘rib g‘oyatda ajablandi; hozir Jyulenning gapiradi-

gan holi yo‘q edi, u xonasiga kirib, eshikni ichidan qulflab oldi. Bu 

yerda endi unga voqealarni istagancha bo‘rttirib tasavvur qilishi-

ga va o‘zining cheksiz baxti qoraligidan nolishga hech nima xalal 

bermasdi.

«Mana endi hatto jo‘nab ham keta olmayman, – derdi u. – Markiz 

meni Parijda yana qancha ushlab turishini yolg‘iz Xudoning o‘zi biladi. 

Yo Rabbim, ahvolim ne kechadi endi? Maslahatlashay desam, bironta 

do‘stim ham yo‘q. Abbat Pirar birinchi jumladayoq og‘zimga uradi, graf 

Altamira esa, meni bu fikrlardan chalg‘itmoq uchun bironta fitnaga 

qatnashmoqlikni taklif etadi. Axir men aqldan ozyapman, ha, aqldan 

ozayotganimni yaqqol sezib turibman. Kim menga dalda berishi 

mumkin? Endi nima qilay? Ahvolim ne kechadi endi?»



389


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish